O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə67/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayon-lariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kay-fiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur'atsizlik, zerikishlik, qayg‘urishlik singari his-tuyg‘ular uning ruhiy holatini umumiy tizimiga ayla-nadi. Ushbu vaziyat ba'zi emotsional taassurotlarning vujudga keli-shiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘di-radi. Inson xafa, ma'yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, keksalarning o‘git-nasihatlariga, mas-lahatlariga quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan mazmun, sifat ji-hatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning uchun ish-lab chiqarish va xalqta'limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real gu-ruhlarida ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ru-\iy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafo-latidir.
Inson kayfiyatining paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta'sir qiluv-chi ikkita omilni tahlillash mutlaqo shart. Ulardan bittasi ob'ek-tiv va sub'ektiv xususiyatli vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluq-li bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki issikligi, bioritmika o‘zgarishi), b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchi bir manba sifatidagi talqin qilish mumkin — bu ob'ekt va sub'ektiv shart-sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliya-tiga kerakli vositalarning mavjudligi (ish dastgohi, mehnat quro-li, yorug‘lik, auditoriya, partalar va boshqalar). Ikkinchidan, sub'ek-tiv munosabatlar: ilk psixologik muhit, muloqotmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatga tegmaslik, teng huquqlilik, hamkorlik, demokratiya prinsiplariga rioya qilishlik, o‘zaro tushunish, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokazo.
Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o‘rtasida psixologik tafovutlar yuksak hislarda o‘z ifodaeini topadi. Yuksak hislar ong-li harakatlarni bajarishning ob'ektiv sharoitlari, yo‘nalishlari, mazmuni bilan uyg‘unlashgan shaxs emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo‘ladi va kechadi. Ko‘plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda yaqqollashgan umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o‘z tarkibiga sodda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig‘indisidan iborat emas, chunki yuksak hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohida-likka ega.
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog‘liq javobgarlik hissi har xil ma'noda kechiriladi: 1) tashvishlanish emotsiyasi (bir to-mondan, xursandlik, ikkinchi tomondan esa qo‘rqish hissi) sifati-da; 2) o‘z kuchiga, g‘ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g‘azablanish emotsiya-si sifatida; 4) shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubha-lanish sifatida va hokazo. Tahlildan ko‘rinib turibdiki, javobgar-lik hissining mohiyati ularning oddiy yig‘indisidan iborat emas, balki jamoa a'zolarining ehtiyojiga aylangan voqyelikni anglash-dir. Masalan, kitob o‘qib lazzatlanish bilan kitobni o‘qib tugatish shodlik hissini farqlamoq lozim.
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mehnat faoliyatini davomida kechiriladigan hislar - praksik hislar ( ish, faoliyat, yumush degan ma'noni anglatadi); 2) intellektual hislar ( tushunish, akl degan ma'noni bildiradi); 3) axloqiy hislar ( axloqiylik degan ma'noni anglatadi); 4) estetik hislar (hissiy idrok, hissiy degan ma'-noni aks ettiradi).
Praksik hislar. Shaxsning amaliy hayotining istalgan tarmogi, maqsadga muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga nisbatan muay-yan munosabatda bo‘lishning muhim sohasiga aylanib qoladi.
Iroda
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma'lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish hara-katlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, ja-moaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma'naviy) tufayli vujudga kela-digan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan harakatlar, xatti-harakatlar va sa'y-harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta qura-di, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiri-ladi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayl-lar negizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zla-rining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda, psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanil-gan yoki yetarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, us-tanovka va shu kabilarning ichki turtki ta'sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakl-lari impulsiv (lotincha 1tri1$i$ ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma'nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmagan-ligi uchun ma'lum ob'ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajab-lanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakl-dagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma'nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi his-siyot to‘g‘risidagi ma'lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyaga taallukli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta'minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasa^vvur qilishini, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyo-riy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ata-luvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta'rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayo-nida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».
Shaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maq-sadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo‘r berishni taqozo et-maydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xusu-siyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundi-radi. Ustuvor (yetakchi) motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni mu-ayyan yo‘nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildira-di.
Shaxs faolligining har xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular funksional tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o‘z xatti-harakatlarini (xulq-atvorini) o‘zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha hara-katlar tizimi mujassam bo‘lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko‘zga tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi bosh-qaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda ularni tamoman yo‘qotadi ham. Iroda paydo bo‘lishining bosh omili inson tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakat-larni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoli-yat shaxs tomonidan keng qo‘lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlar-ni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo‘ljal-langan harakatlar uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb baholanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ba'zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo‘lini aniq-lab beradigan, uning ijtimoiy-psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma'naviy-axloqiy qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg‘unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jaraenida shaxs ong-li harakat qiluvchi sub'ekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o‘zida ijrochisi (bajaruvchi) bo‘lib ishtirok etadi. Mazkur holatda shaxs o‘zida to‘kis mujassamlangan qarashlari tizi-miga (dinamik stereotipiga), iymon-e'tiqodga, ishonch va dunyoqara-shiga, qadriyatiga, hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovati-ga, ma'naviyatiga asoslangan holda ongli yo‘l tutadi. Shaxsning umr (hayot) yo‘lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi iroda-viy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar (qarash, e'tiqod, qadriyat, ma'naviyat va hokazolar) sog‘lom fikr, us-tuvor (yuksak tuyg‘u) hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlana-di hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta'sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o‘z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs ma'naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo‘lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqa-ruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini ba-jaradi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining yirik namo-yandalari ijodiy faoliyatiga taallukli ma'lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy-psixologik qiyofalarini aks etti-rish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda Amir Temur Ko‘ra-goniyning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband sher - yengaman der» xitobi, Cho‘lponning «Xalqdengiz-dir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir» chaqirig‘i javobgarlikni yuksak his etgan holda xalqining xohish irodasini ifoda qilib, qat'iy irodaviy xatti-harakatlarini amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o‘zlarining ma'naviy, qadriy, ruhiy qiyofalarini chuqur va ko‘pyoqpama ochib berishga musharraf bo‘lganlar. Ijtimoiy-tarixiy sahifalarimizda, yaqin o‘tmishimizda va istiqlol davrida ko‘plab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarining namunaviy ko‘ri-nishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng ko‘lamda yoritilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, irodaviy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari ham mavjuddir va ular muayyan tavsif-•parga asoslanib talqin qilinadi. Irodaviy faoliyatni yoki alohida iroda aktini (lotincha asShz harakat degan ma'noni anglatadi) amal-ga oshirishning xususiyatlaridan biri — bu bajarilayotgan harakat-larning erkin ekanligini shaxs tomonidan anglash (bunday qilsa Ham bo‘ladi yoki unday qilsa ham) iboratligidir. Ushbu jarayonda shaxs Ma'lumki, o‘z xulq-atvori va o‘z faoliyati sabablarini tashqi omil-lardan deb tushunishga moyil odamlar mavjud.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual faoliyati natijalari uchun mas'uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd qilishni, shuningdek, ularning kuch-g‘ayratiga, qobi-liyatiga moyilligini belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal) hamda ichki internal tur-lariga ajratiladi. Nazoratni tashqi lokallashtirishga ba'zi misol-larni keltiramiz. Xodim ishga, talaba darsga kech qolsa, bu hodisani turlicha bahonalar bilan izoxlashga harakat qiladi: 1) avtobus o‘z vaqti-da kelmadi; 2) yo‘lovchilar ko‘p bo‘lganligi uchun avtobusga chiqa olma-dim; 3) avtobus juda sekin harakat qiladi; 4) transport buzilib qola-di; 5) ko‘chada yo‘l harakati fojiasi yuz bergani tufayli ushlanib qol-dik va hokazo. Psixologik tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo‘lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog‘liqsir, chunonchi insonning mas'ulyyatsizligi, o‘z imkoniyatiga ishonmasligi, hadiksira-shi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro‘yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar. Mabodo shaxs o‘z xulq-atvori oqibati uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olsa, o‘z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqyelik nazoratning internal (ichki) lo-kallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokal-lashtirishiga xos insonlar maqsadga erishish yo‘lida mas'uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o‘zini o‘zi tahlillash imkoniyatiga egadir-lar. Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har ik-kala (eksternal, internal) turini shakllantirish tufayli uning mus-tahkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsningtavakkalchilik vazi-yatidagi xatti-harakatida ro‘yobga chiqadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maq-sadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyat-sizlik unsuri bilan ham hamohang, ogoh dadil harakat tavakkalchi-lik deyiladi. Tavakkalchilik jarayonidagi noxushlik kutilmasi mu-vaffaqiyatsizlik ehtimoli bilan noqulay oqibatlar darajasi uy-g‘unlashuvi mezoni orqali o‘lchanadi. Tavakkalchilikda muvaffaqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik kutilmasi ehtimoli yotadi, yutuqqa eri-shish shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltirsa, mag‘lublik esa no-xushlik holatining bosh omili hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ma'lumki, yutuq (g‘oliblik) quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, mod-diy va ma'naviy yo‘qotishni ro‘yobga chiqaradi. Lekin shunga qaramas-dan, insonlar tavakkal qilish harakatidan hyech mahal voz kechmagan xohu kundalik hayot muammosiga aloqador voqyelik, xoh murakkab meh-nat, xohharbiy yurishlar bo‘lishiga qaramay, shuning uchun tavakkal-chilik insoniyat dunyosining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davri-ning qaror qabul qilish namunasi, mahsuli sifatida shaxsning hayoti va faoliyatida to hozirgacha ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, tavakkalchilik harakati-ni amalga oshirishning o‘zaro uyg‘unlashgan ikkita sababi mavjudli-gi qayd qilib o‘tiladi. Qarorga kelishning birinchi sababi — bu yutuqqa umidvorlik muvaffaqiyatga erishilganda kutilishi ehtimol qiymatning mag‘lub oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonchdir. Ushbu voqyelik vaziyatni tavakkalchilik deb atalib, mu-vaffaqiyat motivatsiyasini muvaffaqiyatsizliqdan qutilish motiva-siyasidan yaqqolroq namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Shu bo-isdan tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahami-yat kasb etadigan ruhiy hodisa hisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakat-ni amalga oshirib, o‘z xulq-atvorini namoyish qiladi. Dehqon kechi-kib yerga urug‘ qadashga tavakkal qilgan bo‘lsa, hosil pishib yetilishi xavfi tug‘iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal sur'atda foy-dalansa, asosiy mablag‘ni sarf qilib qo‘yish tashvishi uyg‘onadi. Iro-daviy qaror qabul qilib, tavakkalchilikdagi uning mardligi, ta-shabbuskorligi, qat'iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta'min-laydi. Ammo bunday };arorga kelish goh o‘zini okdaydi, goho mutlaqo oqlamasligi ham mumkin. Bu borada harakatning xavfli yoki xavfsiz yo‘lini tatbiq etish, tavakkalchilikning g‘oyaviy, ma'naviy yuksak-ligi, qarorning oqilonaligi baxtli tasodif sari yetaklashi mum-kin. Ba'zan tavakkalchining qobiliyati, qat'iyligi, malakaligi, hisob-kitobning to‘g‘ri qilganligi unga omad keltiradi.
Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilgan xulq-atvorda ko‘zga tashlanadi. Bu voqyelik shaxs-ning vaziyatosti faolligi deb nomlanib, insonning vaziyat talabla-ridan ustuvorlikka erishishida, undan (vaziyatdan) yuksakroq maqsad Qo‘ya olishda namoyon bo‘ladi. Tavakkalchilikning bu turi «vaziyatusti» yoki «xolisonalik» deb atalib, tavakkalchilik uchun tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishni anglatadi hamda tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr Deb ataluvchi maxsus asbobda o‘lchab ko‘rish mumkin. Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo‘lish ehtimoli mav-jud xolisonalik tavakkalchilikka moyillik, ularning haqiqiy xavf ostida irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish (bashorat Qilish) imkoniyati vujudga keladi.
Iroda muammosiga bag‘ishlangan bundan oldingi sahifalarda ta'-kidlab o‘tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psi-xologik mazmun, mohiyat, ma'no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o‘rinliki, shaxsda motivlar kurashining paydo bo‘lishi uchun unga mas'uliyat, javobgarlik hissining yuklatilishi, irodaviy harakatni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilishi, mazkur vaziyatda shub-halanish, ikkilanish uyg‘onishi favqulodda unda irodaviy zo‘r be-rishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqyelikni tushuntirish yoki izoh-lash uchun psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblari-dan iborat ekanligini anikdanish uchun uning unsurlari, bo‘linma-lari, tuzilishi to‘g‘risida mulohaza yuritish joiz.
Insonning miyasida tug‘iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu harakat yordami bilan qo‘yilgan maqsa-diga erishish yo‘llarini anglab yetadi, ya'ni harakat bilan maqsad, o‘rtasidagi uyg‘unlik insonga tobora yaqqollashadi, anglashiniladi. Holbuki shunday ekan, shaxs o‘zining ruhiy holatini o‘zgartirishga qaror qiladi, qondirilishi lozim bo‘lgan ehtiyojlarini muayyan tar-tibga keltiradi, ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajra-tishni lozim topadi. Xuddi shu yo‘sinda irodaviy harakatni amalga oshirishningtarqoqva yig‘iqtarkiblari (unsurlari) maqsadga yo‘nal-tiriladi. Ushbu jarayonga inson shaxsini undayotgan, ham anglanil-gan, ham anglanilmagan ruhiy tayyorgarlik motivdan iborat bo‘lib, maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini tushuntirishga xizmat qiladi.
Insonning hayoti va faoliyatida uning borliqdagi narsalarga nisbatan o‘zini tortadigan har xil xususiyatli maqsadlari vujudga kela boshlaydi. Lekin shuni ta'kidlash joizki, shaxs oldida paydo bo‘lgan maqsadlarni u tanlashi, mohiyat jihatidan ma'qulligi (no-ma'qulligi) yuzasidan qaror qabul qilishi, ularning hozirgi davr uchun ahamiyat kasb etishini, istiqbol imkoniyatlari singari xusu-siyatlarini hisobga olishi lozim. Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol, ob'ektga yo‘nalgan maqsadni amalga oshi-rish (qaror toptirish) ezgu niyati ro‘yobga chiqadi. Masalan, kundalik moddiy ehtiyojini qondirish, sayohatga chiqish, ish joyini almash-tirish, til Markaziga o‘qishga kirish, qarindoshlari holidan xabar olish, televizor tomosha qilish istaklari tug‘ilishi mumkin. Bu as-noda iroda aktining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, nafaqat xohish-istakdagi maqsadni tanlay olish, balki uni amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini tushunish hamda anglashdir. Xuddi shu tariqa irodaviy harakatning muhim tarkibi, binobarin, ajra-tib olingan maqsadga erishishning yo‘l-yo‘riqlari shakli va mohiya-ti to‘g‘risida mulohaza yuritish, uning ustida bosh qotirish davri boshlanadi. Mazkur jarayonda fikr yuritilayotgan vositalarning maq-sadga erishish yo‘liga muvofiqligi tahlil qilinadi, aqlan chamalab ko‘riladi, uni ro‘yobga chiqarishga mutlaqo mos yordamchi uslublar, hara-katlar tanlanadi. Yuqorida mulohaza yuritilgan aqliy xatti-hara-katlarning barchasi o‘zining mohiyati bilan iroda aktining tarki-biga kiruvchi aqliy jarayonlar, aqliy lahzalar, aqli vaziyatlar si-fatida mujassamlashadi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqiqatan ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to‘g‘ri-sida oqilona qarorga kelishda o‘z ifodasini topadi. Psixologik ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, tanlangan harakatlar oqilona, omil-kor, odilona ekanligi to‘g‘risida qarorga kelinganida, maqsadga mu-vofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon qi-yinchiliklarsiz sodir bo‘ladi. Biroq aksariyat hollarda qarorga ke-lish murakkab jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar ku-rashi yuzaga keladi, binobarin, tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha cho‘ziladi. Masalan, shaxsda ish joyini almashtirish xo-hish-istagi tug‘ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa xususiyatga ega bo‘lgan intilishlari hukm surishi mumkin, o‘z navbatida ular ishxo-nani o‘zgartirishga to‘sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o‘zgartirish maoshning yangi ishxonada bir oz yuqoriligi bilan bog‘-liq bo‘lsa-da, lekin yangi muhitga va jamoaga, notanish shart-sharo-itga, boshqacha talabga moslashish (ko‘nikish) zarurligini taqozo eta-di. Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar kurashi yuzaga ke-ladi, uning negizida: a) yangi ish joyidan, b) ichki qanoatlanish tuyg‘usidan voz kechish kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug‘ili-shi, g) uning istiqboli evaziga o‘zining boshqa ehtiyojlaridan yuz o‘girishi lozimmi, degan motivlar kurashi boradi. Motivlar kura-shida u yoki bu tarzda qarorga kelishni ma'qullash (e'tirof qilish) yoki ma'qullamaslik (e'tirof etmaslik) to‘g‘risidagi mulohazalarni tahlil qilish (ularni chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘zaro ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi harakatlarni tatbiqetish-ga undovchi qabilidagi motivlar kurashi ham tug‘ilishi mumkin. O‘zaro Qarama-qarshi motivlarning salmog‘i qamrovli bo‘lsa, shaxsni faoliyatga undovchi ehtiyojlarning ob'ekti o‘zining qiymati (ahamiyat-liligi) bilan o‘zaro baravarlashsa, u holda bunday motivlar kurashi ularga hamohang tarzda kuchli kechadi. Mabodo shaxsda televidenieda kino ko‘rish xohishi bilan do‘stining tavallud topganligini tab-riklash uchun borish istagi o‘rtasida ruhiy kurash yuzaga kelsa, mo-tivlar kurashi sodir bo‘lmaydi, chunki bunday mahalda shaxsda kino-ni tomosha qilish tilagi (intilish) o‘zidan o‘zi yo‘qoladi. Lekin motivlar kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi, deb xulosa chi-qarmaslik kerak, bunda munosabat, xohish shaxs uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jumladan, shaxsni (sa-farga otlanish (tayyorgarligi) hamda qarindoshdagi to‘yga tabriklash uchun borish istaklari (zarurati) o‘rtasidagi motivlar kurashi o‘zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli faqat ulardan bittasini tanlash taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash tariqasida keskin tus olishi mumkin. Shunga o‘xshash motivlar kurashi natijasida muayyan qarorga kelishi yoki qaror qabul qilish vujudga keladi, bunda shub-halanish, sustlik, loqaydlik, ikkilanish singari sifatlar (goho illatlar) faoliyat doirasidan siqib chiqarilib, butun diqqat-e'ti-bor qarorni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Mabodo qarorga ke-linganidan keyin ham jur'atsizlik shaxsni ikkilanish sari yetak-lashda davom etaversa, u holda irodaviy harakat tub ma'nodagi g‘ay-ratdan, shijoatdan, sobitqadamlikdan, belgilangan maqsad sari in-tilishdan mahrum ekanligini aks ettiradi. Maqsadga erishish uchun shaxs o‘zini tayyorlaydi, psixologik va statistik kutilmalar o‘zaro tafovutlanishi yuzasidan ma'lumotlarni umumlashtiradi.
Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshi-rishda qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo‘r berish mu-him ahamiyat kasb etadi. Aksariyat psixologik holatlarda inson to-monidan qarorga o‘z ehtiyojlarining ustuvorligi darajasi ta'siri-ni zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg‘unlashgan, jiddiylik, zo‘riqish xususiyatli ichki zo‘r berish jarayoni bilan uzviy bog‘liq-likka ega. Shaxs o‘zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat (zaruriyat) birinchidan, sub'ektning ayrim istak-lari, mustahkamlangan salbiy odatlari; ikkinchidan, turmush hodi-salariga nisbatan ko‘nikish hissi; uchinchidan, ma'qullanilmagan axloq-odob prinsiplari, an'analar bilan kurashining kechishi iro-daviy aktning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan xislati (sifati) iro-daviy zo‘r berish tomonidan idora qilinadi.
Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo‘qo-lishiga harakat qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob prinsiplariga javob bera olishini (muta-nosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish imkoniyatini anglash ning o‘zi shaxs uchun murakkab ishni «o‘lik» nuqtasidan siljitishga, qo‘zg‘atishga yetarli darajadagi omil bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas'u-liyat, javobgarlik, qat'iyatlilik tuyg‘ulari bilan qat'iy ishonch, zaruriyat, barqaror ichki kechinmalar (regulyator hislar) mustahkam-lansa, bunday davrda ushbu narsa ko‘pgina intilishlarni yo‘qotishga imkon beradigan haqiqiy irodaviy zo‘r berishni vujudga keltiradi. Yuksak hislar (burch, mas'uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik, fi-doiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizatsiyaga aylanganli-gini, ya'ni shaxsning ma'naviy mulkiga o‘tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan altruistik (ijtimoiy fidoiy-lik) istaklari (xohishlari) o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kela-digan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak hislar mo-tivlar kurashida intilish o‘ng yoki so‘l tomonga og‘ishini aniklaydi, maqsadni amalga oshishini ta'minlashda regulyator funksiyasini bajaradi.
Psixologiyada irodaviy akt to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsa ta'kidlanadiki, irodaviy zo‘r berishning ichki kechishi faqat qarorga kelishda paydo bo‘lmaydi, balki uni ijro etish jarayonida jadal sur'atga erishishda ham amalga oshadi. Buning psixologik ma'-nosi shuki, qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish) aksariyat hollarda sub'ektiv va ob'ektiv xususiyatli bir talay qarama-qarshi-liklarga duch keladi, ularni yengib o‘tish esa irodaviy zo‘r berishni, zo‘riqishni talab qiladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyotiga maqsad va vazifasiz, tasodifiy yondashuv sifatida moslayotgan shaxs o‘z turmush tarzini o‘zgartirmasa, uzoqni ko‘zlab ish yuritmasa (bugungi kuni o‘tga-niga shukur qilib yashasa), faollik ko‘rsatmasa, imkoniyatidan foy-dalanmasa bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Inson-ningo‘zligi bilan ichki kurashi, xarakter xislatlarini o‘zgartirish-ga intilishi irodaviy zo‘r berishi tufayli amalga oshadi, xolos. Shuningdek, inson sanitariyaga, gigienaga rioya qilib yashashi (sayr qilish, xona havosini almashtirish, ovqat hazm bo‘lishini kutish, ozodalikka e'tibor qilishi yangi ko‘nikmalarni egallash kabi) iro-daviy zo‘r berishni taqozo etadi. Bu psixologik voqyelikning negi-zida insonni oldin hayajonga solmagan, tashvishlantirmagan narsalarga e'tibor qilish mexanizmi yotganligi tufayli favquloddagi Qarshilik salbiy his-tuyg‘ularni (stress, affekt, frustratsiya kabi-■larni) vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, shaxsning o‘zini O‘zi bilan ichki ruhiy kurashi natijasida muvaffaqiyatga erishilsa, u holda ijobiy xususiyatli hissiy kechinmalar yuzaga keladi, o‘zi-ning ustidan o‘zi hukmronlik tuygulari, o‘z kuch va qudratiga ishonch, uni anglab yetish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini oldiga qo‘ygan eng muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini tushunish ro‘yobga chiqadi. Ushbu ruhiy jarayonlar muammo yechimida ishtirok etishidan qat'i nazar, irodaviy zo‘r berish va uning ichki kechishi kuchli zo‘riqishlar tufayli amalga oshadi. Bu o‘rinda shaxs-ning xarakteri, individual xususiyatlari, ijtimoiy shartlangan xislatlari, har bir narsaga jiddiy munosabati yetakchi va ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarish, gumanistik psi-xologiya tarkibidagi kategoriyalar hamda ularning hayot va faoliyatda namoyon bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Ma'lumki, shaxsiy mayllar, ustanovkalardan tashqari, unga ijtimoiy ustanovkalarning ta'si-ri, o‘z roli, statusi yuzasidan baholash tizimining to‘g‘ri shakllan-ganligi bunda alohida ahamiyatga ega.
Shaxs ma'lum bir faoliyatni amalga oshirgunga qadar o‘z ruhiy olamida yuzaga kelgan ayrim sub'ektiv («Men» bilan «Men» emas qabildagi) qarshiliklarni yengishdan tashqari, unga muayyan tashqi, (ob'ektiv tarzdagi) ziddiyatlarni ham barham toptirishga to‘gri ke-ladi. Aytaylik, inson uchun ro‘yobga chiqarish zarur hisoblangan maq-sad aniq (yaqqol), uni amalga oshirish yuzasidan hyech qanday shak-shubha bo‘lmasa-da, shuningdek, qarorga kelishda kuchsiz motivlar ku-rashi davom etsa-da, lekin qarorni ijro qilishda ba'zi bir qiyin-chiliklar tug‘ilishi mumkin. Mazkur jarayonda vujudga kelgan qar-shilik va qiyinchiliklarni yengish insondan chidam, qat'iylik, fav-quloddagi, sira kutilmagan xolatni inobatga olishni taqozo etadi. Ba'zida esa uzluksiz ravishda ular bilan kurashish, irodaviy zo‘r berish, ularni yengish uchun esa ruhan tayyorgarlik mayli bilan qurol-lantirishni talab etadi. Bunday vaziyatlar zo‘riqish, tanglik, zo‘r berish, jiddiylik ma'lum davr davomida shaxsda saklanib turish majburiyatini yuklaydi.
Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, irodaviy sa'y-harakat uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r berish aksariyat hollar-da motivlar kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga kelganligi bilan emas, balki shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish, ado etish) jarayonida ob'ektiv xususiyatga molik qiyin-chiliklarni yengish tufayligina namoyon bo‘ladi. Xuddi shu bois iro-da akti tuzilishi tahlilining ko‘rsatishicha, ushbu holat iroda faoliyatining bir talay xususiyatlarini xaspo‘shlashga imkon yaratadi. Shuning bilan birga, irodaviy faoliyatning shaxs xatti-harakatla rida muayyan ustuvor vazifalar (funksiyalar) ijro etishini (baja-rishini) ta'kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur funksiya-lar: birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga tatbiq qilishningsifatdarajasini yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson hayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi muammolar yechimini topishga sharoit yaratadi. Uchinchidan, inson shaxsiga muammo mohiya-tiga kirishini ta'minlaydi, shuningdek, harakatni maqsadga muvo-fiqlashtirishga xizmat qiladi.
Irodaviy faoliyat insonningxatti-harakatlarini uningborliqqa (atrof-muhitga) nisbatan ongli shaxs sifatida o‘z oldiga qo‘ygan us-tuvor maqsadlari mohiyatidan kelib chiqqan holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o‘ziningtanlagan ideallariga, uni yo‘naltiruvchi g‘oyalari-ga, ishonch-e'tiqodlariga, qarashlariga, o‘zga kishilar beradigan ba-holariga, o‘ziga o‘zi baho berish mezonlariga nomutanosib istaklar, xohishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni to‘xtatishga yoki batamom bartaraf etishga intiladi. Bu holat tahlili shundan dalo-lat beradiki, iroda bu o‘rinda shaxsning xatti-harakatlarini ji-lovlash (to‘xtatish), nazorat qilish, boshqarish, chetga og‘ishdan saq-lash (cheklash) funksiyalarini aks ettiradi. Irodaning xatti-hara-katlarini boshqarish funksiyasi shaxs uchun noxush, noqulay, yoqim-siz xohish-istak, harakat va intilishni cheklash, to‘xtatish, tiyish kabilardan iborat bo‘libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolli-gini muayyan jabhaga, sohaga yo‘naltirish, o‘z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni umumiy maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha shaxsni faollikka chorlaydi, uni qat'iy yo‘l belgilash sari yetaklaydi, barqaror harakat qilishga yo‘naltiriladi, ikkilanish, shubhalanishningoldini oladi. Shuning uchun ham maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan in-tilish, ro‘yobga chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi, dadil amallar qilishga yo‘naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol maylni shakllantiradi. Insonning erishgan yutug‘i, muvaffaqiyati har bir irodaviy harakat barqarorligini ta'min-laydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy uslubni tarkib toptirishni jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga oshirishni yengillashtiradi, o‘zidagi irodaviy sifatlarning tako-millashuviga puxta negiz hozirlaydi, irodaviy zo‘r berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motiv-LaR kurashi orqali (kuchsiz), irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon bo‘ladi.
Iroda uchun irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu bois irodaning negizini shaxsning xatti-hara-katlari va ishlarining keng ko‘lamli, rang-barang xususiyatli mo-tivlashtirilishiga omil (turtki) tariqasidagi ehtiyojlarni vujud-ga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi mavjudli-gi ta'kidlanadi (psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog‘langan, lekin o‘zaro to‘la mutanosib bo‘lmagan, nisbiy mustaqil ko‘rinishlari motivlashtirish deyiladi).
Motivlashtirish faollik nimalarga yo‘naltirilganligini, nega aynan shunday xulq-atvor tanlanganligini, nima uchun boshqasiga e'tibor berilmaganligini asoslashga qaratiladi. Bu o‘rinda motiv-lar shaxsning xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni aks ettiruvchi sa-bablar funksiyasini bajaradi. Bularning barchasi yaxlit holda kel-tirganida inson shaxsining yo‘nalishini vujudga keltiradi.
Motivlashtirish — bu inson axloqi va faoliyatini o‘zi boshqa-ruvchi vosita tariqasida namoyon bo‘lishidir. Ushbu vositalar tarki-biga emotsiyalar, xohishlar, tilaklar, qiziqishlar, mayllar va bosh-qalar kiradi. Masalan, emotsiyada insoniy fe'l-atvorning shaxsiy aks ettirish mohiyati baholanadi, binobarin, uning tub maqsadi faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda his-tuyg‘ular uning yo‘nalishini o‘zgartiradi. Buning natijasida fe'l-atvor qayta quri-ladi, oldingi harakatlarni jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar.
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishninguchta jabhasi (sohasi), ya'ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsining yo‘nalganligi, o‘zini o‘zi boshqarish vositasiligi aks etadi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, irodaning asosi motivlashtirishga sabab bo‘luvchi ehtiyojlardan iborat ekanligi da-lillab o‘tiladi. Ehtiyojlar esa irodaviy harakatlar bajarilishini ta'minlaydigan yoki ularga to‘sqinlik qiladigan motivlarga aylana boradi. Irodaviy harakatlarning motivlari (sabablari) muayyan da-rajada anglanilgan xususiyat kasb etadi va shaxsni ularni amalga oshirishga yo‘naltirib turadi.
Psixologiyada ehtiyojning anglanilganligi darajasiga asoslan-gan holda intilish, istak kabilarni psixologik jihatdan tafovut qilish mumkin. Agarda ularning mohiyatini ta'rif orqali yoritish-ga harakat qilsak, u holda o‘zaro farqini tezda aniqlab olish imko-niyatiga ega bo‘lamiz. Intilish — yetarli darajada anglanilmagan, farkdanish, tabaqalashish imkoniyati sust ehtiyojdan tashkil topgan faoliyat motividan iboratdir. Masalan, shaxs yozgan maqolasini bo-sib chiqarishga intilishni xayoldan o‘tkazish chog‘ida nashriyotni ko‘z o‘ngiga keltiradi, muharrir bilan uchrashganda, suhbatlashganda mam-nuniyat tuyg‘usini his etadi. Xuddi shu bois intilish ob'ekti bilan takror-takror uchrashuvga rozi bo‘ladi va o‘z intilishini davom etti-rishga qaror qiladi. Biroq inson ba'zi hollarda unga huzur-halovat bag‘sh etayotgan motiv (sabab) mohiyatini anglamaydi ham, chunki u qan-day natijaga erishish mumkinligi to‘g‘risidagi ma'lumotga ega emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, intilish psixologik jihatdan yetarli darajada aniqlikni o‘zida mujassamlashtirmaydi, ayrim shubhalar hukm surish ehtimoli mavjud, harakat unsurlari yuzasidan taxmin yetishmaydi.
Istak-shaxs tomonidan ehtiyojning yetarli darajada anglanilgan-ligi bilan tavsiflanuvchi faoliyat motividir. Intilishdan farqli o‘laroq istaqda nafaqat ehtiyoj ob'ekti, balki uni qondirishning yo‘l-yo‘riqlari, vositalari ham inson tomonidan tushuniladi. Ma-salan, oliy maktab o‘qituvchisi o‘qitish samaradorligini oshirish istagini bildirib, bu holatni ijtimoiy ehtiyoj sifatida tasavvur etib, ta'limning faol metodlarini qo‘llash haqida o‘ylaydi, o‘z faoliyatini yangicha tashkil qiladi, iqtidorli, bo‘sh o‘zlashtiruvchi talabalar bilan individual ishlash grafigini ishlab chiqadi, qo‘llanma-lar yaratish rejasini tuzadi va hokazo.
Inson faoliyatining motivlari (motivatsiyasi) uning yashash shart-sharoitlarini aks ettiradi, shuningdek, shaxs tomonidan namoyon ettirilgan ehtiyojlarini fahmlash imkoniyatini vujudga keltira-di. Ehtiyojlar ahamiyatining o‘zgarishi tufayli muayyan psixologik holatlarda motivlar kurashi paydo bo‘ladi, bunda bir istak boshqa istakka nisban qarama-qarshi qo‘yiladi, bu haqida oldingi sahifa-larda mukammal mulohazalar yuritilgan.
Qarshiliklar, qiyinchiliklar, nizoli vaziyatlarni yengish uchun irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Irodaviy zo‘r berish to‘g‘risida mulohaza yuritilgan bo‘lsa-da, lekin unga ta'rif berilmaganligi sababli ayrim aniqpiklar kiritish joiz deb hisoblaymiz. Iroda-viy zo‘r berish - his-tuyg‘ular (hissiyot) shakli hisoblangan shaxs-ning irodaviy harakatiga (aktiga) qo‘shimcha motivlarni vujudga kel-tiruvchi, ba'zida ularni barbod qiluvchi, bilish jarayonlarini sa farbar etuvchi, muayyan zo‘riqish holati singari kechiriluvchi motiv-lar majmuasidir.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo‘lib, inson faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'-minlaydi. Iroda shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan iborat bo‘lib, u o‘zini o‘zi boshqarish sifa-tida dastavval o‘ziga, o‘z hissiyotiga va xatti-harakatlariga hukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi yoki kuchsizli-gini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon kiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, si-fatlari, xislatlari, illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha aiPa qat'iyatsizlik degan doa'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha argax1a harakatsizlik ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya — bu miya patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masa-lan, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish zarurligini to‘g‘ri fahm-lagan abuliya kasali bilan shikastlangan bemor biror narsani baja-rishga o‘zini mutlaqo yo‘llay olmaydi. Apraksiya — miya tuzilishi-ning shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir. Nerv to‘qimalarining buzilishi miyaning peshana qismla-rida yuz bersa, u holda xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzi-lish namoyon bo‘ladi, natijada iroda akti bajarilishi qiyinlasha-di. Abuliya va apraksiya — psixikasi og‘ir kasallangan insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiya-si bilan emas, balki noto‘g‘ri tarbiya mahsuli bilan tavsiflanadi.
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko‘rinishlaridan biri - bu yalqovlik hisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat ko‘rsatishni qat'iy ra-vishda istamasligida o‘zini aks ettiruvchi illatdir. Yalqovlik - shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uninghayotga layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining ifo-dasidir. Yalqovlik — shaxsning ruhiy qiyofasi bo‘lib, uzluksiz tar-biyaviy ta'sir va o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imko-niyati mavjud ruhiy nuqsondir.
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongining mohiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘pla-nishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yonda-shuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo‘lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikri-cha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy mu-nosabatning tug‘ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning ne-gizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsio-nal yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayon-larga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning bosh-qasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir.
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning uzida ham akdiy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.
Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyo-riy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma'nosining o‘zgarishi hisobiga uni tormozlovchi yoki qo‘shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko‘rinishlarining bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarish orqali amalga oshirilishi ta'kidlaniladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fa-nida irodani tushunish, ta'riflash bo‘yicha bir xil munosabat yara-tilmaganiday, irodaviy sifatlarning ma'noviy asosini tahpil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy qarashlar majmuasi mav-jud emas. Jumladan, V.A.Krutetskiy o‘z asarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqat-lilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat'iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillash-ganlik va intizomlilik, urinchokdik va tirishqoqlik, dadillik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jaso-ratlik.
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifat-lar qatorida «ishonch» atamasi sanab o‘tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati tariqasida tadqiq etilishiga haqlidir. Bu-ning uchun A.I.Shcherbakov tadqiqotidan namuna keltirishning o‘zi yetarlidir. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga institutni qisqa vaqt (fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluv-chi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng eksperimentator talabada o‘z kuchiga ishonch uyg‘otishga maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsa-diga erishishga musharraf bo‘lgan. Bunga o‘xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘tkazilganligi ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o‘z kuchiga ishonch psixologik hodisa si-fatida o‘rganilishi ko‘pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli iroda-viy zo‘r berish qanday omillar bilan shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli iroda-viy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili (prinsipi) ish-lab chiqilmagandir.
Ushbu psixologik muammoni hal qilish maqsadida V.K.Kalin iro-daviy sifatlarni tasniflashga (klassifikatsiyalashga) qaror qiladi. Uning nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jara-yonlar asosida vujudga keladi, ammo bunda uning intellektual va axloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon bo‘lishini tanlaydi:
a) faollik darajasining ortishi;
b) zarur bo‘lgan faollik darajasini quvvatlash;
v) faollik darajasining pasayishi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifat-larni mulohaza uchun tavsiya qiladi; g‘ayratlilik, chidamlilik, vaz-minlik. Agarda bu jarayonda intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo‘lmaydi, qaysi hal qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi va harakatni kuchaytirish, quvvatlash, pasayti-rish to‘g‘risidagi komanda beriladi.
V.K.Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifa^larni ikki-lamchi deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo bo‘lishi mujassalashadi. Muallif qat'iyatlik-ni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vaholanki uning fikricha, u o‘ziga mahliyo qiladitn his-tuyg‘ularni yengishdan, shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni to‘sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi.
Chunki ularda ob'ektning to‘planganligi ifodasi o‘z aksini top-gan, ravshan hayotiy qadr-qiymat mujassamlashgan.
Chidamlilik tavsifida «qo‘shimcha impulslar», «qo‘shimcha iroda-viy zo‘r berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat» jabhalari ifodasining O‘rni mavjud. Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tushish hollari uchraydi. ye.P.Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifati chidamlilikdan keyin joylashgan bo‘lib, quyidagi ta'rifga ega: «Tirishqoqlik - qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erishish yo‘lida uzluk-siz ravishda intilishning paydo bo‘lishidir». Tadqiqotchi D.N.Usha-kovning mulohazasicha, «chidam» tushunchasi quyidagi ma'no anglatib keladi:
1) aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, hasratsiz halokatli, mush-KUL, noxush holatlarni dildan kechiradi;
aksil harakat qilmasdan, o‘z^arishlarni kutgan tarzda takdir haziliga rozi bo‘lish;
biror holatga mubtalolik;
nima bilandir kelishish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qil-masdan, og‘irchilikni muruvvatkorona o‘tkazish;
imkon darajada amal qilishga ko‘nikish;
shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymaslik;
paysalga solishga, kutishga imkoniyat yaratish.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, tirishqoqlik, qat'iyatlik sifatlari bilan bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan olish, qiyinchiliklarga qaramasdan, hara-katni davom ettirishga intilish tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubhasiz. Lekin og‘riqqa chidash, bardoshlikka mo-yillik nuqtai nazardan yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta'biri, irodaviy sohaning paydo bo‘lishi va amalga oshishi mohiya-ti yuzasidan metodologik nuqsoniy talqin yuzaga kelishi mumkin.
Tibbiyot psixologiyasida ma'lumki, inson tomonidan og‘riqqa bar-dosh berish chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jara-yonining yorqin ifodasidir. Hayot va faoliyat tajribalari ko‘rsati-shicha, shaxs og‘riqqa ko‘nika olmaydi, chunki buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap. Fiziologik me'yorlarga binoan shaxs og‘riqni sezish, idrok va tasavvur qilishning murakkab jismoniy qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og‘riqni inson har xil his qili-shi, unga bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi mum-kin, bunda individual tafovut aniq namoyon bo‘ladi. Diqqatning og‘riq sezgilariga to‘planishi tufayli og‘riq zarbi kuchayadi — bu psixofi-ziologik qonuniyatdir. Xuddi shu boisdan odam og‘riq sezgilariga tobe bo‘lib qolmasligi lozim, aks holda u bu noxush kechinma, ruhiy holat ta'sirida uzoq muddat qolib ketishi kuzatiladi. Og‘riqni bosh-dan kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur, balki mushkul sharoitlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikmasi, qiyinchilikni yengish odati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan insonlarda o‘z hissiy a'zolarini, ularning harakatlarini idora qilish uquvi mavjuddir, aksincha nozik tabiatli, ichki intizomsiz, sabr-toqati zaif, mo‘rt ruhiy kechinmali shaxslar chidamsizligini na-moyish qiladilar.
Yuqorida bildirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, to hozirgacha psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat hollarda bir irodaviy xislat qo‘shaloq atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va tashabbus-korlik, jur'at va dadillik, tirishqoqlik va qat'iyatlik, vazmin-lik va o‘zini uddalash kabilar).
Psixologiyada irodani eksperimental o‘rganishga oid qator il-miy tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularning ayrimlaridan namuna-lar keltirib o‘tamiz. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ye.I.Ignatev qo‘llangan metodikasi va uning natijalariga xayrixoxlik bildiradilar. Le-kin muallifning o‘zi uni baholashda juda ehtiyotkorlik bilan muno-sabatda bo‘ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu metodika yetarli darajada ishonchli, irodaning tormozlashi paydo bo‘lishini tadqi-qot qilishda qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan «test» sifatida foydalanish ko‘ngildagidek ko‘rsatkichlarga olib kel-masligi ehtimoldan holi emas. Ushbu metodikaning mohiyati shundan iboratki, muskulningkuchli qisqarishidan keyin o‘ziningtinch hola-tiga qaytishdagi qarshiliklarini yengish xususiyatini tajribada tek-shirishdir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo‘riqishni bartaraf etish namoyon bo‘ladi. Muallifning ta'kidlashicha, zo‘riqishdagi muskul-larning qisqarishini bir lahza to‘xtatib qolishni irodaning shart-li ko‘rsatkichi tariqasida qabul qilish mumkin, chunki mazkur jara-yonda inson o‘z tana a'zolari muskulini ongli boshqarish uquvi aks etadi. ye.I.Ignatev tadqiqotida maksimal qisilishdan keyin iro-daviy zo‘riqishni (zo‘r berishni) 5 kg ortiq bo‘lmagan og‘irlikda pa-saytirishga yo‘l beriladi, uning taxminicha, bu kattalik (og‘irlik) zo‘riqish kuchini kamaytirmaydi va zo‘r berishni vaktincha to‘xtatib qolishga ta'sirini o‘tkazmaydi. Tadqiqotchi materiallarini taxlil qilishning ko‘rsatishicha, muskul zo‘r berishi 9-17 yoshdagi sinaluv-chilarda 14 kg dan 40 kg gacha og‘irlikni tashkil qiladi, zo‘r berish-ning 5 kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 35,7 protsent-dan to 12,5 protsent mikdorlarda mujassamlashadi.
Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V.I.Makarova test o‘rnida gimnastik stoldan matga (gollandcha, inglizcha «pta1» - polga yoziladigan matoga sakrashni tanlagan, chunonchi: oldingi 180° ayla-nish bilan old tomonga, orqaga. Tajriba davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat, barmoklarni bukish qayd Qilib berilgan.
Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va baholash metod-lari o‘zlarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchi-lar o‘z faoliyatlarida harakatlarning odatiy va qiyinlashtirilgan sharoitlardagi xususiyatlari, ularning mahsuldorligi kabi hodisa-larni qayd qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. To‘plangan ma'lumot lar taxlilining ko‘rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, o‘zini o‘zi baholashda, harakatlarda, faoliyatda o‘z ifodasini topar ekan. Xuddi shu bois iroda — bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ong-li boshqarishdir.
Iroda — odamning o‘z ustidan, o‘z his-tuyg‘ulari, o‘y-fikrlari, xatti-harakatlari ustidan hukmronlik qilishidir, boshqacha aytgan-da, iroda insonning o‘z xulq-atvorini ongli ravishda boshqara oli-shi, har qanday qiyinchiliklarga qaramay, o‘z oldiga qo‘ygan maqsa-diga erisha olish qobiliyatidir. Shaxsning ichki to‘siklarni barta-raf qila bilishi uningtashqi to‘siqlarni ham muvaffaqiyatli yengi-shiga imkoniyat yaratadi. Masalan, xizmatchi yugurish musobaqalarida qatnashib, ma'lum masofaga yugurishi, yo‘lda uchraydigan suv yoki bo-shqa g‘ovlardan o‘tishi, yomon ahvoldagi yo‘lakdan yugurishi lozim. Qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib, xizmatchi mazkur qiyin-chiliklarni bartaraf etish uchun zaruriy irodaviy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bois irodaviy harakat-lar — shaxsning ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun ham ichki, ham ta-shqi to‘siqlarni yengishi bilan uzviy bog‘liq ongli xatti-harakat-lardir.
Insonning irodaviy harakatlari va bunday harakatlarga qobil-ligi mehnat hamda ijtimoiy faoliyatda, ta'lim jarayonida yuzaga kelgan. Ijtimoiy turmush sharoitlari, tobora o‘sib boruvchi turli xususiyatli ehtiyojlar odamlardan bu ehtiyojlarni qondirish maqsa-dida borliqni o‘rganish, o‘zlashtirish va uni qayta qurishga yo‘nalti-rilgan xatti-harakatlarni taqozo etgan. Hamkorlikdagi jamoaviy mehnatda odamda nerv sistemasi, xususan, uning yuksak qismi — bosh miya rivojlanib, takomillashib boradi, shu bois shaxsning psixik haeti miyaning mahsuli yoki xossasidir, shuning uchun miya faoliyati-ning buzilishi tufayli psixikada ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bosh miya po‘stlog‘idagi barcha bo‘linmalarning o‘zaro mutanosib ishlashi shaxsning me'yordagi ruhiy faoliyatini ta'minlab turadi.
Ilmiy natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, iroda faqat tashqi xatti-harakatlarda namoyon bo‘lib qolmasdan, balki insonning or-tiqcha, noto‘g‘ri harakatlarni qilmasligida ham yaqqol ko‘zga tashlana-di. Shunday qilib, irodaviy harakatlar ham qo‘zg‘alish, ham tormoz-lanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har ikkalasi bir-biriga uzluksiz ravishda ta'sir o‘tkazib turadi. I.P.Pavlovning tabi-richa, biz, normal kishilar doimiy ravishda ma'lum harakat va so‘zlar-dan o‘zimizni tiyib turamiz-ku, bu esa katta yarim sharlarning muay-yan punktlariga tormozlanish impulslari yuborish emasmi, axir.
Shuning uchun har qanday irodaviy harakatning fiziologik aso-sida bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining murakkab dinamik munosabati yotadi. Qo‘zg‘alish jarayonlari zaif, kuchsiz bo‘lsa, u holda odamda irodaviy faollik susayadi, ba'zan, hatto apatiya holati vujudga keladi. Tormozlanish jarayonlarining kuch-sizlanishi shunday ruhiy holatga olib keladiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi nazorat qilish, og‘irliklarga bardosh berish, o‘zini tuta bilish, o‘z xatti-harakatlarini tartibga solishga qurbi yetmay qoladi. De-mak, tana a'zolari (organizm) faoliyatini va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining tartibga soluvchi, idora qiluvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining sog‘lom holati va me'yorda ishlashi insonga, o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish xususiyati faqat inson zotigagina xosdir.
Ma'lumki, odamlar hayvonlardan qanchalik ko‘p uzoklasha borsa-lar, ularningtabiatgata'sir qilishlari shuncha ko‘p oldindan o‘ylash, rejali, oldindan belgilangan, ma'lum maqsadga qaratilgan ish tu-siga kira boradi. Shuning uchun jamoa bo‘lib mehnat qilish jarayoni-da odamlarda maqsadni anglash va o‘z oldiga maqsad qo‘yish, ishni bajarishdan oldin reja tuzib olish, ishga faol ravishda kirishish va keraksiz xatti-haeakatlardan o‘zini tiyish, maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengish, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish qobiliyati, uquvi, zehni o‘sa boradi. Bor-liqdagi tashqi ta'sirlar atrof-muhitning ta'sir ko‘rsatishi tufay-li odamlarda irodaviy sifatlar takomillashadi, demakki iroda tar-kib topadi. Buyuk allomalarning fikricha, tashqi dunyo kishilarda paydo qiladigan taassurotlar uning miyasida ifodalanadi, unda his-tuyg‘u, fikr, mayl, irodaviy harakatlar tarzida, «ideal intilish-lar» tarzida aks etadi. Yana bir donishmandning mulohazasicha, ki-shining intilish va xohishlari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari ob'ek-tiv dunyo tomonidan vujudga keltirilgan.
Irodaviy harakatlar inson yashab turgan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, turmush tarzi bilan belgilanadi. Jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning, shaxslararo muomalaning o‘zgarishi bilan shaxs-ning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlari ham, odamni faoliyatga undovchi motivlar ham o‘zgaradi. Mamlakatimizning fuqarolarining irodasi kelajagi buyuk davlat qurishga qaratilgandir. Respublikamiz yoshlari huquqiy demokratik, kuchli fuqaroviy jamiyat, mustaqillikni mustahkamlash g‘oyalari bilan bog‘liqbo‘lgan aniq, ham istiqbol maq-sadlarga ega. Fuqarolar o‘z oldilariga maqsadlar qo‘yar ekanlar, bu maqsadlarni qanday yo‘l va vositalar bilan amalga oshirish mum-kinligi to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘radilar, qo‘yilgan maqsadlarga eri-shishning eng ma'qul, oqilona, odilona, omilkor usullari ular to-monidan tanlab olinadi.
Shuni ta'kidlash joizki, iroda bilimlar, his-tuyg‘ular, tafak-kur kabi psixologik kategoriyalar bilan uzviy aloqada, o‘zaro bir-biriga ta'sir o‘tkazishi tufayli ijtimoiy hayotda, insonning indi-vidual turmushida shakllana boradi va takomillashadi.
Psixologiyada iroda sifatlari qatoriga maqsadga intilish, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat, qat'iylik, botirlik, intizom-lilik, sabotlilik, mustaqillik, mardlik va boshqalar kiritiladi.
Maqsadga intilish — shaxsning o‘zidagi barcha kuch-quvvatlarini oldiga qo‘ygan maqsadiga qaratish, o‘z xatti-harakatlarini ko‘zlagan maqsadiga erishish vazifasiga bo‘ysundirish, har qanday qiyinchi-lik va to‘siklarga qaramay maqsadni amalga oshirish uchun intilish qobiliyatidir.
O‘zini tuta bilish — odamning o‘z xatti-harakatlari, his-tuyg‘ula-ri, xulq-atvori kabilarni boshqara bilishda aks etuvchi iroda sifa-tidir.
Chidamlilik — maqsadga erishishda odamning ko‘pincha sovuq va issiqqa ham, ochlik-tashnalikka ham, betoblik va boshqa shu singari qiyinchiliklarga qaramay, barcha to‘siqlarni yengib, o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishga intilishda aks etuvchi ijobiy sifatdir.
Qat'iylik — shaxsning vaziyatni tezda baholab, o‘z vaqtida asosli, o‘ylangan va mustahkam qaror qabul qilishi, hyech qanday ikkilanish-siz uni bajarishga kirishishidan iborat fazilatidir.
Botirlik — odam sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavfli va murakkab sha-roitda ham biron qarorga kelishi va uni bajarishning uddasidan chiqa bilish xislatidir.
Intizomlilik — jamiyat qonunlariga, axloq normalari va qoida-lariga, milliy (umumbashariy) urf-odatlariga, ixtiyoriy hamda ong-li ravishda bo‘ysunishda ifodalanuvchi inson sifatidir.
Sabotlilik — shaxsning qabul qilgan qarorini bajarish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun, ko‘p vakt hamda muayyan qi-yinchiliklarni yengish talab etilishiga qaramay, og‘ishmay intili-shida gavdalanuvchi iroda belgisidir.
Mustaqillik — insonning o‘zicha biror qarorga kelishi va uni amalga oshirishidan, qarorni amaliyotga tatbiq etishning usul va yo‘llarini o‘zi mustaqil ravishda tanlashidan, har bir ishda o‘zining bilimlari, dunyoqarashi va e'tiqodlariga amal (rioya) qilishidan iborat iroda sifatidir.
Mardlik — oliy maqsadlarni ko‘zlab ish ko‘ruvchi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishda qat'iylik, vazminlik, sabr-matonat, chidam-lilik, bardoshlilik, mustaqillik va dadillik ko‘rsatuvchi xislatlar majmuasidir.
Odamlarda irodani o‘stirish uchun quyidagi ish-amallarni reja-lashtirish maqsadga muvofiq:
aniq va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlarni ko‘zlashga o‘rgatish yoki mashklantirish;
ilmiy dunyoqarash, barqaror e'tiqod va burch hissini shakllan-tirish;
maqsadga intilish va istakni ro‘yobga chiqarish mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
o‘z kuchiga ishonch tuyg‘usini tarkib toptirish uchun treninglar va sotstreninglarni qo‘llash;
ichki va tashqi to‘siqlarni yengishni mashq qilish, irodani tur-li vaziyatlarda ishga solish;
o‘z faoliyati mahsuliga va xulq-atvoriga baho berish bilan shu-g‘ullantirish;
sport bilan shug‘ullanish va jismoniy chiniqtirish;
kun tartibi bo‘yicha barcha harakatlarni amalga oshirish.
Ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshla-rini komil inson qilib kamol toptirish uchun ularni o‘zini o‘zi uddalashga o‘rgatishdan ish boshlamoq zarur. Shaxsning o‘z faoliyati-ni va xulq-atvorini shaxsiy xohish irodasiga bo‘ysundirish, ro‘yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, ko‘zlangan maq-sadni amalga oshirishga puxta zamin hozirlaydi, har xil xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg‘ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida mustahkam irodali, prinsi-pial, qat'iyatli, uzoqni ko‘zlovchi, teran fikrlovchi, akl-zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonuvchi haqiqiy milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy hayotda, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllantiradi. Inson-ga tug‘ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, akliy va axloqiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma'naviyat-li, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyata yetkazib bo‘lmaydi. Xuddi shu boisdan, insonning bolaligidan tortib to ijtimoiy-lashuviga qadar davr oralig‘ida o‘zini o‘zi boshqarish usullari, vosi-talari bilan tanishtirish qat'iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda, iroda inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish sifatida baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qi-yinchiliklarni yengib o‘tish tariqasida ta'riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligi-da, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo‘ladi.
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni — uning ijtimoiy xislatlarida o‘z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko‘rsatma (attityud), e'tiqodlar, ma'naviy his-tuyg‘ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligi-ning shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy ja-rayonlar, ichki, tashqi va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, inti-lish namoyon bo‘lishi orqali aniqlanadi. Shaxs uchun qiyin sharoit-larda o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati irodaviy zo‘r berishning. yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro‘yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga yo‘naltiriladi.
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining motivatsiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va ma'naviy his-tuyg‘ularda o‘z aksini topadi. Shaxslar-ning hayoti va faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular inson ijtimoiy shartlangan yo‘nalganligi va hayotiy pozitsiyasini qat'iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat hollarda inson shaxsining ijtimoiy shartlangan xusu-siyatlari uning irodaviy faolligi yo‘nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning motivatsion-irodaviy xislati hisoblanmish sobitqadamliqda o‘z ifodasini topadi. Inson shaxsi-ning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning mo-tivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Akliy faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, ya'ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko‘zga tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ix-tiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo‘r berish-ni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o‘quv faoliyatida hyech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoq-lama xususiyat kasb etadi.
Mehnat faoliyatidagi va ta'lim jarayonidagi irodaviy holatlar — bu vujudga kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish-ning usullari, inson shaxsining omilkor, oqil ichki sharoitlari-ning muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir talay hayotiy shart-sharoitlar ta'siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy faollik, qiziquvchanlik, motivatsion, mobilizatsion tayyorgar-lik, qat'iyatlilik xususiyatlari kiradi.
Mehnat va stress — emotsional zo‘riqishning keskin holati ko‘ri-nishi, shakli hisoblanib, tashqi va ichki muhitning noxush omilla-rini shaxsga favqulodda ta'sir etish natijasida vujudga keladi. Ta'limiy hamkorlik (o‘qituvchi bilan talaba hamda talabalarning o‘zaro) faoliyatidagi frustratsiya — bilish faoliyatini tashkillash-tirishning tubdan teskari tomonga yo‘naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo bo‘luvchi va bartaraf qilish qiyin to‘siqlar-ningta'siri ostida ruhan tushkunlik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, ko‘pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv (tajovuz) reaksiyalar (ja-vob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi.
Inson shaxsining irodaviy xislatlari — bu, mehnat faoliyatida-gi, ta'lim jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga hyech qanday bog‘liq bo‘lmagan odam turg‘un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik, tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va bosh-qalar kiradi. Shaxs irodasining bo‘shligi, zaifligi qaysarlik, sa-botsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni va mehnat ko‘nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik — bosh irodaviy sifat hisoblanib, u irodaviy boshqa ko‘rinishlarning taraqqiyot darajasini va yo‘nalishini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglashi, jamoatchilik hissi, yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish istagi va bularning barchasi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik - shaxs o‘z xohish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlar-ni amalga oshirish uquvidir. Mustaqil bilim olish va fikrlashda-gi mehnat faoliyatidagi qat'iyatlilik — shaxs tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda hayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchilik-larni yengish uchun kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat maqsadga erishish uchun intilish ko‘nikma-sidir.
Muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik — shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiyot va xatti-harakatni tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligi-dir. Tashkillanganlik — o‘z harakati va xulqini rejalashtirish, xu-susan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish malakasidir. Ma-tonatlilik — qo‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan holda o‘zini oqlaydigan xavf-xatarga qo‘l urish, qo‘rqinchga nisbatan yuzma-yuztura olish fazilatidir.
Ishbilarmonlik — har qanday o‘ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat'i nazar, omilkor yo‘llar qo‘llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik — o‘z e'tiqodiga qat'iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning yordamiga muh-tojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o‘quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta'limiy mashg‘ulotlar oqilona, haqqoniy ravishda, to‘g‘ri uyushtirilsa, unchali muhim bo‘lma-gan irodaviy sifatlar ham paydo bo‘lishi mumkin, chunonchi inti-zomlilik, o‘zini qo‘lga olishlik va hokazo.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin