O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə16/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

R.Dekart tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi organizm va muhit ta’siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri sifatida rol oʻynaydi.
Refleks - organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga markaziy nerv tizimi orqali bergan javob reaksiyasidir. I.M.Sechenov (1829-1905) tomonidan amalga oshirilgan bu tushunchaning rivojlantirilishi va bu mexanizimning barcha psixik jarayonlarga tegishli ekanligi shunga olib keladi-ki, ilmiy psixologiyada determenizm tamoyili uzil-kesil oʻz tasdigʻini topdi.
Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi: "Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) koʻra reflekslardir".
Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta boʻgʻimni ajratadi; 1. Birinchi boʻgʻimda sezayotgan "toʻpning" ta’sirlanishi nerv qoʻzgʻalishiga aylanadi. 2 qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari asosida oʻziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish roʻy beradi. 3.buyruqni amalga oshiruvchi organlarga (muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish.
I.P.Pavlov (1849-1936) I.M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini oʻrganish borasidagi gʻoyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil boʻlish asoslarini yaratdi. Reflekslarning ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar.
Shartsiz reflekslar tugʻma boʻlib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon boʻla boshlaydi. Masalan, igna sanchilganda qoʻlni tortib olinishi, ovqatning ogʻiz boʻshligʻida tushgandagi soʻlakning ajralishi.
Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir - shartsiz reflekslar yoylarning tutashuvchi orqa miyadan va bosh miyaning oʻsishidan roʻy beradi. Shartli reflekslarning hosil boʻlish sohasi bosh miya poʻstloqidir. Shartli ta’sirlagich organizmning hayoti uchun muhim boʻlgan qandaydir hodisalarning mavjudligi haqida, masalan ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo boʻlishi haqida xabar beradi.
Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobigʻi faoliyatini signal faoliyati deb nomladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh miya katta yarim sharlari faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan nerv tizimiga kelayotgan koʻpgina ta’sirlovchilarning analiz va sintez jarayonlaridan iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan oʻziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin