Sezgilarning tasnifi va turlari. Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni koʻrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining soʻnggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki koʻrinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga boʻladi.
-Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroreseptiv sezgilar;
-Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a’zolarida, toʻqimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoreseptiv sezgilar. -Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bogʻlovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioreseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar oʻrtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon boʻladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar toʻla oʻrganilmaganligi sababli uni "noma’lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari oʻzgarishida koʻzga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin oʻzgarishiga sabab boʻladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy oʻzgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni oʻzaro oʻrin almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir soʻz bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni oʻzaro oʻrin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zoʻriqish, affekt holatlarini yoʻqotish, tugʻilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bogʻliq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Ularning fikriga koʻra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi
Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati toʻgʻrisida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Pereferik reseptorlar muskullar, pay va boʻgʻimlarda joylashgan boʻlib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qoʻzgʻatuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va boʻgʻimlar holatining oʻzgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qoʻzgʻovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi boʻlimlariga yetib keladi va undan poʻstosti tugunchalaridan oʻtib, bosh miya katta yarim sharining qoronqulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan,
hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan oʻrganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga koʻra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda oʻz ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan boʻlib, ular oʻzaro bir-biriga perpendikulyar boʻshliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining oʻzgarishi quyidagi sxemada koʻrish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bogʻliq qoʻzgʻalish; b) eshitish nervi; v) vestibulyar nervi; g) bosh miya poʻstining chakka boʻlmasi; d) miya apparatiga oʻtadi; Vestibulyator sezgi apparati koʻrish bilan bevosita aloqada boʻlib, fazoni moʻljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobil yoʻlidan oʻtish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopgʻogʻi, tirsak, tizza uchlari) payqash - vibrasiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi koʻrinishlari qam mavjud:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida; b) oʻta kuchli tovushda, oʻta yorqin yorugʻlikda; v) uch xil ta’sirning uygʻunlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik
jumlalarni ajratish, qoʻl uchlari bilan sezish orqali roʻyobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan boʻlib, bu narsa koʻpgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qoʻl uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada oʻrganilmagan.