O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə63/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Motiv vsa motivatsiya
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tu-man nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohi-yati jihatdan farkdanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Rus va sobiq sho‘ro psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Mya-sishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont-yev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borgailar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi hisobot-da berilganligi uchun ularga qaytadan to‘xtalishga hojat yo‘qdir.
Yuqoridagilardan tashqari yevropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjud-dir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: inte-rospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoana-liz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropo-logik psixologiya va hokazolar.
Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta'kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» aso-siy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o‘til-gandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixevioristlar, jumladan, E.Tor-ndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muay-yan darajada e'tibor qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o‘rganib, kalamushlarda taj-riba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularningturlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizm-ning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobi-xevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar, doayvalar paydo bo‘li-shiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniq-tirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularningta'kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar orga-nik qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871 — 1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masa-lalari bilan mazkur voqyelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qil-gan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvon-larga bir tekis taallukdi bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka ega:
Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug‘ullanib va xulqprinsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ular-da kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib, insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mo-hiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo‘lgan xulqiing umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayo-nini ifodalovchi o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda tarzda izoxdashga moyildirlar.
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o‘ziga xos talqinga ega bo‘lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rga-nishga, ochib berishga intilish ko‘rsatkichi bilan boshqalardan ajra-lib turadi. K.Levin (1890—1947) motivlarni eksperimental o‘rga-nish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaf-faqiyatlarga erishgan. Geshtaltpsixologiya maktabining namoyanda-lariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xu-susiyat kasb etadi. Obraz va motiv o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta'-kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xulqni mana bun-day izoxlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxs-ning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqyelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no ang-latuvchi ikkita motivatsion o‘zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug‘ma, hayvonlar turtkisiga o‘xshash va turmush davomi-da egallangan, faqat insongagina xos bo‘lgan. Geshtaltpsixologlar-ning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq moti-vatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tah-lil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport konsepsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o‘ziga xosligi bilan o‘zaro ta'sir o‘tkazish o‘rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o‘rnatish ham ik-kinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.


Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi koʻp bora koʻtarilgan boʻlsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situasion mayllar ma’lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq oʻrganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan.

Eng keng tarqalgan ta’riflarga koʻra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yigʻindisidan iboratdir.

Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi:

A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yigʻindisidir.

S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi.

S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir".

A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yoʻnalgan aniq ehtiyojlar va uni qoʻzgʻatadigan voqelik deb hisoblaydi.

Motiv -ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bogʻliq faoliyatga undovchi sabab.

Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab koʻp qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.

Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, koʻp darajali tizimi boʻlib, u oʻzida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.

Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi boʻlib, u oʻzini mayllar, maqsadlar, ideallar koʻrinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.

Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.

V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora oʻzaro bogʻliq va bir-biriga tobe boʻlib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin boʻyicha motivlari tizimlari oʻzaro bogʻliq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yigʻindisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini koʻrsatib oʻtgan boʻlsa ham, motivlar oʻrtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat koʻrsatish muammosini tadqiq etmagan.

Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. Oʻz nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka boʻlgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bogʻliq boʻlish ehtiyoji, hurmatga boʻlgan ehtiyoj, insonning oʻz yashirin imkoniyatlarini toʻlaro namoyon etish va roʻyobga chiqarish ehtiyoji va boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan boʻlishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou konsepsiyasida ierarxiyada yuqori oʻrinni egallovchi ehtiyojlar quyi oʻrindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou konsepsiyasida motivasion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi roli e’tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar ierarxiyasidagi vertikal munosabatlarni tahlil qilib, bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa oʻrganilmagan.

Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam oʻziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil boʻladi.

Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash, motivatsiyaning mazmuni va energetik tomoni haqidagi muhim savol psixologlar tomonidan ifodalab berildi. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli tomoniga e’tibor bermay, aniq mexanizmlar sifatida energiya, boshqaruv va xulq-atvorga taqsimlaydilar.

Ierarxik, darajaviy tuzilish - bu tizimlilik xususiyatiga ega boʻlgan hodisalarning bir jihatidir. Shu tufayli shaxs motivasion sohasining ierarxiyasini samarali tadqiq etish uchun uni motivasion hodisalarning boshqa jihatlari bilan aloqadorlikda oʻrganish zarur boʻladi. Motivasion hodisalar tizimliligini tadqiq etishda asosiy e’tibor esa bu hodisalar oʻrtasidagi tizimli munosabatlarni oʻrganishga qaratilishi kerak. Bu borada R.S.Vaysmanning shaxs motivasion sohasining tizimliligi haqida bildirilgan fikri alohida e’tiborga loyiq. Uning yozishicha, "Motivasion sohaning tizimliligi - motivasion oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi aloqadorlik, xilma-xil munosabatlar mavjudligida namoyon boʻladi. Shunday munosabatlardan biri ierarxik munosabatdir. Yana bir turdagi munosabatni "roʻyobga chiqarish" munosabati deb atash mumkin. Bu munosabat shuni anglatadiki, har bir ehtiyojning qondirilishida turli motivlar yigʻindisining roʻyobga chiqarilishi mumkin. Uchinchi turdagi munosabat shunda namoyon boʻladiki, har xil ehtiyojlarning qondirilishida bir motiv ishtirok etadi yoki aksincha, bir ehtiyoj qondirilishida turli motivlar qatnashadi. Bunday munosabat "oʻzaro tobelik" munosabati nomini oldi.

R.S.Vaysman shaxs motivasion sohasidan tizimli munosabatlarning juda qiziq tasnifini keltiradi. Ammo ajratilgan munosabatlar qatorini boshqaruv, tartiblashtirilganlik va shu kabi munosabatlar bilan toʻldirish mumkin boʻladi. Qolaversa, R.S.Vaysman motivasion oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi tizim hosil qiluvchi asosiy munosabatni ajratmagan, bir turdagi va har xil turdagi motivasion hodisalarni bir-biridan farqlamagan.

Chet el olimlarining motivatsiya sohasidagi tadqiqotlari orasida G.Olportning motivlar funksional avtonomiyasi nazariyasi alohida oʻrin egallaydi. Bu nazariyada motivlar transformasiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi. G.Olport oʻz konsepsiyasida tizimlarning umumiy nazariyasi gʻoyalaridan, ayniqsa, ochiq tizimlar haqidagi gʻoyadan keng foydalangan. Olimning fikricha, shunday motivlar borki, ular yarim yopiq tizimlarning tabiatiga monand faoliyat koʻrsatadi va rivojlanadi, ya’ni funksional avtonomiyaga ega. Bir tizimga kiruvchi motivlarni G.Olport reaktiv, tashqi undovga muhtojlik qonunlariga boʻysunuvchi motivlar, deb ataydi. Ammo G.Olportning ta’kidlashicha, shaxs ochiq tizimlar kabi oʻzgaruvchi va rivojlanuvchi motivlar bilan tavsiflanadi, degan fikr haqiqatga yaqinroqdir. Agar avvalgi tizim motivlarning perseverativ funksional avtonomiyasi, deb atalgan boʻlsa, keyingi tizimni G.Olport propriativ funksional avtonomiya, deb ataydi. Ochiq, yopiq va yarim ochiq tizimlar haqida toʻxtalar ekan u yopiq tizim modelini shaxs va uning motivatsiyasiga qoʻllab boʻlmasligini ta’kidlagandi. Ochiq funksional tizim taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi, uni esa undovchi muhtojlik doirasida tushuntirib boʻlmaydi.

G.Olport tomonidan shaxs motivlarining ochiq tizimlar sifatida tahlil etilishi, shaxs va shaxs motivlari taraqqiyoti chegarasiz jarayon ekanligini ta’kidlash uchun imkoniyat beradi.

Shunday qilib, biz shaxs motivasion sohasi haqidagi turli qarashlar, ularda tizimli yondashuv gʻoyalarining aks etishi masalasini koʻrib chiqdik. Mazkur qarashlar motivatsiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning ajralmas qismiga aylandi. Koʻrsatib oʻtilganidek, psixolog olimlar tomonidan motivasion soha tizimliligiga oid turli jihatlarni qayd qilinmoqda. Ayni damda motivasion mexanizmlar haqidagi tizimli yondashuvga asoslangan tasavvurlar turli yoʻnalishlarda tadqiq etilmoqda. Biroq tadqiqotlarning barchasini bir yoʻnalish - motivasion hodisalar oʻrtasidagi ma’no hosil qiluvchi aloqa va munosabatlarni tadqiq etish atrofida birlashtirish mumkin.

Koʻpchilik psixologlar fikricha, motivatsiya muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammosidir. Shaxs psixologik tuzilishining butunligi, xulq-atvor va uni harakatga keltiruvchi kuchlar oʻrtasidagi aloqadorlik motivatsiya muammosini oʻrganishda tizimli yondashuvni qoʻllash uchun keng imkoniyat yaratib yeradi.

Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e’tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yoʻllari manbai hisoblanadi. Xornining ta’kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tugʻdiradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va oʻz-oʻzini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham oʻz qarashlarida libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning oʻzaro ta’sir oʻtkazish jarayonidir.

Geshtalt psixologiya maktabi namoyondalari uchun motivatsiya oʻziga xos talqinga ega boʻlib, uning mohiyatini eksperimental tarzda oʻrganishga nisbatan intilish yuqori koʻrsatkichga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental oʻrganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sharoitida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtalt psixologiya maktabining namoyondalariga obraz tushunchasi qanchalik oʻta ahamiyatli boʻlsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Obraz va motiv oʻzaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi.

K.Levin motivni quyidagicha ifodalaydi: motiv - muayyan muvaffaqiyatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no anglatuvchi ikkita motivasion oʻzgarish hukm surishi tan olinadi. Geshtalt psixologlarning asarlarida shunday qolatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Olport konsepsiyasida yaqqol koʻzga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini oʻzgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.

Rus psixologlari orasida V.G.Aseevning tadqiqotlarida motivasion tizim masalasi ancha chuqur oʻrganilgan. Uning fikricha, inson motivasion sohasining ontogenetik taraqqiyoti davomida bu soha tizimli rivojlanishga nisbatan moyillikni namoyon etadi. Bu moyillik V.G.Aseev koʻrsatishicha, stixiyali shakllanuvchi, undovchi kuchlarning kattaroq motivasion birliklarni oʻzaro qoʻshilib hosil qilishda namoyon boʻladi. Motivasion tizimning birligi sifatida V.G.Aseev undovchi kuchlarni qayd etadi. Bu tushuncha doirasiga u motiv, ehtiyoj, qiziqish, intilish, maqsad, ideal, mayl, motivasion ustanovka va boshqalarni kiritadi. Shunday qilib, V.G.Aseev turli motivasion hodisalar, mayl turlari oʻrtasida tizimli munosabat mavjud deb hisoblaydi. Demak, bunday yondashuvda motivasion tizim komponenti mayl boʻlib hisoblanadi.

V.G.Aseev shaxs motivasion sohasining tuzilishi muammosiga ham katta e’tibor beradi. Uning qayd etishicha, inson motivasion sohasining tuzilishi quyidagi xususiyatlarga ega: situasion va impulsiv undovchilarning yonma-yon joylashganligi, shaxsiy mayllarning mazmun va dinamik sifatlariga koʻra bir-biriga yaqinligi. Bu xususiyatlar motivatsiyaning tizimli sifatlarini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Ayrim tadqiqotchilar masalan, V.E.Chudnovskiy, V.I.Kovalev motivlar tizimi va shaxs yoʻnalishi oʻrtasida aloqadorlik mavjudligini qayd etmoqda. P.T.Yakobson esa xulq-atvor motivatsiyasi muayyan qadriyatlar tizimlari bilan bogʻliqligini ta’kidlab, motivlarni shaxs qadriyatlari orientatsiyasiga tobe birliklar sifatida oʻrganishni taklif etadi. Uning fikricha, bunday izlanish ijtimoiy psixologik yoʻnalishda amalga oshirilishi kerak.

Motivlar tizimi tushunchasiga berilgan ancha keng ta’riflarni adabiyotlarda uchratish mumkin. Jumladan, V.S.Morozovning qayd etishicha, "Shaxs motivlar tizimini uning sub’ektiv ehtiyojlari, maqsadlari, gʻoyalari, qarashlari, tasavvurlari shuningdek, intilishlari, shakllari va boshqalar tashkil etadi". Bunday ta’rifda "tizim"

tushunchasi qanday ma’noda qoʻllanilayotgani ancha noma’lum. Uni aniqlashtirish talab etiladi.

Yuqorida tilga olingan muammolar bilan shaxs motivasion sohasining darajaviy tuzilishi muammosi bevosita bogʻliq. Psixik hodisalarning darajaviy tuzilishi gʻoyasi psixologiyada keng tarqalgan va tadbiq etib kelinmoqda va bu bejiz emas, zero darajali tuzilish haqidagi tasavvurlar turli psixik hodisalarning muayyan tizimga keltirilgan modellarini hosil qilish imkoniyatini beradi. Shaxs motivasion sohasida oʻz darajasi va murakkabligiga koʻra turlicha boʻlgan motivasion hodisalarning mavjudligi darajaviy tuzilishi haqidagi gʻoyalarning bu yoʻnalishda ham samarali qoʻllash uchun sharoit yaratadi.

Inson motivasion sohasining ierarxik darajaviy tuzilishi masalasi motivatsiya bilan bogʻliq eng oʻtkir va keskin bahslarga sabab boʻluvchi muammolardan biridir. hozirgacha alohida olingan motivasion hodisalarning ierarxik tuzilishi ehtiyojlar ierarxiyasi va boshqalar tadqiq etib kelingan. Ammo barcha motivasion hodisalarning yagona ierarxik tuzilishi haqidagi masala etarlicha oʻrganilmagan.

Rus psixologlari orasida motivlar ierarxiyasi masalasi A.N.Leontev, L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan oʻrganilgan. A.N.Leontev XX asrning 40-yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta’kidlar ekan, bu jarayon bolada motivlar ierarxiyasi tarkib topishi bilan bogʻliqligini uqtirgan edi. A.N.Leontev fikricha, sub’ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib borgan sayin motivlarning oʻzaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa ular oʻrtasida ierarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar ierarxiyasi olimning fikriga koʻra, motivlar funksiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda ierarxiyada yuqori oʻrinni, ma’no hosil qiluvchi funksiyani bajaradigan motivlar quyi oʻrinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontev motivlar funksiyasining ikki darajasini: ma’no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi. Ammo A.N.Leontev oʻz nazariyasida motivlar ierarxiyasining shakllanish jarayonida shaxsning sub’ektiv, faol roli qanday boʻlishini koʻrib chiqmaydi.

L.I.Bojovich tadqiqotlarida, shuningdek, ayrim boshqa ilmiy izlanishlarda motivlar ierarxiyasining shakllanishi dominant motivlarning hosil boʻlishi bilan bogʻlanadi. Har xil yosh bosqichlarida turli motivlar dominantlik qiladi. Ayrim motivlarning ustunlik qilishi shaxsning yoʻnalishini belgilab beradi. Bunday yoʻnalish shaxs motivlari oʻrtasida nafaqat subordinasion, balki koordinasion munosabatlar ham hukm surishini taqozolaydi.

Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va oʻz-oʻzini qanday tutishi egallagan mavqei ham sababsiz oʻz-oʻzidan roʻy bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada "motiv", "motivatsiya" tushunchalari ishlatiladi.

Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va oʻzini tushunishi sabablarini oʻrganish tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan narsa boʻlib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni holati, harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, moʻljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari, ya’ni bular aynan aniq holatlarni keltirib chiqarishga sabab boʻladigan tashqi stimullardir.

Har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya’ni maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar boʻladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bogʻliq tarzda xulq motivlari namoyon boʻladi. Masalan, talabaning oʻquv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qizuquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, boqcha yoshidan boshlab qondirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa oʻquv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning oʻzi bola uchun motiv oʻrnini bosadi.

Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.

Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga boʻlish mumkin.

1.Biologik ehtiyojlar - fiziologik, jinsiy moslashuv ehtiyojlari.

2.Ijtimoiy ehtiyojlar - bu mehnat qilish bilan estetik va ahloqiy, ma’naviy ehtiyojlar.

Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga boʻlgani bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan boʻladi, ya’ni ular oʻsha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bogʻliq boʻladi.


Oʻzbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va

motivatsiya muammosi

Oʻquv faoliyati motivatsiyasi muammosi hamdoʻstlik davlatlari qatori respublikamizda ham ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan keng miqyosda oʻrganib kelinmoqda. Jumladan, keyingi yillarda mazkur ilmiy muammolarning turli jabhalariga nisbatan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida respublikamiz miqyosida ushbu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan taniqli psixolog olimlarni ta’kidlab oʻtish joizdir. Bular sirasiga respublikamizda psixologiya fanining rivojlanishiga amaliy va nazariy hissasini qoʻshib kelayotgan M.G.Davletshin rahbarligidagi uning shogirdlari A.Q.Saitova, F.I.Haydarovlar hamda E.Gʻ.Gʻoziev va E.Z.Usmonova, V.A.Tokareva, A.A.Fayzullaev, R.Asomova, U.Jumaev va boshqalarning ushbu muammo yuzasidan olib borgan tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin.

Keyingi oʻn yilliklar mobaynida M.G.Davletshin rahbarligida ushbu muammo yangicha ilmiy asosda talqin qilinib, keng koʻlamda oʻrganilmoqda. M.G.Davletshinning fikrlariga koʻra, Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan yoshlar har xil sohaning mazmuniga ongli ravishda yondashuvi orqali, ularni mumkin qadar ertaroq, toʻgʻri va oqilona tasavvur qiladi. M.G.Davletshin konsepsiyasidan kelib chiqqan holda olib borilgan tadqiqotlardan biri A.Q.Saitovaning "Oʻsmir yoshidagi oʻquvchilarning oʻquv motivlarini va qadriyatlarini oʻrganishga" bagʻishlangan ishdir. Bu ishda muallif oʻsmir yoshining xususiyatlariga tayangan holda bir qator xulosalarga kelgan. Xususan tadqiqotchi fikriga koʻra, oʻsmirlar oʻquv faoliyatida potensial hisoblangan motiv oʻz-oʻzini namoyon qilish motividir; oʻquv faoliyati oʻsmir oʻquvchilarda oʻz-oʻzini takomillashtirishga, bu esa oʻquv faoliyati bilan bogʻliqdir. Muallif tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda shaxsdagi qadriyatlar yoʻnalganligining oʻquv faoliyatga bogʻliqligi masalalari tadqiq qilinadi.

V.A.Tokarevaning "Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiy burchga nisbatan shakllanish psixologiyasiga" bagʻishlangan tadqiqotlarida oʻquvchilar oʻquv faoliyati motivlarini oʻrganish borasida olib borilgan tadqiqotlarda va izlanishlarida burch motivini shakllanishiga jamiyatning ta’sirini oʻrganish muhim sanalishi koʻrsatib oʻtiladi

E.Gʻ.Gʻoziev tadqiqotlarida oʻsmir oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini boshqarish xususiyatlari oʻquv faoliyatini rejalashtirish, oʻz-oʻzini nazorat qilish, oʻz-oʻzini baholash jarayonlari haqida mulohaza yuritiladi. Tadqiqotchi oʻquv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam oʻrganilgan sohalaridan biri boʻlgan oʻqish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, empirik tomonlarini yoritib beradi. Shuningdek, mazkur tadqiqotlarda oʻqish va oʻqitish jarayoni uchun tavsiyanoma ishlab chiqilgan, oʻz-oʻzini anglash bosqichlari toʻgʻrisida ma’lumot berilgan.

A.A.Fayzullaev ilmiy tadqiqotlarida shaxsning motivasion oʻz-oʻzini boshqarishning turli-tuman omillari ham koʻrib chiqilgan. Aniqlangan bu omillar shaxs motivatsiyasining xususiyatlariga motivasion boshqarishning amalga oshirish usullari va natijalariga tegishlidir. Bundan tashqari motivasion tuzilmalarning shaxs tomonidan ob’ektivlashtirish va oʻz motivatsiyasini boshqarishdagi turli psixologik strategiya va usullari masalalari ham aniqlab berilgan. Shaxsning hayot faoliyatida motivasion oʻz-oʻzini boshqarishning boshqa bir qator sohalari ham oʻrganilgan.

E.Z.Usmonovaning ilmiy tadqiqotida oʻquvchilarning oʻquv faoliyati jarayonidagi qarama-qarshilik, motivatsiya, ijod va shaxs muammolari oʻrganilgan. Tadqiqot davomida ikki asosiy motivatsiya toifasining munosibligini tushunish muhim boʻlgan, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini odamda tashqi motivatsiyaga kiritiladi.

F.I.Haydarovning "Qishloq maktabi oʻquvchilarida oʻqish motivlarining shakllanishi" nomli ilmiy izlanishlarida oʻquv motivlari ularning xususiyatlari, oʻqitish jarayonida ijobiy va salbiy motivlarning ta’siri keng qamrovda oʻrganilgan. Shuningdek, muallif oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga bogʻliq holda oʻqish motivlarini namoyon boʻlishining regional tafovutlarni oʻrganishga asosiy e’tiborni qaratgan. Muallifning ishlariga nazar tashlar ekanmiz, oʻqish motivlarini bir qator turkumlarga ajratgani, ya’ni obroʻga intilish, kasbga qiziqish, muvaffaqiyatga erishish va boshqalarni yuzaga kelishiga ta’sir koʻrsatuvchi ob’ektiv, sub’ektiv omillarni, shuningdek rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqqanligini koʻramiz. u esa ta’lim faoliyatida oʻquvchiga samarali yondashish mezoni hisoblanadi.






Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin