O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamun universiteti nodavlat ta’lim muassasasi



Yüklə 101 Kb.
səhifə1/8
tarix22.09.2023
ölçüsü101 Kb.
#147010
  1   2   3   4   5   6   7   8
Taqdimot Oliy nerv fiziologiyasi Ro\'zigul

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
  • OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
  • MAMUN UNIVERSITETI NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI
  • Psixologiya” (sirtqi ta’lim) yo'nalishi 1-bosqich 23.6 guruh talabasi Ròzmetova Ròzigulning “Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi” fanidan oraliq nazorat uchun tayyorlagan taqdimoti

NERV TIZIMINING FIZIOLOGIYASI

  • Reja:
  • 1. Nerv tizimining ahamiyati va funktsiyasi
  • 2. Qo`zg`alish va qitiqlanish
  • 3. Bioelektrik hodisalar
  • 4. Markaziy nerv tizimi
  • 5. Vegetativ nerv tizimi

1. Nerv tizimining ahamiyati va funktsiyasi.

  • Fiziolog olim Pavlov nerv tizimining ikki muhim funktsiyasi oliy va tuban funktsiyalari mavjudligini uqdirib o`tadi. Oliy funktsiya organizmni tashqi dunyo bilan aloqasini bog`lab turadi. Oliy funktsiya oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshirilib, unda katta miya yarim sharlari va po`stloq osti yadrolari ishtirok etadi.
  • Tuban funktsiya esa organizmdagi barcha to`qimalar, organ va sistemalar ishini boshqarib boradi. Tuban funktsiya oliy nerv faoliyati va nerv-gumoral yo`li bilan boshqariladi.
  • Nerv hujayrasi o`zining barcha o`simtalari bilan birga neyron deyiladi. Ha bir neyronda yadro va tsitoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o`tkazgich membrana pardasi bilan o`rab olingan bo`lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar kontsentratsiyasi belgilangan normada saqlanadi. Qo`zg`alish tufayli membrananing ionlar o`tkazish qobiliyati o`zgaradi, natijada u yerda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv hujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta`minlangan bo`lib, u yerda qon harakati juda intensiv bo`ladi. Nerv hujayrasining eng uzun o`simtasi akson deyiladi. U yumshoq po`st nevrolemma bilan o`ralgan. Uning tagida Shvannov po`stlog`ining yadrosi joylashgan. Bu qismlar nerv tolasi uchun ajratuvchi mielin po`stini hosil qiladi va trofik funktsiyani bajaradi. Mielin po`sti oqsillar va lipidlardan iborat bo`lib, nerv tolalarini bir biridan izolyatsiya qilish funktsiyasini bajaradi. Nerv tolasining ichki tomonida neyrofibril tolalari bo`lib, ular nerv tolasini ancha baquvvat saqlaydi. Shvannov hujayralari birikib nerv tolasi atrofida maxsus po`st hosil qiladi, ular o`rtasida esa maxsus bo`shliqlar bo`lib, ma`lum suyuqlik bilan to`lgan. Shu oraliq orqali membrana tashqi muhit bilan bog`lanadi. Renve xalqasida potentsiallar generatsiyasi bo`lib, qo`zg`alishning navbatdagi tolaga o`tishini ta`minlaydi.

Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin