4.O’yin harakatlarida hissiy ko’tarinkilik va raqobatbardoshlikning yorqin ifodalanishi. Uslublar odamlar o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlarni qayta tiklashga imkon beradi. Shu sababli o’yin uslubida o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi va tartibga tushiriladi. 5. Xilma-xil harakat ko’nikmalari va sifatlarning majmuali namoyon bo’lishi. O’yinda muvaffaqqiyatga erishish uchun o’quvchiga bir qancha harakatlar majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va х.к.) foydalanishga to’g’ri keladi. Bulaming hammasi o’yinchilaming organizmiga majmuali ta*sir o’tkazishni ta'minlaydi. 6. Ko’p hollarda o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat biror predmet, masalan: koptok, bayroqcha va h.k. yordami bilan amalga oshiriladi.Unutmaslik kerakki, o’yin uslubiga xos jihat qayd qilingan belgilarning hammasi yoki ko’pchiIigining mavjud!igidir.Undan ta’limning samarasini tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasini oshirish vositasi sifatida foydalaniladi. O’yin uslubidan to’g’ri foydalanish ongli intizomni, o’zini tuta bilish, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, faollik va jamoatchilik xususiyatlarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Musobaqalashish usulini birmuncha ravshan tavsiflovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlami sinashdir.Musobaqa jarayonida, shuningdek, ulami tashkil qilish va o’tkazish sharoitlarida raqiblik qilish omili muhim fiziologik sharoit va hissiy kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy mashqning ta'sirini oshiradi va organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan, sport musobaqalarida raqiblaming o’zaro to’qnashuvlari o’yindagiga qaraganda ancha ko’proq namoyon bo’ladi. Musobaqa hamma vaqt biror-bir qoida bilan tartiblashtirib turiladi.Musobaqa usulidan mashg’ulotlami har qanday shaldda tashkil etish vaqtida ham foydalansa bo’ladi. Masalan: dars boshlanishidan oldin safga tortishni musobaqa usuli bilan boshlab, zaldan chiqishni ham shu usulda tugallagan holda jismoniy tarbiya darsini o’tkazish mumkin.Yuqorida qayd etildiki, ushbu uslub o’yin uslubi bilan ko’pgina umumiylikka ega. Lekin ta’lim jarayonining o’yin uslubi har doim syujetli mazmunga ega. Musobaqa uslubida ana shu xususiyat yo’q va harakatni bajarish jarayonida to’laligicha uning mazmuniga bo’ysundiriladi. Demak, bu ikki uslubni faqat harakatning syujetli rasmiylashtirilishi yo’qligi yoki mavjudligi bo’yicha farqlash mumkin. Agar yog’och bo’ylab siljish takomillashtirilsa, “daryocha orqali o’tkazish” ko’rinishidagi syujetli mazmunga ega bo’ladi. Bu holda o’yin uslubi qo’llanilgan. Agar o’sha mashq o’xshash syujetli rangga ega bo’lmasa, lekin harakat texnikasini takomillashtirishga bo’ysundirilgan bo’lsa, demak, u holda musobaqa uslubi qo’llanilgan.Bu farqlar qay darajada bo’lmasin, o’yin uslubidagi musobaqalashuv xususiyatini olib tashlamaydi, biroq u mashqning syujetli mazmuniga bo’ysundiriladi. Agar o’yin uslubining mazmuni biror-bir harakatli yoki sport o’yinidan iborat bo’lsa, shu o’yin bilan musobaqa o’tkaziladi. Bunday holda ikkala uslub o’rtasidagi farq yo’qoladi. Musobaqa uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan Oldindan belgilab qo yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda, barcha faoliyatning u yoki bu harakatda g’alaba qozonish vazifasiga bo’ysundirilishi. 2. Yuqori sport yutug’iga erishish uchun kurashda jismoniy varuhiy kuchlaming maksimal namoyon qilinishi. 3.O’quvchilami boshqarishda yuklamalami tartibga solishimkoniyatining chegaralanganligi. Bu uslub harakat vazifalarini hal qilishda katta mustaqillikni talab etadi. Binobarin, musobaqa usuli harakatni mukammallashtirish vaqtida eng samaralidir.Biroq u o’rgatishning dastlabki bosqichida qo5llanilmaydi.Musobaqalashish uslubidan har xil tarbiyaviy vazifalami hal qilishda - jismoniy, irodaviy, ahloqiy sifatlami tarbiyalash, malaka va ko5nikmalami takomillashtirish, shuningdek, bu malaka va ko’nikmalardan murakkab sharoitlarda to’g’ri foydalana bilish qobiliyatini o’stirishda foydalaniladi. Bu uslub boshqa uslublarga qaraganda jismoniy tarbiyaga yuksak talablar qo’yishga va, shu bilan birga, jismoniy sifatlaming yanada rivojlanishi uchun yordamlashishga imkon beradi. Musobaqa uslubi harakat sifatlari rivojlanishining yetariicha yuqori darajasini talab qiladi. Bu uslub bir jihatdan oldindan har tomonlama tayyorgarligi bo’lgan o’quvchilarga eng ko’p samara beradi, boshqa tomondan esa uning yordami bilan mavjud tayyorlik darajasini yuksaltirish mumkin.5.10. So’zdan foydalanish uslublari O’qituvchi so’z yordami bilan konstruktiv, tashkilotchilik va faoliyatning boshqa tomonlarini amalga oshiradi. Shuningdek, o’quvchilar bilan o’zaro munosabatni o’matadi, ular bilan aloqa qiladi. So’z talimning barcha jarayonini faollashtiradi, chunki u ko’proq to’la va yaqqol tasawumi shakllantirishga ko’maklashadi, ta’lim vazifasini faol idrok etishga, chuqur tushunishga yordam beradi. So’z yordami bilan o’qituvchi o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va, shu bilan birga, o’zini o’zi baholashning rivojlanishiga ko’maklashadi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya o’qituvchisi so’zning ikkita vazifasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Ma'lumki, uningyordami bilan o’qitiladigan materialning ma’nosi ifodalanadi. O’qituvchining nutqi o’quvchining kayfiyatiga hissiy ta!sir o’tkazishi uchun nisbatan aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy tavsiyalarda aniq ifodalanadi. 1. So’zning mazmuni talim vazifalariga muvofiq bo’lishi kerak. Masalan, yangi mashqni oVgatish dastlab tushimtirishdan, so’ngra esa detallami tasvirlashdan iborat bo’lishi mumkin. 2. So’zdan foydalanib, o’rganilanayotgan harakatning samaradorligini talcidlab o’tish zarur. Masalan: bolalar erkin usul bilan arqonga tirmashib chiqishni nisbatan dadil egallasalar-da, murakkab koordinatsiyali harakatlami qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. Biroq o’rganilanadigan uslubning ustunligi ishonchli qilib tushuntirib berilsa, unga bo’lgan salbiy munosabatni o’zgartira oladi.3. So’z faoliyatdagi ayrim harakatlar o’rtasida o’zaro aloqadorlikni aniqlashga yordam berishi kerak. Ayniqsa, yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni unutmaslik muhimdir. Ularda hissiy ko’tarinkilik kamroq va shuning uchun ulaming asosiy harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunish talab qilinadi. 4. So’z uslubi asosiy kuchlami ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik asoslarini o’quvchilarga tushuntirishda katta rol o’ynaydi. Shu maqsadda tez-tez alohida so’zlami (“qo’llar!”, “bosh!” va boshqalar) yo’l-yo’riq shaklida aytib turishdan foydalaniladi.5. So’z obrazli bo’lishi kerak. Bu nning ko’rgazmaliligini oshiradi va o’quvchilar uchun ko’proq tushtmarli bo’ladi. O’quvchilaming harakatlantiruvchi tajribasi va bilimini hisobga olib, o’qituvchi qo’yilgan vazifalaming bajarilishiga bog’liq bo’lgan holatlarga e'tiborini to’play oladi. 6. O’quvchilarga harakatlami avtomatik bajarish to’g’risida gapirish maqsadga muvofiq emas (to’g’rilash talab qilinadiganlaridan tashqari). So’zning ma'no iihatidan vazifasi. Jismoniy tarbiyada muammoni to’g’ri yechish asosida atamalar yotadi. Atamalar predmetlarga va hodisalarga oid og’zaki tushimchalami belgilab beradi. Bu o’quvchilaming o’zlariga tanish tushunchani farqlashiga, o’qituvchining esa umum qabul qilingan so’zlar -atamalar bilan tushuntirishiga imkon beradi. Natijada qisqa, ammo ma'no ko’lami keng so’zlar asosida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o5zaro tushunish vujudga keladi. So^zning hissiv vazifasi, So’z o’quv va tarbiya vazifalarini hal qilishga ko’maklashadi. Hissiyot bilan aytilganda, so’zlaming ahamiyati kuchayadi, bu ulaming ma’nosini tushunishgayordam beradi. O’qituvchi o’quvchilaming predmetni o’rganishiga munosabatini shu orqali ko’rsatadi. Ulaming sog’lom bo’lishga qiziqishini, dadilligini, qiyinchiliklami bartaraf etish istagini rag’batlantiradi. Hissiylikka mazmunning aniqligi, jumlalaming mantiqiy va grammatik nuqtai nazardan to’g’ri qurilishi, obrazliligi, yaqqolligi, talaffuz, imitatsiyalar, imo-ishoralar bilan erishiladi.So’zdan foydalanishning qariyb barcha xilma-xil uslublari umumpedagogikaga taalluqlidir.So’zlab berish - bayon qilishning hikoya shakli. Ko’pincha o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning o’yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida qo’llaniladi. Tasvirlash - bolada harakatlar to’g’risida tasawur hosil qilish usidi. Tasvirlash vaqtida harakatning o’ziga xos belgilari ro’yxati beriladi. Nima qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko’rsatilmaydi. Undan dastlabki tasawur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlami o’rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o’quvchilar o’zlarining bilim va tajribalaridan foydalanishlari mumkin.Tushuntirish. Harakatlarga ongli munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” dcgan savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan. Suhbat. Bir tomondan o’z fikrini bayon qilishga, ko’nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o’qituvchiga muayyan ishni baholash, o’quvchilami bilishda yordamlashadi. Suhbat o’qituvchining savollari va o’quvchining javoblari ko’rinishida yoki qarashlami erkin aniqlash shaklida bo’lishi mumkin.Tahlil qilish suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq (masalan, o’yinlar) bajarilganidan keyin o’tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo’lishi mumkin, uni faqat o’qituvchi o’tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o’quvchilar ishtirok etadilar.