O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə49/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5. Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.


8 - Mavzu: Tafakkur


Reja:

1.Tafakkur haqida tushuncha


2.Tafakkur operatsiyalari
3.Tafakkur shakllari va turlari
Tafakkur haqida tushuncha

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib boʻlmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar oʻrtasida koʻz bilan koʻrib, quloq bilan eshitib boʻlmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bogʻlanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.


Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega boʻlamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol oʻynaydi.


Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’riflar turlicha boʻlib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab oʻtiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, toʻliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona
amaliy faoliyat bilan shugʻullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning toʻla, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab oʻtiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita soʻz yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va soʻz hamda oʻtmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan soʻz vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta’rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bogʻliq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
V.V.Bogoslovskiy taqriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning
umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga oʻxshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Keltirilgan ta’riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan toʻliqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu oʻz mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda oʻsha umumlashmalar yangiligiga bogʻliq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib oʻtamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan oʻrganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon boʻlishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo boʻlishi deb ataydi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli koʻrinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi toʻgʻrisidagi nazariy metodologik muammolarni oʻrtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga koʻra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini oʻrganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini oʻzining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab oʻtiladi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin