O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə48/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Esga tushirish va uning turlari.
Oʻtmishda idrok qilingan narsalar, his-tuygʻu, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya poʻstida ilgari hosil boʻlgan nerv bogʻlanishlarning qoʻzgʻalishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum vaqt oʻtkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq boʻlishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam koʻzimizga issiq koʻrinadi, lekin uni qaerda koʻrganimizni eslay olmaymiz. Toʻliq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol oʻynaydi. Masalan, biz bir kishini koʻrib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, boʻlib oʻtgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq boʻladi. Masalan, biz she’rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon oʻqiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni koʻrib, uning savolini oʻqib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol oʻynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she’rni yod olganimizda bir necha satrni oʻqigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya’ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra koʻzdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning koʻlami aniqlanadi.
Materialning koʻp qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira koʻlami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda soʻz va iboralarni esda tutib qolish xotirasining koʻlami keng boʻladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining koʻlami keng boʻladi.
Vaqt oʻtkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt oʻtkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar oʻtgandek boʻladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda oʻrnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda saqlash deganda ilgari tugʻilgan taassurot, fikr, his-tuygʻu va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari boʻlib oʻtgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit boʻlsagina esga tushadi. Bunday sharoit boʻlmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur boʻlgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashgʻul boʻlganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning koʻp qismi unutiladi. Materialni oʻqib oʻrganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt oʻtgandan keyin uni toʻla xotirlay olishlikning sababi materialni oʻqib, oʻrganib olishda roʻy beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun boʻlgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim boʻlgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga boʻlgan qiziqishning boʻlishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bogʻliq boʻladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan boʻlib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez roʻy beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bogʻliqligini tajriba orqali aniqlagan. Toʻplangan natijalarning koʻrsatishicha, materialni yod olgandan soʻng unutish sur’ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim boʻgʻinlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning koʻrsatishiga qaraganda, oʻrganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni oʻzlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bogʻlanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir boʻlgan narsa va hodisalarning oʻzaro aloqalari xotirada asta-sekin yoʻqolib boradi. Vaqtning oʻtishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bogʻlanishlarni, ya’ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi. G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan oʻtkazilgan juda koʻp tadqiqotlarning koʻrsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki ma’nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bogʻliqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan boʻlsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur’atda boʻlib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni oʻzlashtirish yoki esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bogʻliq boʻlsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga oʻzlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bogʻliqlikdan tashqari yana bir nechta omillar oʻz ta’sirini koʻrsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bogʻliq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bogʻliqdir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin