O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə51/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tafakkur shakllari va turlari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob’ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato boʻladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan oʻzaro bogʻliq boʻlgan belgilar, alomatlar hukmlarda bogʻliq ravishda koʻrsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib koʻrsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini oʻtkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini oʻtkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bogʻliq boʻlmagan narsa hukmda bogʻliq qilib koʻrsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomgʻir yogʻyapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga boʻlinishi mumkin:
Hukmlar sifatiga koʻra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga;
Hukmlarning munosabatiga koʻra: shartli, ayiruvchi, va qat’iy hukmlarga;
Hukm taxminiy koʻrinishga ega boʻlishi ham mumkin.
Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechogʻlik muhim boʻlishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bogʻliq. Masalan, ertaga yomgʻir yogʻishi mumkin. Paxta rejasi toʻlib qolsa kerak.
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bogʻliqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, Oʻzbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolgʻiz narsa va hodisa toʻgʻrisidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir. Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz’iy hukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini oʻtkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga qoʻyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi toʻgʻrisida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar oʻquvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni oʻzlashtira olmaydi. Hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli boʻlsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda boʻladi.
Narsa bilan belgi oʻrtasidagi aloqaning bor yoki yoʻqligi qat’iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari oʻrtasida aloqa boʻlishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson oʻz fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar oʻrtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz oʻz fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida koʻp yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi.
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda boʻlgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik gʻalaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi qoʻzgʻatuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati oʻrtasida mustahkam bogʻlanish borligini va bu bogʻlanishga zid keladigan boshqa bir holning boʻlishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yoʻl bilan hosil qilinishi ta’kidlab oʻtiladi. Birinchi yoʻl bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur boʻlgan narsalarning bevosita oʻzi ifodalanadi. Ikkinchi yoʻl bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yoʻli aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning toʻgʻriligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yoʻl bilan hukm chiqarishga misoldir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin