Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5. Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.
4-MAVZU: SODDA PSIXIK JARAYONLAR. DIQQAT
REJA: 1.Diqqat haqida tushuncha
2.Diqqatning nerv-fiziologik asosi
3.Diqqatning turlari
4.Diqqatning xususiyatlari
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Psixologiya fanida diqqatga har xil ta'rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob'ektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqat-ning ob'ekti bo‘la oladi.
N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining to-rayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir ob'ektga yo‘nalishining kuchayishi va ma'lum vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta'minlaydi.
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda koʻp narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bogʻliqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va toʻla aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta’riflar keltirilganligini ta’idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb - ongni bir nuqtaga toʻplab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga toʻplanishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tigʻizlanadi.
E.B.Pirogovaning ta’kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yoʻnaltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning"diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali oʻtib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yoʻnaltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega boʻlgan ob’ekt ustida toʻplanishidan iborat bilish jarayonidir. Yoʻnaltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Oʻquvchi maktabda oʻqituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib oʻtirganda mana shu eshitib oʻtirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qoʻzgʻalgan shu maqsadga boʻysundirilgan boʻladi. Oʻquvchining biror boshqa narsaga chalgʻimasdan oʻquv materialining mazmuniga zehn qoʻyib oʻtirishida uning psixik faoliyatining yoʻnalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yoʻnaltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qoʻllab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta’kidlab oʻtish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yoʻldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning oʻzi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zoʻr diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim oʻzgarishlar koʻzga tashlanadi. Demak, diqqat odatda oʻzining sirtqi ya’ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar toʻxtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi boʻlib, bu jimlik odamlar ma’ruzachini yoki artistni zoʻr e’tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda boʻladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi boʻlibgina qolmay, balki uning ma’lum yoʻnalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun koʻpincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos boʻlgan mimika va pantomimikani koʻrsatish mumkin.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking mahsul-dorligini oshirishga ta'sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan ob'ektlar ong to‘plangan nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. De-mak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, ta'sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta'-minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (ye.' B. Pirogova). Berilgan ta'rifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik sub'ektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob'ektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan ob'ektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar (P. Ya. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish ja-rayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Diqqatning.biror ob'ektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlan-tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin.
Diqqatning muayyan ob'ektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir.
Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan ob'ekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan ob'ektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta'min-lab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani mu-him rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning na-moyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatning ob'ektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyat-ga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natija-siga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma'lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning ob'ektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta'minlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta'min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
Dominanta (hukmronlik qiluvchi) muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir.
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan ob'ektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha ob'ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z ob'ektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik — diqqatni ma'lum bir ob'ektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hyech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob'ekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mum-kin.
Kasbga xos diqqat — ma'lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari va ob'ektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan ob'ektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan ob'ektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi — ma'lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob'ektdan boshqa bir ob'ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil ob'ektlar miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob'ektga tengdir. Diqqatning ob'ektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.
Diqqat ob'ekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob'ekti faqat ob'ektiv narsalar emas, balki sub'ektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan ob'ektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob'ektlari narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik - diqqatni ob'ektga yo‘naltira va to‘play ol-maslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e'tiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma'lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba'zan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo‘lmish orientir reflekslar to‘g‘risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mum-kin bo‘lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g‘oyasi ixtiyorsiz diqqatning g‘ayritabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, biz pay-do bo‘layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimog‘imizga urilgan hidni zo‘r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. ye. N. Sokolov, A. R. Luriya, P. Ya. Galperin, ye. I. Boyko va boshqalarning hozirgi zamon ma'lumotla-riga suyanib mulohaza yuritilganda I. P. Pavlovning orientir ref-lekslari juda murakkab jarayondir.
I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning ta'limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo‘zg‘a-lish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo‘zg‘aluvchanlik bilan uyg‘unlikka egadir.
I. P. Pavlovning taxminiga ko‘ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig‘ida qo‘zg‘alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharo-itga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko‘rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobig‘i-ning biron bir qismida to‘plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiqboshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. Qo‘zg‘alishning eng optimal markazida yangi shartli refleks-lar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. Qo‘zg‘alishning optimal o‘chog‘i o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega.
Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I. P. Pavlovning ushbu fikri-ni keltirib o‘tish joizdir: «Agar bosh suyak kosasi orqali ko‘rish mumkin bo‘lganda edi va agar eng optimal qo‘zg‘aladigan katta yarim sharlar o‘rni yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo‘ylab doimo o‘zgarib turadigan, shakli va kattaligi g‘alati ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda yarim shar-larning qolgan barcha bo‘shlig‘ida ko‘proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o‘ralgan och rangli dog‘ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko‘chib yurishini ko‘rgan bo‘lardik». I. P. Pavlov ta'kidlab o‘tgan och rangli «dog‘» optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i markaziga mos keladi, uning harakati to‘g‘risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta'minlashning fiziologik omili hisoblanadi. I. P. Pavlovning qo‘zg‘alish marka-zining bosh miya po‘sti bo‘ylab harakat qilish yuzasidan ilgari sur-gan g‘oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Liva-novning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to‘la is-botlandi.
A. A. Uxtomskiyningta'rifiga binoan, dominanta - bu bir davr-ning o‘zida ana shu -markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘idir. Uning fikri-cha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo‘zg‘alish o‘choqlari, ya'ni subdominantalari nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari mutlaqo yo‘qo-lib ketmaydi, balki ular o‘zaro qo‘shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo‘zg‘alish o‘choqlarining o‘zaro kurashishi na-tijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi domi-nanta esa subdominanta bilan o‘rin almashishi mumkin hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan ob'ektga yo‘naltirishi, to‘planishi, mustahkamlanishi, barqarorlashning fi-ziologik asosidir.
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to‘g‘risida mu-lohaza yuritilganda fan olamida ikkita ta'limotning mohiyatiga to‘xtaladi. Ushbu ta'limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qala-miga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo‘zg‘alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig‘ining ayrim uchastkalarida to‘planishi natijasida optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobig‘idagi boshqa nerv markazlarining ma'lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkin-chisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqini-dan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘aluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazidir. Do-minanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo‘ladi. U markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, im-pulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spetsifik bo‘lma-gan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat holatlarining retiku-lyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va klinik ma'lumotlar mavjuddir. Ular to‘g‘ri-sidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi.
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahami-yatga ega bo‘lgan ob'ektning ustida to‘planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyat-larida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunla-nishini ta'minlaydi. I. P. Pavlovningoliy nervfaoliyati haqidagi ta'limoti, A. A. Uxtomskiy ilgari surgan dominantlik prinsipi va ularning zamondoshlari tadqiqotlari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqgai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birli-gi, barqarorligi, o‘zaro ularning uyg‘unligi, samaradorligi, mazmun-dorligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir.
Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro‘yobga chiqa oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni e'tibordan chetda qoldirmaslik shart). Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo‘zg‘atuv-chilar yordamida vujudga kelsa, u taqsirda bilish jarayoni mahsul-dorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham mumkin. Diqqat kuchsiz, beqaror, ob'ektga to‘planishi zaif bo‘lsa, kishining diqqati uzoq vaqt muaiyan vazifani bajarishga ongli ravishda yo‘naltiril-gan taqdirdagina bilish jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi, xolos.
Ob'ektiv voqyeliqdagi narsa va hodisalar, sub'ektiv ruhiy ke-chinmalar, muayyan taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqat-ning ob'ekti bo‘lib hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqye-likka nisbatan tanlab munosabatda bo‘lishi (to‘planish, qaratilish, yo‘naltirish, mustahkamlanish) xususiyati namoyon bo‘ladi. Odamning biron-bir ob'ektga e'tiborini yo‘naltirar ekan, u ongida faqat xuddi shu ob'ektning o‘zinigina aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda qolgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qol-dirmaydi. Diqqatning qo‘lami qanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan ob'ektning miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi va boshqalar.
Psixologiya fanida diqqatni o‘rganishningyana ikki xil nazariyasi mavjuddir (kursiv bizniki — E. G‘.). Birinchi nazariya negizida ong-ning bir nuktaga yo‘nalganligi yotadi. Ikkinchi nazariyaga binoan uning zamirida organizmning orientirovka faoliyati turadi. Ushbu gipotezalarni ilgari surgan psixologlar diqqatni yo‘nalganligi-ning ob'ektga bog‘liqligini va unda jarayonni boshqarish imkoniya-ti mavjudligini tushuntirishga harakat qiladi. N. F. Dobrinin, A. N. Leontev, P. Ya. Galperinlarning fikricha, organizmning qidi-ruv harakatlari, orientirovka faoliyati ikki qismdan iboratdir.
Shunga o‘xshash g‘oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo‘lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko‘rsatadi:
Sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobili-yati.
Motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobili-yati.
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustun-ligi sezilib turadi. L. S. Vigotskiy bularga misol qilib jismo-niy tarbiya mashg‘ulotida komanda (buyruq) berishni keltiradi. Saf-da turganlarga qarab «O‘ng» deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo‘zg‘aydi «ga !» deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog‘liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta'minlaydi.
Taniqli psixolog D. N. Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog‘lash nazariyasiga N. F. Dobrinin qarshi chiqdi. N. F. Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bog‘lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatan ma'lum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo‘ladi, lekin bu harakatlarga borib yetmay-di. Agar tomoshabin sahnadan o‘girilsa, ko‘zini yumadi, qulog‘ini ber-kitadi, u sahnada nima bo‘layotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalg‘ish kerak va idrokni sahnada bo‘layotgan hodisalarga qaratish lozim. Qarab turib ko‘rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan ibo-ratki, u nimaga qaratilgan bo‘lsa, uni ko‘rish demakdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir ob'ektga yo‘naltirish va to‘plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg‘ish orqali tushuntiradi.
Psixolog G. S. Bakradze diqqatning ob'ektda to‘planishi faoli-yatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini o‘tkaz-gan. Agarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi o‘z vaktida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga oshirsa, u yana tikla-nadi. Bulardan tashqari, diqqat barqarorligini faoliyatning xa-rakteriga, shaxsning o‘ziga bog‘likligi bir qancha psixologlar tomo-nidan isbotlangan.
Diqqatning ko‘chuvchanligi mezoni (kriteriyasi) faoliyatimizning bir turdan ikkinchi turga aylanishidir. Jumladan, telefonistka diqqatini tezkorlik bilan bir abonentdan ikkinchisiga ko‘chirishi bunga yorqin misoldir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati sekinla-shuvi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Diqqatning ongli ravishda ko‘chishi namoyon bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda ongsiz holat-da inson diqqati bir ob'ektdan ikkinchisiga ko‘chishi ham mumkin. Misol uchun tabiat quchog‘iga sayr qilish chog‘ida, kino film tomosha qilishda xuddi shunday ko‘chish holati yuzaga keladi.
Diqqatning xususiyatlaridan keng doirada va aniq o‘rganilgani uning qo‘lami (hajmi) bo‘lib hisoblanadi. Diqqat qaratilgan narsalar va hodisalardan qanchasi ongimiz ob'ektidan joy olgan bo‘lsa, demak, uning shu bilan ko‘lami (hajmi) o‘lchanadi. Diqqat (ko‘lami (hajmi) taxistoskop degan asbob yordamida aniklanadi. Taxistoskop ekranida tekshiriluvchilarga bir to‘p harflar ko‘rsatiladi.
Jahon psixologiyasi faniga o‘zining durdona asarlari bilan ta-nilgan olimlardan biri — bu rus psixologi N. N. Lange hisoblana-di. U o‘zining «Irodaviy diqqat nazariyasi» degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga bag‘ishlangan jamiki ish-larning xronologik tarzda turkumlarga (guruxlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan. N. N, Langening nazariy mulohazalarini tur-kumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar P. Ya. Galperinning asarida ham keng joy ajratilgan (P. Ya. Galperin, S. L. Kabilnits-kaya. Formirovanie (eksperimenalnoe) vnimaniya. M. : MGU, 1974).
N. N. Lange diqqat muammosini o‘rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini sakkiz tur-kumga ajratgan holda tahlil qiladi va ularning har birini o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi.
K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi. Tashqi sabablar, qo‘zg‘atuvchining kuchi-ga, organizmning ayni vaktdagi holatiga bog‘liq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning sezgilarimiz izlarini bog‘lanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istov-chi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob'ekt ma'lum o‘lchovda bo‘lishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muam-mosi bilan bog‘ladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojla-nish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisobladi. Diqqatni maqsadga muvofiq boshqarish - idrok qilish paytida va asosiy ish-dan tashqaridagilarga chalg‘imaslik tushuniladi. Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to‘g‘ri yo‘nalishda ko‘rish va ularning diqqatini o‘zlari boshqarishga o‘rgatishdan iboratdir.
K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o‘tkazilgan tek-shirishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, u ongni to‘planish qobiliyati-ni diqqat bilan tushundi, u diqqatni o‘rganishda shaxs psixologiya-sidan kelib chiqsi. Tabiiy-ilmiy tushuntirishda o‘z davrining fi-ziologik bilimlaridan unumli foydalandi.
Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayoni-ningtiniq va asosli bo‘lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa, ijo-diy ilhomlanishning hisobga olmaganda, diqqatning qidirish ori-yentirovkasi muhim ahamiyatga ega.
Diqqatning nazorat qilish - tuzatish funksiyasi ham kam ahami-yatli emas. Uning shakllari mehnat va o‘quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo‘lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida, kollektivda xa-rakterli funksiya bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (mehribonlikda, g‘amxo‘rlikda, ishdagi yordamda) aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixolo-gik ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga muvofiqziyraklikning motivatsiya-si o‘rganiladi. U aks ettirishning yaqqol shakllari va tarbiyalash haqida ko‘rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o‘rganilishi uning tahlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo‘nalishdir. Ular o‘z ishla-rida diqqatning o‘rganilishi ko‘rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qilishdir.
Psixolog N. V. Kuzminaning fikricha, o‘qituvchilarning dars da-vomida berilayotgan bilimini qanchalik o‘zlashtira olishini tekshi-rib, bunda asosiy va yetakchi rolni diqqat jarayoni o‘ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchi-ning diqqatini torta bilishlik tarbiyachining asosiy maqsadi bo‘li-shi kerak. Bu esa o‘tiladigan materialni o‘qituvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatningtarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi.
F. N. Gonobolin, M. R. Raxmanova, D. T. Elkin, V. V. Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar faoliyatida ta'lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda diqqatning namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xossalari, individualligi kabi jihatlar o‘rganilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan ijodiy izlanishlar miq-dori undan ham ko‘pdir. Biz bu o‘rinda ularga o‘z munosabatimizni bildirmaymiz.
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks etti-rilishidan o‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doi-mo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba'zi bir o‘zga-rishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bi-lim ko‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'-lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murak-kablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyat-ning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, av-valgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.