O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamun universiteti nodavlat ta’lim muassasasi



Yüklə 101 Kb.
səhifə7/8
tarix22.09.2023
ölçüsü101 Kb.
#147010
1   2   3   4   5   6   7   8
Taqdimot Oliy nerv fiziologiyasi Ro\'zigul

5. Vegetativ nerv tizimi.

  • Orqa miya va bosh miyaning turli qismlaridan ikki xil markazdan qochma nerv tolalari chiqadi. Shundan birinchisi orqa miyaning oldingi shoxlarida joylashgan harakat neyronlaridan chiqib uzilmasdan ko`ndalang targ`il muskullargacha boradi. Ikkinchi esa orqa miyaning yosh shoxchalaridan chiqadi va effektorlarga borguncha maxsus nerv ganglyalarda uzilib tugun hosil qiladi. Mana shu ikkinchi guruppaga kiruvchi nerv sistemasi vegetativ nerv sistemasi deyiladi.
  • Vegetativ nerv tizimi o`z navbatida simpatik parasimpatik nerv tizimlarga bo`linadi. Simpatik nerv sistemasi orqa miyaning bir-ikki ko`krak sigmentidan boshlanib uch-to`rt bel sigmentigacha davom etadi. Parasimpatik nerv sistemasi orqa miyaning ikki-uch dumg`aza sigmetlaridan va o`rta hamda uzunchoq miya markazlaridan chiqadi. Simpatik nerv tolalari umurtqa pog`onasiga yaqin joyda (chegara, simpatik stvol) va organlardan chetroqdagi maxsus chigalliklarda uzilib, tugun hosil qilsa parasimpatik nerv tolalari bevosita organga kirish oldidan yoki uning ichida uziladi.

nervlaridan quyidagi xususiyatlari: vegetativ nerv tolalarida ta`sirlanishning ancha pastligi, qo`zg`alish latent davrining ancha davomiyligi, qo`zg`alishning o`tish tezligini ancha sekinligi bilan farq qiladi.

  • nervlaridan quyidagi xususiyatlari: vegetativ nerv tolalarida ta`sirlanishning ancha pastligi, qo`zg`alish latent davrining ancha davomiyligi, qo`zg`alishning o`tish tezligini ancha sekinligi bilan farq qiladi.
  • Simpatik nerv tolalarining asosiy qo`zg`atuvchisi mediator moddalar adrenalin va noradrenalin gormonlari bo`lsa, parasimpatik tolalarning qo`zg`atishi atsetilxolindir. Ajralib chiqadigan mediatorlarning miqdoriga qarab tormozlanish yoki qo`zg`alish yuzaga kelishi mumkin. Mediator moddalar sinaptik tugunlarda, neyron tanalarida va nerv uchlarida hosil bo`ladi (sintez qilinadi).
  • Odam tanasida joylashgan hamma organlar sistemalari simpatik va parasimpatik tolalar bilan to`liq ta`minlangan bo`lmaydi. Ba`zi bir organlar simpatik nerv tolasining uchlari ko`proq bo`lsa (bachadon), ikkinchi bir xillarida parasimpatik tolalar ko`p bo`ladi (bachadon qini). Sezuv organlari, ko`ndalang targ`il muskullar, ter bezlari, ko`z qorachig`ini kengaytiruvchi muskullar, ko`pgina qon tomirlari, siydik pufagi, taloq, buyrak usti bezlari va gipofiz faqat simpatik tolalar bilan inervatsiya qilinsa, ko`z qorachig`ini toraytiruvchi muskullar faqat parasimpatik nerv tolalari bilan idora qilinadi. Ingichka ichakning o`rta qismida parasimpatik tolalar umuman bo`lmaydi. Vegetativ nerv sistemasi ikki xil funktsiyani bajaradi: 1 effektor-ishga tushirish. 2. Trofik-modda almashinuvi boshqarish.

Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin