O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə59/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi gʻoyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim3.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‘zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning
o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god


Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin