O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Illyuziya Idrok jarayonining navbatdagi yana bir oʻziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə33/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Illyuziya
Idrok jarayonining navbatdagi yana bir oʻziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya - bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob’ektiv illyuziya;
b) sub’ektiv illyuziya.
Ob’ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega boʻlib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning oʻzaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol koʻrinadi. Masalan, uzunligi baravar boʻlgan ikkita gorizontal toʻgʻri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq boʻlib koʻrinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda koʻplab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega boʻlgan uchta ketma-ket turgan toʻgʻri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda boʻlib koʻrina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta’sirida illyuziya hosil boʻladi.
Sub’ektiv illyuziyalar odamning ayni chogʻdagi hissiy holati bilan bogʻliq boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida roʻy beradigan oʻzgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib oʻtilganidek, odam kechasi yolgʻiz koʻchada qoʻrqib ketayotgan boʻlsa, har bir sharpa uning qoʻrqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning roʻparasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga oʻxshab koʻrinadi.
Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi koʻplab gaplar kuchli qoʻrqinch hissi ta’sirida notoʻgʻri idrok qilish, ya’ni sub’ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba’zan odam qattiq qoʻrqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining poʻstidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bogʻliq boʻlgan organizmning biror qismida keskin oʻzgarish paydo boʻladi. Chunonchi odamning ogʻzi yoki koʻzi qiyshayib qolishi mumkin yoki hoʻli, oyoqi falaj boʻlib qolishi mumkin.
Sub’ektiv illyuziya hodisasi, ya’ni qattiq qoʻrqinch hissi ta’sirida notoʻgʻri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yugʻoridagi mulohazalarni, ya’ni yanglish idrok natijasida paydo boʻladigan qoʻrqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qoʻrqitish kerak emas.
Psixologiyada koʻrish illyuziyalarining oʻrganilishi muayyan oʻzining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarimizni chalishtirib, noʻxot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita noʻxot bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita boʻlib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi.



Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida roʻy beradigan oʻzgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan shoʻrhok yerni koʻl deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki oʻrmondagi toʻnka qoʻrqoq insonning koʻziga bironta yirtqich hayvonga oʻxshab koʻrinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.


Oʻq chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar boʻlgan ikki oʻq chiziqning chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya paydo boʻladi. Ya’ni, kesishadigan chiziqlar oʻq chiziqga nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan, oʻq chiziqidan uzunroq boʻlib koʻrinadi. Bu illyuziya kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.

Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.


"Temir yoʻl" illyuziyasi kesishadigan toʻgʻri chiziqlarning torroq joyiga joylashgan chiziq uzunroq boʻlib koʻrinadi. Aslida esa har ikkala parallel chiziqning uzunligi tengdir.
Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini oʻsha doiradan kattaroq, ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq koʻrinadigan boʻlib qoladi. Ya’ni kichik doiralar oʻrtasida berilgani katta doiralar orasida berilganiga qaraganda kattaroq boʻlib koʻrinadi.
Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham uzunroq boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir - biriga teng.

Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi, hoshiyasining kengligidan kattaroq boʻlib koʻrinadi. Aslida silindirning balandligi va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. "Elpigʻich" ilyuziyasi-parallel chiziqlar orasidagi chiziqlarning ta’siri bilan ba’zida egilgandek, ba’zida esa burilib ketgandek boʻlib koʻrinadi.


Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi jihatidan bir-biriga barovar toʻgʻri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan boʻlsada, katta kema palubasi uzunroq boʻlib koʻrinadi.
"Jonli doiralar" illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qoʻlga olib, uni oʻngdan chapga yoki chapdan oʻngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar goʻyo aylanayotgandek tuyuladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin