Berilgan ta`sirga nisbatan olingan javobga qarab ta`sir kuchlari maksimal, submaksimal va hakozo bo`lishi mumkin. Fiziologik tekshirishlarda asosan qo`zg`aluvchanlik aniqlanadi, u esa ta`sirning pog`ona kuchi bilan o`lchanadi. Qo`zg`alishni aniqlashda ta`sirni pog`ona kuchidan tashqari uni ta`sir qilish vaqtining ham muhim ahamiyati bor. Bu sohada olimlar uzoq yillar davomida ko`pgina kuzatishlar olib borganlar. Natijada ta`sirning kuchi va uning ta`sir etish vaqti o`rtasidagi bog`lanishni ko`rsatuvchi egri chiziq aniqlangan. Ta`sir etuvchi kuch bilan qo`zg`alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud, ya`ni ta`sir etuvchi kuch qanchalik ko`p bo`lsa qo`zg`alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt shuncha qisqa bo`ladi. Lekin bu bog`liqlik ham ma`lum chegaragacha boradi va undan keyin ta`sir kuchi bilan unga nisbatan javob uchun ketgan vaqt ma`lum qonuniyatga bo`ysunmaydi. Dastlabki qo`zg`alish hosil bo`lishi uchun eng minimal ta`sir kuchiga (chegaralanmagan vaqt ichida) reabaza deyiladi. Bir reabazaning dastlabki qo`zg`alishini chaqirish uchun kerak bo`ladigan ta`sir etish vaqtiga foydali vaqt deyiladi.