O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə64/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god

11 - Mavzu: SHAXS


Reja:
1.Shaxs haqida tushuncha
2.Shaxsning rivojlanishi
3.Shaxsning o’zini o’zi nazorat qilishi va boshqarishi
4.Shaxsni o’rganish nazariyalari


Mashg‘ulotning maqsadi: Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlarini, individualligini, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakrorligini tushuntirib berish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: Individ, shaxs, individuallik, irsiyat, muhit, shaxs yo‘nalganligi, ekstroversiya, introversiya,

Odam dunyoga odam bulib keladi. Subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda kilinadi. Xayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanok xayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ»tushunchasida kishining nasl–nasabi xam mujassamlashgan. Yangi tugilgan chakalokni xam, katta yoshdagi odamni xam, mutaffakkirni xam, akliy zaif ovsarni xam, yovvoyi odamni xam, madaniyatli mamlakat kishisini xam individ deb xisoblash mumkin.


Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida xosil kilinadigan xamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi asosidagi shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning uzi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga uxshashligini inkor etgan bulamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir biriga uxshashligini yetakchi psixologlar – B. G. Ananyev, A. N. Leontev va boshkalar inkor etishadi.
Sotsial munosabatlar tizimini uzida mujassamlashtirgan subyekt bulish degan ma’noni anglatadi. «Individ»va «Shaxs» tushunchalarining uxshashligi emas balki birligi xakidagi fikr kuyidagicha urtaga kuyilishi mumkin bulgan savolga javob berilishini takozo kiladi: Shaxs deb xisoblanmaydigan individning mavjud bulishi yoki aksincha individning konkret soxibi sifatida undan tashkarida va usiz mavjud bulish fakti kursatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan takdirda unisi xam, bunisi xam bulishi mumkin.
Kishilik jamiyatidan tashkarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bulak xech kanday, kelib chikishi jixatidan xamisha ijtimoiy – tarixiy xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon kila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» takdirda ularni paydo bulishi uchun zarur tabiiy shart–sharoitlargagina ega buladi. Xayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini urganish bu vazifani amalga oshirishning goyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan uxshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, kadriyatlari va moxiyati orkali namoyon buladigan shaxslararo barkaror boglanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. Tashkaridan shunchaki karaganda bu subyek–subyekt munosabatidek kurinadi, chukurrok yondoshadigan bulsak bevosita subyekt–subyek alokasi shunchaki uzicha mavjud bulishidan kura kuprok allakanday obyektlar (moddiy yoki xayoliy) obyektlar vositasida namoyon bulishi aniklanadi. Bu individning boshka individga munosabati faoliyat obyekti (subyekt–obyekt–subyekt) orkali namoyon buladi, demakdir.
Aytganlarning xammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlar aro (subyekt–obyekt–subyektlararo va subyekt–subyekt–obyektlararo) munosabatlarning nisbatan barkaror tizimi subyekti sifatida anglab yetish imkonini beradi.
Xar bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning fakat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik uziga xosligini, uning boshka odamlardan farkini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga uxshash bulmagani singari, uz navbatida shaxs va individuallik xam birlikni tashkil kiladi, lekin ular bir–biriga uxshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga kuprok darajada «jalb kilingan» individual fazilatlargina shaxsning xususan uziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chikadi. Misol uchun epchillik va kat’iylik uspirinning individualligi belgilari bulgani xolda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga davogar komandaga kushilmaguncha yoki uzok joylarga turistik sayoxat paytida u tezokar va muzdek daryodan kechib utilishini ta’minlash vazifasini uz zimmasiga olmagunga kadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chikmay keldi. Aynan shu sababli xam pedagog uchun axamiyatli bulgan ukuvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib kursatish kerak. Bu esa ukuvchining dif–ferensial–psixologik xususiyatlari (xotirasi, dikkati ,temperamenti, u yoki bu kobiliyatlarining rivojlanganligi va xokazo) ni xisobga olishni, ya’ni ukuvchining uz tengdoshlaridan nimasi bilan fark kilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni kanday tashkil etish kerakligini aniklashni takozo kiladi.
Ukuvchining tafakkuri, irodasi, xotirasi, xis–tuygularining individual xislatlarini xisobga olish bilangina cheklanmasdan, balki individning jamoadagi va jamoaning esa uning shaxsidagi mavkeini aniklashga yunaltirilgan yondoshuvgina insonning sotsial boglanishlar tizimining shaxsda namoyon bulishi sifatidagi moxiyatini ilmiy anglab olishga mos keladigan shaxsiy yondoshuv tarzida talkin kilinishi mumkin.
Ukuvchining xakikiy munosabatlar tizimiga kiradigan shaxsi xamisha pedagogning dikkat markazida turishi kerak. Ukuvchining ma’naviy dunyosini boyitish esa pedagogning doimiy vazifasi bulib kolishi kerak.
Psixologiyada individuallikning kupgina xislatlari – moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajvsi, tashvishlanish va shular kabilar aniklangan. Bular jamlanib, individning uziga xosligin kursatadi. Bu psixologik xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkora yoki oshkora bulmagan xolda allakanday muxitning mavjudligini takozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muxitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, tashvishlanish va xokazolarni namoyon kiladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga karaganda keng ekanligi shubxasizdir. Shu boisdan bunga birinchi navbatda, uning individualligini kursatadigan va fakat extirosda, ichki kiyofada, kobiliyatlarda va xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi xar xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi xisoblangan faoliyat orkali ifodalanadigan individlar aro munosabatlarda uzini namoyon etishini xam kushish shart. Individual– tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlar aro munosabatlarning bilvosita ifodasi xisoblangan faoliyatning xarakteri, kadriyatlari va maksadlariga boglik tarzda jiddiy ravishda turli xil kurinishda namoyon buladi.
Individ rivojlanishining tabiiy shart-sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya bezlari tizimi, jismoniy tuzilishdagi afzalliklari va nuksonlari uning individual psixologik fazilatlari shakllanishiga jiddiy ta’sir kursatadi. Lekin biologik xususiyat kishi shaxsini tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib koladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda (psixologik jixatdan) mavjud buladi. Jumladan, miya patologiyasi individda, uning tuzilishida, uning biologik jixatlari bilan boglik, lekin shaxsiy belgilari xisoblanmish individual psixologik xislatlarni keltirib chikaradi. Ular ijtimoiy sababiyatlarga (determinatsiyaga) kura shaxsning konkret fazilatlariga aylanib kolishi xam, aylanmasligi xam mumkin.
Tabiiy, tarkibiy jixatlar va belgilar kishi shaxsining individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jixatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshkalar) fazilatlar va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustakil kichik tuzilishi sifatida bir–biriga uzidan–uzi karama–karshi kuyilishi mumkin emas. Shaxs tuzilishining uch tarkibiy kismi mavjud: 1) Shaxs tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. Shu tarika shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy kismi–uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining aloxida namoyon bulishidir.
2) Shaxs tuzilishining ikkinchi tarkibiy kismi–shaxsning shaxslar aro bushlikdagi individlararo munosabatlarda, alokalarda mavjud bulishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashkaridagi «bushlikda», «fazoda» namoyon bulishdir.
3) Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir kismi– metoindivid (individning ustki kurinishi) kichik tuzilishini xam aloxida kursatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashkariga chikarilib kolmasdan, balki uning boshka individlar bilan «shu yerda va endilikda» mavjud bulgan alokalaridan xam tashkarida joylashtiriladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy kismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: shaxsning individualligi, uning shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi xamda shaxsning uzi kelib chikishiga kura individlararo, ijtimoiy alokalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bulishidir.
Xar uchchala kichik tuzilishi birligi shaxs obru–e’tiborida namoyon buladi.
Individning shaxs darajasiga kutarilishi extiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bulib, sinfiy mazmunga egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim–tarbiya berish ishlari tugri yulga kuyilgan takdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga kutarilish extiyojining shakllanishi va kondirilishi uchun zarur barcha shart–sharoitlar tarkib topadi.
Shaxs faolligi va yunaltirilganligi. Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda namoyon buladigan ijtimoiy axamiyatga molik uzgarishlar kilish layokati shaxsning faolligi deb tushuniladi. Bu uning goyaviy prinsipialligida, uz nuktai nazarini ximoya kila olishida, suzi bilan ish birligida ifodalanadigan xayotiy pozitsiyasida kurinadi.
Xozirgi paytda garb psixologiyasida shaxsni tadkik kilish va tushunish borasida «Insonparvarlik psixologiyasi» deb atalmish– psixoanalitik (psixoanaliz) nazariyalari va karashlari (shaxsning ekzistensializm nazariyasi–«yashab kolish», «kun kurish» goyasi bilan boglik, uning tarafdorlari L. Binsvager, M. Boss, YE. Minkovski, R. Mey, V. Frankl, Dj. Bugental va boshkalar) eng nufuzli yunalishlar bulib xisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayok Venalik psixiatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) shaxs faolligi manbai va xarakterining uzicha talkinini tavsiya kilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi xayvonlardagi kabi instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shaxvoniy instinktlarga boglik emish.
Garb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiya–ning yana bir nazariy yunalishi «Insonparvarlik psixologiyasi» bir karashda psixoanaliz nazariyasiga zid bulib kurinsada aslida bir biriga yakin. Karl Rodjers (1902–1987), A. Maslou Abraxam Xarold (1908–1970), Olport Gordon (1897–1967) va boshkalar shaxs faolligining asosiy sababi kelajakka, uzligini namoyon kilishga intilishdir deb xisoblaydilar.
Dunyoni odamlarning uzlari uzgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni uzgartirishda, uni kurishda ishtirok etishga yunaltirilgan bulishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning uzi xam uzgaradi. Xozirgi zamon ilmiy–psixologiyasi kishi uz faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yunaltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan boglik bulmagan barkaror motivlar majmui kishi shaxsining yunaltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki kup darajada anglangan bulishi yoki umuman anglanilmagan bulishi xam mumkin. Shaxsning yunaltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol uynaydi.
Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maksadning uzigina emas, balki ushbu maksad axamiyatiga molik obyektda ruyobga chikishining realligi xam anglanilgan bulsa, bu xol shaxsning istikboli deb karaladi. (Perspektiva).
Istikbolni anglash kishiga tabi xiralik, uz kechinmalariga karama-karshi ruxsizlik, tushkunlik xolatini keltirib chikarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maksadiga erishishi yulida real tarzda bartaraf etib bulmaydigan deb xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tuskinlikka, govlarga duch kelgan xollarda yuz beradi. Frustratsiya shaxsning xulk atvorida va uning uzini anglashida turli xil uzgarishlarga olib keladi.
Shaxs yunaltirilganligi uning kizikishlarida, e’tikodi va dunyokarashida namoyon buladi. Kizikish – biron soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, vokelikni ancha tula va chukur aks ettirishga yordam beradigan motivdir.
Kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizm sifatida namoyon buladi. Kizikishlar mazmuniga, maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga karab belgilanadi (ijobiy yoki salbiy). Kizikishlar–shaxs faoliyatini asoslashning birdan bir emas, lekin muxim shartidir. Xulk atvorning muxim motivlaridan biri e’tikoddir. E’tikod–shaxsni uz karashlariga, prinsiplariga, dunyo–karashiga muvofik tarzda ish kurishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. Bu bilimlar nuktai nazarlarning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini (falsafiy, estetik, axlokiy, tabiiy-ilmiy) tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi sifatida talkin kilinishi mumkin. Dunyokarash sinfiy xarakterga ega.
Psixologiyada shaxsning yul–yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi mumkin bulgan faolitga tayyorligining, moyilligining uzi tomonidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Buni N. D. Uznadze ustanovka deb atagan.
Psixologik tadkikotlar yul – yurikning tuzilishi uchta tarkibiy kismdan iboratligini kursatdi. Bular kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bulgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish, yul–yurik obyektiga nisbatan xayrixoxlik va xush kurmaslik xislatlari kompleksidan iborat bulgan – xissiy baxolash kichik tuzilishi, yul–yurik obyektiga nisbatan irodaviy kuch– gayratni safarbar etishga shaylikdan iborat bulgan xulk atvor kichik tuzilishdir.
Shaxsning uzini anglashi, «MEN» siymosi. Kishi uz moxiyati–ga kura ijtimoiy xisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda xarakat kilgan va munosabatda bulgan xolda uzini atrof muxitdan aloxida ajratib kursatadi, uzining jismoniy va psixologik xolati, xarakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida aks etadi. Uzi uchun «boshkalarga» karshi turgan va ayni chogda ular bilan boglik bulgan «MEN» sifatida namoyon buladi. 2–3 yoshli bolalardayok «MEN» siymosi shakllana boshlaydi.( «Seniki emas – meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon).
Katta yoshdagilarda uz xususiy «MEN»siymosi kat’iy shakllanadi. («MEN–siymo», «MEN–konsepsiya»). «MEN» siymosi – individning uzi xakidagi nisbatan barkaror, kuprok yoki ozrok darajada anglanilmagan, betakror deb xis kilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshkalar bilan uzaro birgalikda xarakat kilishda ana shunga asoslanadi.
Xar kanday yul–yurik kabi «MEN» siymosi uchta komponentni uz ichiga oladi: birinchisi – kognitiv tarkibiy kism; ikkinchisi – xissiy-baxolash tarkibiy kism; uchinchisi – xulk–atvor–irodaviy tarkibiy kism.
«MEN» siymosi – ijtimoiy munosabatlarning xam shart–sharoiti va xam okibatidir. «MEN» siymosi xosil bulishining yana bir kurinishi «xayoliy MEN» dan iboratdir. Agar iloji bulsa, orzu kilingan darajaga yetish, umuman uzining tasavvur kilganidek bulib kolish istagida ekanligini aytib kuyish kerak. «MEN»ning bu xildagi siymosi ayniksa uspirinlik davrida juda katta axamiyatga ega.
Uziga uzi baxo berish – shaxsning uzi tomonidan uziga, uz imokniyatlariga, boshkalar orasidagi fazilatlariga va uz urniga baxo berilishidir. Bu shaxsning uzini anglab yetishini psixologiyada ancha muxim va eng kup urganilgan jixati xisoblanadi. Uziga uzi baxo berish orkali shaxsning xulk – atvori tugrilanib, tartibga solib turiladi.
Psixologiyada kishining uziga uzi beradigan baxoni, uning mikdoriy va sifat tarifini aniklashning bir kator eksperimental metodlari mavjud. (Uz–uzini tekshirish testlari, uz–uzini kuzatish, kundalik yuritish).
Uchta kursatgich – uziga uzi baxo berish, kutilgan baxo, guruxning shaxsga bergan baxosi – shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xoxlaydimi yukmi, u uzining guruxdagi kayfiyatini, uzi erishgan natijalarini muvaffakiyatli yoki muvaffakiyatsiz ekanligini uziga va tevarak atrofdagilarning unga nisbatan nuktai nazarlarini belgilaydigan subektiv vositalarni xisobga olishga majburdir.
Anglashilmaganlik – bu nazorat kilinmaslik degani emas. Axamiyatga molik baxo shaxs kamolotiga ta’sir kursatadi. Uziga uzi baxo berish shaxs intilishlari darajasi bilan chambarschas boglikdir.
Shaxs kishining konkret–tarixiy xayot kechirishi sharoitlarida, faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxs shakllanishi jarayoni guruxlarda va jamoada amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga xam boglikdir.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o‘ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni odamning o‘zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qan-day maqsad ko‘zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon bo‘ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‘nik-malarida ko‘zga tashlanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‘z istiqbo-li uchun yo‘l-yo‘riqtanlashda, uni o‘zlashtirishda, hayotda o‘z mavqei va o‘rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo‘zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatdaturli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o‘zaro hech bir o‘xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‘ravon» bola o‘z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‘zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo‘shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida kelti-rilgan masalalardan bitta odamning o‘zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo‘lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o‘z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o‘zaro hamohang tarzda o‘ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri-ga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri bo‘lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko‘rsatkichi uningturli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o‘zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatningturli guruhlarida odamlarning o‘z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo‘lmasin, tur-mushdagi mavqei ko‘p ma’no, ko‘p qirrali xususiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to‘la mos keladigan haqiqiy tavsif be-rish imkoniyati saklanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o‘ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining indivi-dualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, bal-ki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni^o‘zlashtirishga nis-batan munosabatini o‘rganish orqali beriladi. O‘zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg‘or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko‘rsatilishicha, shaxsning psixo-logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe-rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy qobiliyatlari, is-te’doddarajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-hida odamda betakror, barqaror, turg‘un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida gsh.xsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi to‘g‘risidagi fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruxlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o‘z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o‘zgarishi, yoshni ulg‘ayib borishi ham shaxsning psi-xologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan daraja-da barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‘unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisining doimiyligi bilan uzviy bog‘liqdir. Biroqbiz qayd qilib o‘tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o‘zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o‘rganilgan. Bu o‘zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo‘luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o‘zgaruvchan xusu-siyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligidan, yatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o‘zaro hech bir o‘xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‘ravon» bola o‘z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‘zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo‘shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida kelti-rilgan masalalardan bitta odamning o‘zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo‘lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o‘z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o‘zaro hamohang tarzda o‘ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri-ga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri bo‘lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va .shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko‘rsatkichi uningturli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o‘zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisob-lanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‘z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo‘lmasin, tur-mushdagi mavqei ko‘p ma’no, ko‘p qirrali xususiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to‘la mos keladigan haqiqiy tavsif be-rish imkoniyati saklanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o‘ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining indivi-dualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, bal-ki uningishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga nis-batan munosabatini o‘rganish orqali beriladi. O‘zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg‘or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko‘rsatilishicha, shaxsning psixo-logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe-rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, is-te’doddarajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-hida odamda betakror, barqaror, turg‘un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida shPsixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o‘z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o‘zgarishi, yoshni ulg‘ayib borishi ham shaxsning psi-xologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan daraja-da barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‘unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisining doimiyligi bilan uzviy bog‘liqdir. Biroqbiz qayd qilib o‘tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o‘zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o‘rganilgan. Bu o‘zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo‘luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o‘zgaruvchan xusu-siyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligidan, tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda, shaxsni psi-xologik jihatdan o‘rganish o‘z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammo-ni qamrab oladi.
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xo-tiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy ke-chinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashti-rib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlana-di. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, qo‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsa-tadilar.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning di-namikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holat-larga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi turiga taalluqli bo‘lishidan qat'i na-zar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat'iy, qizi-quvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyush-qoqlik, harakat sur'ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd muno-sabatni bildirsa, ish sur'ati sekin va sust kechadi. Har qanday va-ziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shu-ningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a'zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo‘zaradi, atrof-muhitga nis-batan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holat-lar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha belgilar kiriti-ladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psiindividual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizi-mi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, ep-chil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.
Yirik rus psixologlaridan biri B. M. Teplov (1896—1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I. P. Pavlovning tadqiqotlari-ni davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziolo-gik jarayonlarning nozik qirralarini o‘rganishda maxsus moslama-lar yordami bilan o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natija-larni (omillarini) matematik statistika metodlari orqali hiso-lashni tatbiq etdilar. B. M. Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba'zi bir individual xususiyatlari o‘zaro uyg‘unlikka egadir. Ularningta'biricha, o‘zaro bog‘liq indivi-dual xususiyatlar tizimi asab tizimining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o‘zaro bog‘langan xususiyatlar, birinchidan, shartli qo‘zg‘ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat'i nazar, shartli reflekslar so‘nishi darajasiga, ikkinchidan, qo‘zg‘ovchilar-ning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaksiyaning hajmi orasi-dagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo‘zg‘ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo‘zg‘ovchini ijobiy (salbiy) ta'sir o‘tkazish darajasiga, to‘rtinchidan, boshqa ko‘rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo‘zg‘alish jara-yonlarining kuchiga bog‘liqdir. Ma'lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanishning (to‘xtalishning) kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taallukdi shartli reflektor faoliyatining in-dividual xususiyatlari turkumlari shunga o‘xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Shuningdek, B. M. Teplov ilmiy maktabining na-moyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslar-ning hosil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta'birlab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish xususiyati dina-minlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayo-nining to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik, ya'ni lotincha 1a'1a115 - beqa-rorlik deb ataganlar. Shuning bilan birga asab tizimining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari suril-gan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B. M. Teplov ilmiy maktabi I. P. Pavlov tadqiqotlarida aniq-langan asab tizimining xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariya va tax-minlar muayyan darajada kengaytirilgan hamdatemperamentningtub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shun-day chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomo-nidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va fizikaviy mo-hiyati to hanuzgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Xuddi shu bois, asab tizimining xususiyati to‘g‘risidagi ilmiy mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlar turkumiga taallukli umumiy sabablar bo‘yi-cha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.
Nerv tizimi xususiyatlari bilan temperamentning bog‘liqligi aksariyat hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin. Jumladan, negizida asab tizimining faraz qilingan fi-ziologik xususiyati yotgan shartli reflektor faoliyatining o‘zaro bog‘-liq individual xususiyatlarning muayyan turkumi shaxsda qanchalik ko‘p mujassamlashsa, temperamentning unga mutanosib xususiyati xuddi shu darajada namoyon yoki aks holatda shuncha kam ifodalanishi kuza-tiladi: 1) insonda shartli refleks shakllangan bo‘lsa-da, lekin u tez so‘na boshlasa; 2) tashqi qo‘zg‘ovchi shartli refleksda kuchli tormozla-nishni vujudga keltirsa; 3) shaxs kuchsiz qo‘zg‘ovchilarga kuchli qo‘zg‘ov-chilar singari shiddat bilan reaksiya qaytarsa; 4) odam kuchsiz qo‘zg‘a-lish jarayoni bilan uyg‘unlashgan xususiyatlarni aniqlasa; 5) inson-da kuchli emotsional qo‘zg‘alishi hamda diqqatning chalg‘ishi yuzaga ke-ladi.

Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari. Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi toʻgʻrisida xilma-xil nazariyalar yaratilgan boʻlib, tadqiqotchilar inson shaxsini oʻrganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda oʻziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol koʻrish imkoniyatini beradi.















Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan boʻlib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan oʻzaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.

Taraqqiyot jarayonining oʻzi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol oʻynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, biologik qonunga koʻra shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan gʻoya edi.

Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan boʻlmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qoʻzgʻaluvchi, his-tuygʻusi oʻta barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuygʻusi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga koʻchirishga harakat qiladi, natijada oʻsmirlarda sikloid xususiyatlari (oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk oʻspirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) boʻladi degan xulosa chiqaradi.

Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish koʻradilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari oʻzaro oʻrin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.

Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol koʻrinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bogʻliqdir.

Biologik nazariyaga qarama-qarshi boʻlgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda roʻy beradigan oʻzgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan oʻzaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga koʻra inson biologik tur sifatida tugʻilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.

Gʻarbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat oʻzining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart boʻlgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida oʻzgalar bilan munosabat muloqot oʻrnatishda sezilarli iz qoldiradi.

AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil oʻzlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati koʻpincha koʻnikmalarni egallash, bilimlarni oʻzlashtirishdan iborat boʻlib, uning samarasi qoʻzgʻatuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi.

K.Levin tomonidan tavsiya qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (oʻz davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga koʻra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini oʻtovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining koʻlami va tayanch nuqtasiga yoʻnaltirilgan boʻladi.

Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud boʻlib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yoʻnalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri oʻz mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan oʻzaro tafovutlanadi.

Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari boʻlishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi oʻziga xos betakror xususiyatga egaligini ta’kidlaydi.

Kognitiv yoʻnalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan boʻlib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta’limotini oʻz ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, koʻnikish) dan iborat boʻlib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.

Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida oʻz aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shu?ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning oʻziga xosligi boʻyicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan soʻng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yoʻnalishlarini koʻrsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga koʻra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning

ijtimoiylashuv xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.

Shunday qilib, jahon va hamdoʻstlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega boʻlgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa boʻlib, xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng koʻlamda qoʻllaniladi.

Shaxsning malaka va odatlari hamda shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili.

Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil boʻladi (yozish, oʻqish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni koʻzlab biror nima bajarish malakaga bogʻliqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab boʻlishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, oʻtin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham boʻladi. Odat kishi qalbiga oʻrnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir.

Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy boʻladi. Salbiy odatlarga yolgʻon gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning

hosil boʻlish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga oʻrganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil boʻladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bogʻliq boʻladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta’sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi.

Masalan, chet tillaridan birortasini oʻrgangan odam boshqa bir chet tilini oʻrganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta’sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga oʻtsa qiynaladi. Shaxs shugʻullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shugʻullanmasa malakalar soʻnishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalarning hosil boʻlish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bogʻliq, masalan tilga 4-5 yoshda tez oʻrganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez oʻrganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bogʻliq, asab tizimiga bogʻliq boʻladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin

hosil boʻladi.

Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlarni keltirib oʻtish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub’ektdir", L.I.Bojovich esa "odam oʻzini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo boʻladi" deb ta’kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar koʻz oʻngida va oʻz koʻz oʻngida qoladi".

Mazkur fikrlardan koʻrinadiki, shaxs oʻzini-oʻzi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti, oʻzini-oʻzi anglash imkoniyatiga ega boʻlgan ongli mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta’sirida kamolga etadi.

Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili. Shaxsning tuzilishi toʻgʻrisidagi muammo oʻzining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari

fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.

Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish boʻyicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat boʻlib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki koʻrinishi boʻlib, uning qaqchilligi koʻpgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga koʻra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi oʻzaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.

Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon boʻladi. Ular shaxsning tuzilishiga koʻra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega boʻlib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.

Mulohazadan koʻrinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.

B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:

-Umuminsoniy psixologik xususiyatlar

-Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy oʻziga xos

xususiyatlar.

-Shaxsning individual betakror xususiyatlari.

Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan koʻpgina yondashuvlari ham yuksak koʻrsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin oʻzgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspoʻshlashi ijobiy izlanish tarzida oʻziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta’riflanadi.

AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", oʻzida oldindan maqsad va dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil oʻrnini psixologik talqin egallaydi.

Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub’ektiv dunyosini uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.

Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bogʻliqdir. Mazkur konsepsiyalar koʻp yoki oz miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan boʻlib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma’nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham

individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi oʻzaro aloqalari tavsiflanmay qolgan.

K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uygʻotadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari boʻlib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :

1.Shaxsning axloqiy munosabatga yoʻnalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bogʻliq boʻlmay, tarbiyaviy yoʻl bilan shakllantiriladi.

2.Tajriba osttuzilishi, unga ta’limiy yoʻl bilan egallagan bilimlar, malakalar, koʻnikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan ta’siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bogʻliq boʻladi.

3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba’zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta’siri aniqroq koʻzga tashlanadi.

4.Biologik shartlangan osttuzilish boʻlib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik oʻzgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.

K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi" tushunchalarini sinonim sifatida qoʻllanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy jabhalari emas, balki funksional tomonlarining oʻzaro ta’siri toʻgʻrisida toʻxtalish muhimdir".

V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning xislatidir, ularning har biri muayyan yoʻnalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan boʻlib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin boʻyicha insonning oʻz-oʻziga, oʻzgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni oʻzida birlashtiruvchi shaxs xususiyat-larining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi "simptokomleks" - ni tushuniladi. Tadqiqotchi N.I.Raynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim:

1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;

2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;

3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon boʻlishining jadalligi, jiddiyligi va zoʻriqishi va boshqalar

N.I.Raynvaldning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch oʻlchovli (mezonli) tasnifi aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.

N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) koʻp qollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki bilan bogʻliq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik" blok yotadi.

Aql, hissiyot, iroda va ularni roʻyobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning oʻziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi ob’ektiv omillar asosida yuzaga kelishi koʻrsatib oʻtilgan.



Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.

2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.

3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.

4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.

5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god


12 – MAVZU: MULOQOT PSIXOLOGIYASI



Reja:
1.Muloqot va nutq haqida tushuncha
2.Muloqot turlari, tomonlari
3.Muloqotning ijtimoiy va psixologik jihatlari
4.Nizo haqida tushuncha
5.Nizo turlari

Muloqot haqida tushuncha

Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini oʻzlashtirish va oʻz individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va oʻzining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog Ye.Melibruda quyidagilarni ta’kidlaydi: "Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir".

Muloqot oʻta murakkab jarayon boʻlganligi sababli unga yagona toʻgʻri ta’rifni berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urgʻu berish orqali ta’riflanadi. A) muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa oʻrnatish va uni rivojlantirish jarayoni. B) muloqot - sub’ektlarning belgilar tizimi orqali oʻzaro ta’sirlanishuvi.

A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar oʻrtasidagi axborot ayriboshlash, oʻzaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida e’tirof etiladi.

M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan "Umumiy psixologiya" oʻquv qoʻllanmasida muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish boʻyicha ma’lumot almashinishidan iborat boʻlgan oʻzaro ta’sir etishdir"- deb ta’kidlanadi.

M.G.Davletshin rahbarligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lugʻatida muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: muloqot- ikki yoki undan ortiq odamlarning oʻzaro bir-biriga ta’sir etishidir.

Yuqoridagi ta’riflarga muvofiq muloqotga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: muloqot - kamida ikki kishining oʻzaro ta’sir jarayoni boʻlib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat oʻrnatiladi, rivojlantiriladi.

Muloqot tushunchasini kommunikasiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikasiya-tirik va oʻlik tabiatdagi tizimlar oʻrtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar oʻrtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi kommunikasiyaga misol boʻladi. Muloqot faqat insonlar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda boʻlish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va

madaniyatni egallab boradi. Yangi tugʻilgan inson boshqalar bilan muloqotda boʻlish imkoniyatidan mahrum boʻlsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u oʻz psixik taraqqiyoti boʻyicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi.

Muloqotsiz insoniyat jamiyati boʻlishi mumkin emas. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi. hamkorlikdagi faoliyat rejasini tuzish va uni ruyobga chiqarish uchun individlar oʻrtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar oʻrtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat oʻzaro chambarchas bogʻliqdir.

Muloqot inson hayotida qanchalik yuksak ahamiyatga ega ekanligini quyidagi misollarda yaqqol koʻrishimiz mumkin:

1-misol 1938 yil Richard Bard oʻz hohishi bilan Antarktida muzliklarida 6 oy tanho qoladi. Bir tomondan u tajriba natijalariga qiziqsa, ikkinchi tomondan kundalik hayotning gʻala-gʻovuridan biroz dam olishni istagan edi. Keyinchalik u mazkur davrni quyidagi soʻzlar bilan eslaydi "Bu yerdagi hayotim davomida bora-bora har bir harakatim har bir ishim tobora mazmunsiz, mantiqsiz, maqsadsiz boʻlib borayotganday edi. Xavf xatarlardan qoʻrqmaydigan odam boʻlsam-da, negadir bu yerda tomning bosib qolishidan xavfsiray boshladim. Ovqatlanishimda muntazamlik yoʻqoldi, yuvinmay qoʻydim".

2-misol. Tarixda yaponlarda "Moritao" nomli insonning oʻzini-oʻzi takomillashtirish tizimi mavjud boʻlgan. Vaholanki, inson hech qanday jismoniy azoblarga duchor boʻlmaydi. Faqatgina bir haftaga gʻorga kirib ketib, u yerda tanho qoladi. Bu yerda u hatto oʻzi bilan gaplashishi mumkin boʻlmagan. Sinovdan oʻtganlar keyinchalik har qanday uchrashuv va suhbatni xursandchilik bilan qarshi

oladilar. Qizigʻi shundaki, ularda koʻproq gapirish ehtiyoji emas, balki tinglash ehtiyoji kuchayar ekan.

3-misol. Bir paytlarda Amerikada barcha tamaddixonalarni avtomatlashtirish avj olgan edi. Ammo koʻp oʻtmay ularning egalari kasodga uchray boshladi. Ma’lum boʻlishicha, bu yerga odamlar nafaqat tammadi qilish, balki suhbatdosh topish uchun ham kelganlar.

Bundan koʻrinadiki, insonlar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar va uni qondirishga harakat qiladilar.

Muloqot jarayonida muloqot funksiyalari ham muhim rol oʻynaydi. Muloqot funksiyalari deganda muloqotning inson hayotida bajaradigan funksiyalari tushuniladi. Muloqot funksiyalari xilma-xil boʻlib, eng keng tarqalgan tasnifga koʻra, ya’ni B.F.Lomov tomonidan taklif qilingan boʻlib, u quyidagilardan iborat.

-Informasion-kommunikativ funksiya - axborot almashinuvini ta’min-lash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal va noverbal kommunikasiya farqlanadi.

-Regulyasion-kommunikativ funksiyasi suhbatdoshlar xulq-atvorining regulyasiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Individlar muloqot jarayonida verbal yoʻllar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir oʻtkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullash-tiruvchi va korreksiyalovchi tarzida ta’sir koʻrsatishi mumkin.

-Affektiv-kommunikativ funksiya inson emosional sohasining regulyasiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emosional holatlarining eng muhim determinasiyasidir. Chunki turli tuman emosional holatlar muloqot jarayonida paydo boʻladi va oʻzgaradi.

L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga koʻra, muloqotning quyidagi vazifalari ajratib koʻrsatiladi.

-Aloqa oʻrnatish vazifasi - suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;

-Informasion vazifa - suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalarni almashish;

-Faoliyatga undash - suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimul-lashtirish;

-Koordinasion vazifa - suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish;

-Tushunishni ta’minlash vazifasi - suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish;

-Amotiv vazifasi - suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uygʻotish hamda ularni oʻzgartirish;

-Munosabat oʻrnatish - munosabatlar tizimidagi shaxsiy oʻrnini, mavqeini aniqlash;

-Ta’sir koʻrsatish - suhbatdoshning xulq-atvori shaxsiy xususiyatlari maqsadlari va ustanovkalarini oʻzgartirish.


Muloqotning kommunikativ tomoni

Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, oʻy-xayollar, his kechinmalar bilan oʻrtoqlashadilar. Bunda oʻy-fikrlar, his-kechin-malarni axborot sifatida, kommunikasiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki insonlararo kommunikasiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllantiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblashi mumkin emas. Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni tahlil qiladilar); ikkinchidan muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta’sir oʻtkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuboryotgan odam) va resipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashtirish tizimiga ega boʻlishi kerak, toʻrtinchidan muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikasiyaga xos toʻsiqlar vujudga kelishi mumkin.

Kommunikativ jarayonda qoʻllaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular verbal kommunikasiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bogʻliq boʻlmaydigan belgilar orqali) kommunikasiyadir.

Verbal kommunikasiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qoʻllaniladi. Nutq - inson tomonidan qoʻllaniladigan tovush signallari yoki yozma belgilardan iborat boʻlib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. U jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til soʻz belgilari tizimi boʻlib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli boʻlib yuzaga keladi.

Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar oʻrtasidagi kommunikasiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini toʻgʻri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega boʻlishi kerak. Til soʻz belgilari yigʻindisidan iboratdir. Soʻzning ma’nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir aloqida odamning harakatlari va faoliyatlarini boshqa odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi.

Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola oʻz faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida soʻz belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday boʻladi, oʻquvchi olam haqida barcha bilimlarni oʻqituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya’ni til yordamida oʻzlashtiradi. Bu yerda til oʻzining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va oʻzlashtirish vositasi tarzida namoyon boʻladi.

Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini koʻpincha ijtimoiy qiymatga ega boʻlmagan oʻzga kishilarning bevosita tajribalarini belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yoʻl olaman. Yoʻlda oʻrtogʻim uchrab menga: "oshxona yopilgan", deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon joʻnayman. Bu yerda til oʻzining boshqa muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikasiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon boʻladi. Natijada har qanday kommunikasiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta’sir qilishdan iboratdir.

Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning "shaxsiy" oʻz individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning oʻziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli oʻlaroq, oʻz harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga toʻqnash keldik. Soʻz belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.

Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani oʻzlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikasiya oʻrnatish, oʻz harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining oʻzidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. Soʻzlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa boʻlinadi. Tashqi nutq - yozma va ogʻzaki nutqqa, ogʻzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa boʻlinadi. Monolog - bir kishining oʻziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu oʻqituvchining bayoni, oʻquvchining toʻlaroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berishi kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda oʻqituvchilar oʻquvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar oʻrtasidagi nutq - dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr koʻp jihatdan undan oldingi fikrga bogʻliq boʻladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum boʻlgan ayrim soʻzlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli boʻlmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolingan soʻz birikmasi koʻp uchraydi (gʻoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon boʻladi. Biz soʻzni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim ogʻzaki nutq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq boʻlgan ogʻzaki nutqdan ilgariroq sodir boʻlishi mumkin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri boʻlib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.

Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidagilarni tasavvur etish mumkin

Kommunikator adresant

Muloqot sub’ekti sifatidagi omil namoyon bo’ladi.

Resepient aderesat

Bu ma’lumot kimga uzatilmoqda

Ma’lumot

Nima uzatilmoqda

Kod

Qanday vositalar asosida

Maqsad

Nima uchun uzatilmoqda

Aloqa kanali

Ovoz, xat, efir orqali aloqa

Natija

Nimaga erishildi.

Shuningdek amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat boʻlgan kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi.

-Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda)

-Nima (qanday axborot uzatilmoqda)

-Qanday (axborot qanday yoʻl bilan uzatilmoqda)

-Kimga (axborot kimga yoʻnaltirilmoqda)

-Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi)

Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga yoʻnaltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipientlarga yoʻnaltiriladi) xarakterda boʻlishi mumkin.

Kommunikativ jarayonda oʻzaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo boʻladi, ya’ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik koʻrsatiladi.

Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi "Muloqot - shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi", deb yozgan edi.

Soʻzning mohiyati haqida Sa’diy "Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik buni bir soʻz aytmaguncha bila olmaymiz" degan edi.

Xalqimizda shunday ibratli ibora bor "inson aql farosati uning nutqining aniqligida namoyon boʻladi".

Noverbal kommunikasiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), koʻz yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikasiya - soʻzni toʻldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning oʻrnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yoʻq degani, ruslarniki teskarisi boʻladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikasiya vositasi turlicha boʻladi. Masalan, bolalar koʻpincha kattalarga ta’sir etish, ularga oʻz qoqish va kayfiyatlarini oʻtkazishda yigʻidan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni soʻz bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.

Noverbal kommunikasiyaga belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qoʻl harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qoʻl, oyoq, tana harakatlari) kiradi.

Jestlar - insonning qoʻl harakatlari boʻlib, u orqali insonning ichki holati, biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yoʻnalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar oʻz muloqotlarini jestlarsiz tavsavvur eta olmaydilar. Oʻzbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, noverbal kommunikasiya ogʻzaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi.

Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi boʻlib, u orqali insonning oʻylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon boʻladi.

Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kundalik muloqot jarayonida soʻzlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi.

Publisiy aytganidek, biz "Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz". Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini koʻrib chiqaylik.

Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi - bu lokalizasiya tizimi boʻlib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yoʻtal, yigʻi, kulgu, nutq tempida namoyon boʻladi.

Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi stollar joylashishi muloqot uchun juda no?ulaydir. Ayniqsa, seminar mashgʻulotlari jarayonida oʻqituvchi, ma’ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar.

Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni "T" shaklida joylashgan stol stullarda oʻtkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir.

Vizual muloqotda "koʻz kontakti" belgilar tizimi ham qoʻllaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.

Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma’lum bir ma’lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo boʻlgan. Uni ayollar yaratishgan. Oʻz yuzlarini ochish imkoniyatiga ega boʻlmagan ayollar oʻz hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assosiasiya sifatida paydo boʻlgan belgilar qat’iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sogʻinch, yolgʻizlik, gnasint qunchalarining soni uchrashuv kunini, qoʻngʻiroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi.

XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, soʻng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning koʻp davlatlarida siyoh rang doʻstlik, hashamatlilik, toʻkinlik ramzi boʻlsa, Yaponiyada-ham ogʻriq belgisi boʻlgan. Har qaysi rang ma’lum holat, kayfiyat ma’nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti - yoshlik, sariq - baxt, quyosh, toʻy, xursandchilik, yashil - tinchlik, xotirjamlik, koʻk - ishonch, vafo, qora - tantanavorlik, qaygʻu, oq - poklik, begʻuborlik ramzi sifatida tushuniladi.


Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o’rni


Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga oʻz oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qoʻyadi.

Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo oʻzaro ta’siri sifatida namoyon boʻladi, ya’ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo boʻluvchi aloqa va oʻzaro ta’sirlar yigʻindisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida roʻy beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar koʻlami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning "repertuar"iga mos holda namoyon boʻladi. Psixologiyada "rol" deganda ijtimoiy (sosial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilardan kutadigan, normativ tomonidan ma’qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, oʻqituvchi va oʻquvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon boʻlishi mumkin). Oʻz navbatida har bir rol oʻziga mos talablarga javob berishi kerak.

Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal boʻlsa shifokor koʻrsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondoʻst oila boshliqi boʻladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning oʻzaro munosabati rol kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yoʻqmi atrofdagilar undan ma’lum namunaga mos keluvchi xulq-atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa, ijtimoiy nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-koʻpmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti oʻzaro ta’sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq-atvor namunasini qoʻllanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani koʻrishga tayyor ekanligini toʻgʻri, aniq, xatosiz koʻchira olish qobiliyati takt deb ataladi.

Ma’lumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik jarayon oʻqituvchi va oʻquvchilarning uyushgan faoliyatlari asosida tuzilgan. Shu bois oʻqituvchi pedagogik jarayonni oʻquvchilar jamoasidan tashkil topganligini unutmasligi har bir oʻquvchi shaxsini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Oʻquvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga boʻlsada yoʻqolishi, ogʻir oqibatlarni vujudga keltiradi.

Muloqotning interaktiv tomoni deganda, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir oʻtkazishi tushuniladi. Kommunikasiya orqali odamlar birgalikdagi faoliyatni tashkil etadilar. Umumiy faoliyatda ishtirok etar ekan, odamlar bir-birlariga ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun oʻzaro ta’sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi.

Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud.

-Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning oʻziga tegishli qismini bajarishi (masalan shanbalikdagi ish)

-Umumiy vazifani bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (masalan konveyerdagi ish)

-Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning oʻzida umumiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlishi (masalan, futbol jamoasidagi ish).

Odatda muloqot jarayonidagi oʻzaro ta’sirning ikki xil turi ajratiladi.

a) kooperasiyaga asoslangan oʻzaro ta’sir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarinng umumiy maqsad yoʻlida oʻz kuchlarini birlashtirishdan iborat. Kooperasiyalarning bir necha turi farqlanadi.

avtomatik (instinktiv- biologik darajada mavjud boʻladi),

avtomatik (tarkib topgan ijtimoiy me’yorlar bilan an’ana va urfodatlar bilan

taqozolangan boʻladi)

spontan (doʻstlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan taqozolangan boʻladi)

direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud boʻladi)

shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar bilan taqazolangan boʻladi).

koorperasiya- birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementi.

b)Raqobatga asoslangan oʻzaro ta’sir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun oʻzaro kurash sharoitida bir-biriga ta’sir koʻrsatishdan iborat. Bunday oʻzaro ta’sirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori boʻladi. Shunday boʻlsa-da u koopersiya bilan ma’lum darajada bogʻliqdir. Chunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar oʻrnatilishi talab etiladi. Aks holda oʻzaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin. Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Nizo - muloqot ishtirokchilarining har biri muhim boʻlgan muammoni hal etish vaqtida ular oʻrtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.

Muloqot jarayonida nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi.

a) Destruktiv nizo. Uning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

-shaxsiy xususiyatlarni bir-biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi;

-munosabatlarning buzilishiga olib keladi;

-ishtirokchilar soni ortib boradi;

-qarama-qarshi tomonga nisbatan negativ baholar kuchayib boradi;

-nizo jarayonidagi ob’ektning shaxsga koʻchishi oson yuz beradi.

b) Produktiv nizoning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

-nuqtai - nazarlarning bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi;

-muammoni kengroq qarshi olishga olib keladi;

-optimal yechimning topilishiga yordam beradi;

-shaxsga koʻchirilmaydi.

Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi

Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli roʻy berishi koʻp jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bogʻliq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini oʻrganish zaruratini vujudga keltiradi.

Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi boʻlib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.

Insonning inson tomonidan idrok etilishi "ijtimoiy persepsiya" deyiladi. Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan boʻlib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama boshqacharoq ma’noga ega boʻlib, u ijtimoiy ob’ektlarni, ya’ni odamlar ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.

Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin:

A.oʻz guruhiga munosib individni;

B.boshqa guruhga mansub individni;

C. oʻzining guruhini;

D. oʻzga guruhni.

Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin:

A.oʻz individini;

B.oʻzga guruh individini;

C.oʻzini;

D.oʻzga guruhni.

Rus psixologi A.A.Bodalev "insonni inson tomonidan idrok etilishiga" sinonim ravishda "insonning boshqa insonni bilishi" iborasini qoʻllaydi. Inson jamiyat a’zosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida namoyon boʻladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, "biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab uni oʻqiymiz". Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs

ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.

"Boshqa odamni bila turib, oʻrganayotgan individning oʻzi ham shakllanadi"- deb yozadi L.S.Vigotskiy.

Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan boʻlishi lozim boʻlib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. Demakki oʻzaro idrok jarayonida ikkala tomon bir-birlarining ehtiyojlari, motivlari va yoʻnalishlarini bilishlari va oʻzlarini qarama-qarshi tomon oʻrniga gʻoʻya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi:

A.identifikasiya;

B.refleksiya;

C.stereotipizasiya.

D.empatiya

Identifikasiya (lotincha tenglashtirish) -u kishiga tenglashtirish, baravarlash ma’nosini anglatib, insonning oʻzini xayolan suhbatdoshi oʻrniga qoʻyish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.

Refleksiya (lotincha aks ettirish) - insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Kishini kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga oʻxshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga oʻzini ham aks ettiradi, agar kishi oʻzi muloqotga kirishadigan kishilar haqida toʻliq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega boʻlsa, ular bilan bexato aniqlikda oʻzaro ta’sir oʻrnatishi mumkin. Biroq sub’ekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti-harakatining sabablarini oʻylab chiqishga majbur boʻladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuygʻular, intilish va fikrlashning oʻylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi. Oʻqituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyin-lashtiradi.

Stereotipizasiya - grekcha oʻzgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yoʻlida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizasiya ma’lum yoki taxminan ma’lum boʻlgan voqealarni tiklash, nisbat berish yoʻli bilan xulk normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida notoʻgʻri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. Soʻralgan 72 kishining 9 tasi agar insonning yuz tuzilishi kvadrat koʻrinishiga ega boʻlganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, boʻysunmas xarakterga ega. 5 kishi boʻyi oʻrtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki oʻzini yaxshi koʻradigan kishilar boʻladi deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim oʻrin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot bunga yaqqol misol boʻla oladi. 400 ta oʻqituvchilarni baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta’riflash soʻralgan edi. Afsuski baholarning sub’ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bogʻliqdir.

Empatiya - insoning oʻzini xayolan suhbatdoshi oʻrniga qoʻyish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emosional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard boʻla olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni oʻrniga oʻzini qoʻya olishi muhim boʻlsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard boʻla olish ham muhimdir.

Insonning inson tomonidan idrok etilishida yoʻnaltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning oʻtkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni koʻzlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.

Ikkinchi guruhda ichiga kirgan koʻzlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan.

Keltirilgan mulohazalardan koʻrinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan berilayotgan koʻrsatma, shaxsning bu boradagi bilim, koʻnikma va malakalari muhim rol oʻynaydi.

Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishini bilish pedagog uchun gʻoyat muhimdir. Bu toʻlaqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yoʻlga qoʻyishni ta’minlaydi. Pedagogik muloqot pedagog va oʻquvchilarning oʻzaro ta’sir etish usullari yigʻindisidir. Muloqotning mazmuni axborot almashish, oʻqituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida oʻquvchilar bilan oʻzaro tushunish va oʻzaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar jamoasi oʻrtasida munosabatlarni ta’minlamay turib amalga oshirib boʻlmaydi.

Pedagogik faoliyatdagi muloqat

-oʻquv vazifalarni bajarish vositasi;

-tarbiyaviy jaryonini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi;

-ta’lim-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlovchi oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro munosabatini tashkil qilish usuli;

-oʻquvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon boʻladi.

Pedagogik muloqot - bu muloqotning oʻquv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.

Muloqot muvaffaqiyatli boʻlishi uchun u albatta qayta aloqaga ega boʻlishi, ya’ni sub’ekt oʻzaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator oʻzi uzatgan axborotni resipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda boʻlayotganligini qayta axborot ma’lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar oʻqituvchi oʻquvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi boʻlmaydi. Ayniqsa, ma’ruza oʻtayotganda bu juda muhimdir.

Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi kommunikasiya ta`minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipiyent) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to‘g‘ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga yega bo‘lishi kerak. Til so‘z belgilari yig‘indisidan iboratdir. So‘zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi.

Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o‘z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so‘z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo‘ladi, o‘quvchi olam haqida barcha bilimlarni o‘qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, yani til yordamida o‘zlashtiradi. Bu yerda til o‘zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o‘zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyati ko‘pincha ijtimoiy qiymatga yega bo‘lmagan o‘zga kishilarning bevosiga tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‘l olaman. Yo‘lda o‘rtog‘im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‘nayman. Bu yerda til o‘zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga tasir qilishdan iboratdir.

Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odam­ning «shaxsiy» tajribasi, o‘z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o‘ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o‘laroq, o‘z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to‘qnash keldik. So‘z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikasiya o‘rnatish o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq yesa aloqa jarayonining o‘zidir. Bu jihatdan nutqning faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashki nutqga bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqga, og‘zaki nutq yesa monolog va dialogik nutqga bo‘linadi. Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, doklad va boshqalardir. Mono­logik nutq ma`lum qiyinchiliklarga yega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning anikligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga etibor berish kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida etibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko‘p jihatdan undan oldingi fikrga bog‘liq bo‘ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo‘lgan ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo‘lmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya`ni odatlanib qolingan so‘z birikmasi ko‘p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz so‘zni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og‘zaki nugq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriilyk darajasi ancha yuksakrok bo‘lgan og‘zaki nutqdan ilgariroq sodir bo‘lishi mum­kin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo‘lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.




Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.

2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.

3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.

4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.

5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.





Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin