O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə53/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tushunchalar
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga toʻgʻri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan boʻlsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi oʻqish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz boʻladi.
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayragʻoch, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar oʻrtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, ogʻirlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorugʻlik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar koʻlami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va toʻplanma tushunchalarga boʻlinadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa boʻladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud boʻladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda boʻlgan koʻp narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.
Toʻplanma tushunchalar bir jinsda boʻlgan narsa va hodisalar toʻplami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yigʻilish va hokazolar. Toʻplanma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy toʻplanma tushunchalar boʻladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka toʻplanma tushunchaga oiddir. Guruh,
jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy toʻplanma tushunchasiga misol boʻla oladi. Yetti ogʻayni yulduzlar toʻplami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka toʻplanma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Fikr yuritishda tushuncha bilan soʻz oʻzaro bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Bir tomondan soʻz yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan soʻz tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq soʻzlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir soʻzdan, oʻzbek xalqi ikki soʻzdan qahramon oʻzbek xalqi uch soʻzdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha toʻrt soʻzdan tashkil topgan.
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikasiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. Soʻzlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, soʻz ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan soʻzlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita boʻlib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi soʻzlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. Soʻz bilan tushunchalarning chambarchas bogʻlanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlarni yoʻqotmaydi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin