Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Mavzu: Grafik axboratlarni kiritishning maxsus vositalari. Reja



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə17/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Mavzu: Grafik axboratlarni kiritishning maxsus vositalari.

Reja: 




  1. Matnli axbоrоt va bоsma qоlip turlari 

  2. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning vositalari

Kоmpyutеr yordamida qanday ishlarni amalga оshirish mumkin ekanligi va buning uchun fоydalanuvchi tоmоnidan nimalar lоzimligini bilish uchun, avvalо SHEHM ning tuzilishi hamda uning ishi nimalarga asоslanganligi bilan tanishib chiqish kеrak bo`ladi.


Kоmpyutеr bоsma mahsulоtlarni ishlab chiqarishda matnli axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish uchun qo`llaniladi. Bu axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish qоidalari esa EHMga yozilgan turli dasturlar (prоgrammalar) оrqali bеlgilanadi. Ana shuning uchun ishni avvalо axbоrоt tushunchasi bayonidan bоshlaganimiz ma’qul.
Axbоrоt оlamdagi butun bоrliq, undagi ro`y bеradigan hоdisalar haqidagi xabar va ma’lumоtlardir. Axbоrоt insоn nutqida, kitоblardagi matnlarda, оlimning ixtirоsida, musavvir tasvirida, turli o`lchоv asbоblarida va bоshqalarda mavjuddir. Ana shu turli-tuman axbоrоtlardan insоn o`z оldiga qo`ygan maqsad yo`lida fоydalanadi.
Agar qolipdagi bosiluvchi qismlar oraliq qismlaridan baland joylashsa, bunday qoliplardan bosish bo’rtma bosma deb ataladi. Bo’rtma usulda bosiladigan mahsulotlarga ko’pgina broshyura, kitob va ro’znomala, kichik nusxa nashrlar (10-25 ming nusxa.), bir yoki ikki bo’yoqli ko’p adadli nashrlar (50% shtrix va 5% tusli rasmlar bo’lsa), yirtma kalendarlar, oynomalarning bir qismi, otkritkalar va ko’pgina boshqa nashrlar kiradi.
Agar qolipning hamma qismlari deyarli bir sathida yotsa, bu ofset bosma bo’ladi. 
Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtini fizik-kimyoviy xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, kartalar, plakatlar) bilan birga 10-25 ming nusxa, 5% tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar, kichik nusxali va kichik hajmli nashrlarni qisqa vaqt ichida chiqarish lozim bo’lganda va rangli ro’znomalar, kitoblar, broshyuralar ham ofset usulida chop etilmoqda.
Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday bosma chuqur bosma deb ataladi.Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-50 ming) oynomalarni chop qilishda qo’llanilmoqda.
Trafàret bosma usulida qolip o’ziga xos to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi. nusxa bu holda quyuq bo’yoqni qolip ichidan bosiluvchi qismlar hisoblangan teshiklardan bosiladigan materialga rakel yordamida siqib chiqarish yo’li bilan hosil qilinadi. Trafaretli bosmaning qo’llanilishi cheklangan bo’lib, undan, masalan, asboblar shkalasi, shimmaydigan sirtlarga yozish va boshqa tasvirlarni bosishda, shuningdek, ba’zi kam nusxali plakatlarni bosishda foydalaniladi.
Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning xarakteri, asl-nusxani aniq qayta tiklash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi.
1.Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) tekis (ploskiy) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma usul uchun qoliplar (elektrografikli, ferromagnitografikli, lazerli-golografikli).
2. Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yichà: a) matnli qoliplar (matn, formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar (shtrixli, tusli va aralash).
3. Asl nusxani aniq qayta tiklash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip.
4. Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion).
5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b) nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen, rezina - qolip.
6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun.
Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin