O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə50/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga boʻlgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush toʻgʻrisidagi oʻz bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam oʻzi idrok qilayotgan narsalar toʻgʻrisida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi toʻgʻrisida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti boʻladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur boʻlishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga boʻlgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib boʻlmaydigan elementlarga yoki belgilarga boʻlishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yongʻoqni chaqishining oʻziyoq boshlangʻich, oddiy analizdir. Oʻquvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan koʻpgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan oʻzlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada koʻrish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari


Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta oʻrin tutadi. Chunonchi, savodga oʻrgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni soʻzlarga, soʻzlarni boʻgʻinlarga, boʻgʻinlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qoʻyilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni oʻz navbatida alohida olib tekshirish lozim boʻladi va hokazo.


Analiz va sintez jarayonlarining yuzaga kelishini quyidagicha izohlash mumkin.

Yuqorida aytib, oʻtilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolgʻiz analizning oʻzi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.


Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda boʻlingan, ajratilgan ayrim qismlarini, boʻlaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va boʻlaklarini bir butun qilib hoʻshishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan koʻrinib turibdi. Analiz aqliy boʻlgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi oʻz harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, boʻgʻin, boʻgʻinlardan soʻz, soʻzlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez oʻzaro bevosita mustahkam bogʻlangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan boʻlsa, uni sintez qilib boʻlmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga oʻxshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta’kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning oʻziga juda oʻxshash boʻlgan narsalardan tafovutini topingiz va uning oʻzida juda uzoq boʻlgan narsalar bilan oʻxshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat boʻlgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi boʻlib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli toʻgʻrisida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab koʻrish yoʻli bilan bila olmasak, boshqa yoʻl bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin boʻlmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa toʻgʻrisida hech qanday fikr qila olmagan boʻlar edik.
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yoʻl bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qoʻl bilan koʻtarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash boʻladi. Shuningdek, oʻquvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yogʻochga yoki qogʻozga solishtirsalar, u analogik holatga misol boʻla oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan ogʻirlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini oʻlchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qoʻl bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan toʻplanadigan bilimlarning aksariyati qoʻl bilan ushlash, koʻz bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular oʻrtasida oʻxshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng koʻlamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, oʻquvchilar dilda oʻylayotgan narsalarni fikran solishtirib koʻradilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar oʻz tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida oʻxshashlik va tafovut borligini topadilar.
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim boʻlmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Mazkur jarayonni quyidagi sxemada ham koʻrishimiz mumkin:

Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning oʻzi tafakkurning mustaqil ob’ekti boʻlib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor toʻgʻrisida emas, balki devorning ogʻligi toʻgʻrisida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning koʻz oʻngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish toʻgʻrisida mulohaza yuritiladi.


Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, ogʻirligiga, qiymatiga va shu kabi oʻxshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, oʻxshash muhim belgilarning shu narsalar toʻgʻrisidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi boʻyicha yagona yoʻnalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga boʻlib oʻrganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish toʻgʻrisida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qoʻllashni tavsiya etmoqdalar. Ammo oʻquv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qoʻllaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan koʻproq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar notoʻgʻri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. Oʻquvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim boʻlmagan belgisiga asoslanib notoʻgʻri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qoʻyilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari notoʻgʻri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir boʻlmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud boʻlishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning oʻxshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan oʻxshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni soʻz ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham oʻz navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tagʻin analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga koʻra turlarga boʻlib oʻrganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga koʻra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-koʻrgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari boʻyicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin boʻladi. Yaqqol-koʻrgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar boʻyicha umumlashtiriladi.
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bogʻlanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolgʻiz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega boʻlganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi boʻlib isoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining koʻrsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda koʻz oldimizga qor, qogʻoz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq boʻlgan umumiylikni ochishda
ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxoʻri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qoʻshamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chogʻida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning oʻzidir.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga oʻxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom ogʻirligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. Oʻrganish uchun qulaylik tugʻdirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda koʻpchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga boʻlishga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga boʻlish klassifikasiyalash yoki turkumlarga boʻlish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga boʻlish mumkin. Oʻquvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari
boʻyicha va shu kabilarga qarab turkumlarga boʻladilar.
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan oʻrniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa oʻtkazilishi, makoniy tizimga namuna boʻla oladi. Oʻtmishda boʻlib oʻtgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi boʻla oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta’limida oʻzlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari boʻyicha, soʻng yaxlit holda oʻquvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga oʻxshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan toʻplangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning oʻxshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning toʻrtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashgʻulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pogʻonasi hisoblanadi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin