O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə25/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Nazorat savollari:
1. Diqqat haqida tushuncha
2. Diqqat turlari
3. Diqqat xususiyatlari


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5. Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.

Mavzu: Sezgi


Reja:
1.Sezgilar haqida tushuncha
2.Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari
3.Sezgilarning tasnifi va turlari


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga sezgi, neyrofiziologik asoslari, sezgi turlari, sezgining xususiyatlari va qonuniyatlari to‘g‘risida malumot berish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: adaptatsiya, kompensatorlik, sinestiziya, sensibilizatsiya, sezgirlik, ekstroretseptor, introretseptor, proprioretseptor, kontakt sezgi, destant sezgi.


Sezgi haqida umumiy tushuncha
Ma’lumki bizni oʻrab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda koʻp belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, gʻadir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil boʻladi. Chunonchi, nurlarning koʻzimizga ta’sir qilishi natijasida koʻrish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo toʻlqinlarining quloqimizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun boʻshligʻiga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qoʻlimiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil boʻladi.
Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon boʻlib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qoʻzgʻatuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga oʻtadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon boʻlgani bilan uning yuzaga kelishi oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning boʻlishi.
-Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud boʻlishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bogʻliq boʻladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, toʻplab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm oʻz ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil boʻladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yoʻllaridan biridir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin