O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 75,87 Kb.
səhifə6/16
tarix10.08.2023
ölçüsü75,87 Kb.
#139052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
DILOR

1) xususiyat tipi orqali;
2) shaxsiy xususiyat orqali.
Harakat faoliyatlariga o ‘rgatish jarayonida, faqat ta’lim va tarbiya vazifalarigina emas, sog‘lomlashtirish ham birga qo'shib olib boriladi. Birorta um um ta’lim predmetlarida sog‘lomlashtirish vazifasi bunchalik ochib berilgan emas. Harakat faoliyatlariga o ‘rgatishda ta’lim vazifasi ham o ‘z xususiyatlariga ega. O‘quv materialini o ‘zlashtirib olish jarayonining asosiy kom ponenti (tarkibiy qismi) o ‘quvchilarning faol harakat faoliyatlaridan iborat. Ularning o ‘quv-mehnat faoliyati, potensial jismoniy kuchlarni sarflashni talab etadi. Shunday ekan, o ‘quvchilar o ‘quv faoliyatlarining b a’zi bir qonuniyatlarini tushunish uchun, ularning umumiy ish qobiliyatini hisobga olish zarur.
1.2.Ta‘lim uslubiga qo‘yiladigan talablar
Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo’llashning maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilinganidagina ta'minlanadi. Uslubning ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishdan olingan samaraning tarbiyaviyligi, ilmiyligi va sog’lomlashtirishini ta'minlaydi. Ta^limning dars oldiga qyilgan vazifalar bilan muvofiqligi. Dars vazifalarining aniq belgilanishigina ta’limga nisbatan to’g’ri uslubni tanlash imkonini beradi. Misol uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka sakrashni o’rgatish vazifasi qo’yilgan boTsa, u holda uslubni aniqlashning qiyinligi malum bo’lib qoladi. Chunki vazifa bunday umumiy ifodalanganida, teng darajada umuman o’rgatish uslubidan ham, harakatni qismlarga bo’lib oVgatish uslubidan ham foydalanish miunkin. Ko’proq aniq vazifalarda, masalan, uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o’rgatishda harakatni qismlarga taqsimlab o’rgatish zaruriyati vujudga keladi. Ta’limning tarbiyalovchi xarakterini ta*minlash. Har qaysi tanlangan uslub talimning nafaqat samaradorligini, balki o’quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta'minlashi kerak. Shuning uchim bolaning tashabbusini buzib qo’yadigan, harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan uslublardan foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Taflimning tamoyillar bilan muvofiqligi. Talim uslubiy tamoyillaming barcha tizimlariga tayanishga majburdir. Uslubning alohida olingan tamoyil bilan aloqasini bir tomonlama izohlashga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Masalan, agar o’qituvchi ko’rsatish
uslubidan foydalansa, u holda ko’rgazmalilik tamoyilini to’la ta'minlagan bo’ladi. Malumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqah singdirish mumkin. O’quv materialining tavlim uslubfariga muvofiqligi. Ta’lim uslublari jismoniy mashqlaming barcha turlari uchun bir xil. Shu bilan birga, ulaming har biri o’zming xarakteri va murakkabligi bilan muvofiqlikda talimning o’ziga xos usullarini talab qiladi. Masalan, ba'zi bir umumrivojlantiruvchi mashqlami o’rgatish vaqtida so’z uslubi bilan chegaralanadilar. Yengil atletika mashqlarini o’rgatish vaqtida ko’rsatish uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlami” o’rgatish vaqtida umuman o’rgatish uslubi qoTlaniladi. “Murakkab mashqlar”ni o zlashtirish vaqtida yondashtimvchi mashqlami chetlab o’tib boTmaydi. O’qituvchining individual xususiyati va imkoniyatlarining muvofiqligi. Malumki, har bir pedagog talimning barcha uslublarini toTa hajmda egallashi kerak, Shunga qaramasdan, qator sabablarga ko’ra bir o’qituvchi bir xil uslublami yaxshi egallagan boTadi, boshqalari - boshqalarini. Bu xislatlami hisobga olmaslik mumkin emas. Agar muayyan bir holatda ikki uslubdan taxminan bir xil natija kutilsa, u holda o’sha uslubdan uni yaxshi egallagan o’qituvchining foydalanishi oqilona boTadi. Bundan tashqari, jismoniy imkoniyatlarining yoshga qarab o’zgarishi muqarrarligi o’qituvchining o’z pedagogik ko’nikmalarini (binobarin, ular qoTlaydigan uslublami ham) qayta qurishga olib keladi. Bu darsda qisqa shaxsiy harakat faoliyati vaqtida o’qitishning sifatini saqlab qolishga imkon beradi. Mashg’ulotlarning shart-sharoitlarga muvofiqligi. O’qituvchi ixtiyorida mavjud bo’lgan uskunalar hamda umuman o’rgatish uslubi bilan darsning optimal zichligiga erishish mumkin. Bordi-yu, zalda bor-yo’g’i ikld-uchta arqon bo’lsa5 u holda o’rgatishda tirmashib chiqishning asosiy unsurlarini frontal usul bilan o’rgatish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchining (yoki o’qituvchi topshirig’i bilan o’quvchilaming) harakatni ko’rsatishi ta'limning eng o’ziga xos uslublaridandir. Ta'lim asosida ko’rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi. O’quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan aniqlanadi

Yüklə 75,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin