O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə20/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

2.Perseptiv bosqich boʻlib, u tashqi, ob’ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan xarakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv psixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar kiradi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud boʻlgan hayvonlar uchun ijobiy ta’sir etuvchilarni faol izlash xususiyati xosdir.
Predmetni idrok etish-perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja
rivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir.
3.Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega boʻlganlar, ya’ni odamsimon maymunlarga xosdir.


Hayvonlarning instinktlari, koʻnikmalari va intellektual harakatlari .

Instinktlar - hayvonning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tugʻma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yoʻlida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirgʻochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida yerdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv oʻsimliklari bilan toʻsadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yirik’roq oʻsimliklardan oʻz tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. Shundan keyin erkak baliq urgʻochi balqni urugʻ qoʻyish uchun haydab kirgizadi va to urugʻdan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qoʻriqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urgʻochi oʻrgimchakning nomaqul boʻlib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi.


Chunonchi, koʻpincha oʻrgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar yeb ketgan boʻladi. Lekin urgʻochi oʻrgimchak boʻshab qolgan pillani qoʻriqlashda va u yoqdan-bu yoqqa koʻchirishda davom etadi. Shunday hollar ham boʻladi-ki, urgʻochi oʻrgimchak pillani yasab va odatda tuxum qoʻyish chogʻida bajariladigan
harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qoʻymasligi ham mumkin.
Shunday boʻlsa-da, u kelgusi bosqichga, ya’ni boʻsh pillani qoʻriqlashga va uni u yoqdan - bu yoqga koʻchirishga oʻtadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qoʻyilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma’lum miqdordagi shirani toʻkib boʻlgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan boʻlsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq boʻlmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning oʻljasini yiroqqa surib qoʻyadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qoʻyadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qoʻyadi va ari qirq martasida ham oʻljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini koʻrsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bogʻliq boʻladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qoʻzgʻaydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va nasliy yoʻl bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar oʻzgarishi bilanoq oʻzining maqsadga muvofiqligini yoʻqotadi. Shunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlarning instinktlari turli xil koʻrinishda namoyon boʻladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin