O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə41/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Xayol sifatlari

Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziya boyligi jihatidan farq qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun boʻladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan, kishi san’at, texnika, sport, bilimga qiziqsa va ular haqida xayol qilsa, bunday kishining xayoli keng boʻladi.


Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan xayolning boyligi, xilma-xilligi bilan belgilanadi. Xayol keng boʻlsa, u mazmundor ham boʻladi. Xayol faoliyatning biror sohasida namoyon boʻladi. Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bogʻliq.
Xayol kuchi kuchsiz va kuchli boʻladi. Kuchli xayolda odam juda tez ta’sirlanadi. Masalan, biz "Oʻtgan kunlar" romanini, "Shaytanat" romanlarini oʻqiganimizda xayol kuchli boʻlishi natijasida ta’sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli, hikoyalarni oʻqiganmizda esa xayolimiz kuchsiz boʻladi. Qiziqish kuchli boʻlsa, xayol ham kuchli boʻladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy boʻladi. Mehnat faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi.
Xayol kuchi quyidagilarga bogʻliq boʻladi.
Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bogʻliq boʻladi. Masalan: faqat shu bugungi kun haqida oʻylasa, odamning xayoli kuchsiz boʻladi.
Xayol kuchi hissiyotga bogʻliq boʻladi, hissiyot qanchalik kuchli boʻlsa, xayol shunchalik erkin boʻladi. Xayol kuchi idrokka bogʻliq boʻladi. Biz idrok qilganimizda diqqat bilan idrok qilsak, xayol kuchayib, kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda idrok qilsak, xayol kuchayib kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa unda idrok susayadi. Masalan, ba’zan bir xayolga berilib, atrofdagi narsalarni koʻrmaymiz, eshitmaymiz.
Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bogʻliq boʻladi, ya’ni asab tizimining tetikligiga, charchab qolganligiga, sogʻligiga va betobligiga bogʻliq boʻladi. Masalan: harorat juda baland boʻlishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib ketadi. Natijada bunday paytda odam alahsiraydi. Gallyusinasiya xayolning kuchli namoyon boʻlishidir.
Xayolning realligi - voqelikni toʻgʻri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bogʻliq boʻladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol boʻlmaydi, balki fantastik xayol boʻladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali oʻsadi. Bolalarda fantaziya juda kuchli, masalan, ular oddiy choʻpni "uchqur ot" deb tasavvur qilib oʻynaydilar. Ularni qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan boqcha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq boʻladi. Ularda xayol asosan kengroq boʻladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor boʻladi va hokazo. Bogʻcha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy boʻladi. Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bogʻcha yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda boʻlish ta’sirida oʻsadi. Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar.
Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali koʻrmagan narsalar toʻgʻrisida obrazlar paydo boʻladi. Bolalar oʻyin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar.
Kichik yoshdagi bolalar xayolining oʻsishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashgʻulotlari, turli oʻyinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning oʻsishiga yordam beradi.
Xayol faoliyati kuchli boʻlsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish, esga tushirish bogʻlanishlarini vujudga keltirish uchun tayanch boʻladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir boʻladi. Xayol faoliyati tufayli tugʻiladigan hislar koʻpincha ancha kuchli va barqaror hislar boʻladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin