Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Pedagogik dasturiy vositalar larni yaratish boʻyicha asosiy mezonlar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə36/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Pedagogik dasturiy vositalar larni yaratish boʻyicha asosiy mezonlar.
Hozirgi kungacha kompyuterlarni oʻqitish vositasi sifatida qoʻllab oʻqitish samaradorligini oshirish bilan birga oʻqitish vaqtini qisqartiradigan yaxlit, sezilarli darajali pedagogik nazariya yaratilgan emas. Biroq kibernetika, didaktika, psixologiyada turlicha qarash va nazariyalar mavjudki, ularni taʼlim jarayonini kompyuterlashtirish nuqtai nazaridan oʻrganib, akademik litseylarning informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun pedagogik dasturiy vositalarini yaratish bloklarini ishlab chiqish zarur. “Agar ilmiy asoslangan pedagogik dasturiy vositalarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʼlim subʼyektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, yoshlarning taʼlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi”. Shu maʼnoda pedagogik dasturiy vositalarning bloklarini ishlab chiqish, ularda bajariladigan amallar mazmunini tahlil qilish kerak boʻladi.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish uchun mutaxassis pedagog -oʻqituvchilar tomonidan maʼlum bir taʼlim jarayoni loyihalashtiriladi. Boshqa mutaxassis pedagog- oʻqituvchilar bilan muhokamadan oʻtkazgach, loyiha matni dasturchilarga beriladi. Dasturchilar loyiha bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng, uni tayyorlash uchun kerakli bloklarni mutaxassis pedagog oʻqituvchilar bilan kelishgan holda tanlaydilar. Dasturchilar pedagogik dasturiy vositalarni shunday ixcham qilib yozishi kerakki, pedagogik dasturiy vositalari tez va aniq, har bir qadami nazoratli boʻlishi hamda har bir bloki uchun mukammal dastur va barcha bloklarni oʻzida qamrab olgan maʼlumotlar ombori tuzilgan boʻlishi kerak.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning anʻanaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:
 ilmiylik;
 tushunarli, qatʻiy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini
taʻminlash;
 uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi);
 izchillik;
 muammolilik;
 koʻrgazmalilik;
 faollashtiruvchi (oʻqitish mustaqilligi hamda faollik xususiyatining mavjudligi);
 oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamligi;
 muloqotning interfaolligi;
 tarbiyalash;
 rivojlantirish;
 amaliyotning yaxlit birligi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin