O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə66/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma'noda emo siyalar hissiy kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatli shakllarida" bittasidir. Emotsiya — u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevo sita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno bildi-rish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy, bu salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida ob'ektlarga shaxsning munosabati-ni aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mumkin: odam dah shatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qila olma har tomonga uradi, hatto xavf-xatarga o‘zini tashlashi ham mumkin.
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta'sirchanligi bilan bir-birida" ajralib turishiga qaramay, bunday sifatli hissiy holatlar stenik (kuch degan ma'no anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunday emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, ijobiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanot bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yul-duzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib tinchmaslik uning sifatiga aylanadi. Aksariyat hol-larda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalar-ni vujudga keltiradi. Ba'zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi, nursizligi bilan tavsiflanadi, bunday hissiy holat as-tenik ( kuchsizlik, zaiflik ma'nosini bildiradi) deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shash-tiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi, shu sababdan favqulodda shaxsdagi rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolish xav-fi kuchli.
Affektlar. Haddan ziyod tez kechirishi bilan miyada paydo bo‘luv-chi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga kelti-ruvchi, jarayonlar ustidan irodaviy nazoratlarning buzilishiga yetak-lovchi (o‘zini o‘zi boshqarishni zaiflashtiruvchi), organizm a'zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional jarayonlarga affektlar deb ataladi. Affektlar qisqa muddatli bo‘lib, ular favquloddagi yong‘inga, yarqiragan portlashga, to‘satdan kelgan do‘lga, to‘fonga, ku-tilmagan silkinishga o‘xshab ketadi. Mabodo emotsiya ruhiy to‘lqin-lanish deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro o‘rin almashib turadi. Ma'lumki, vahimaga, tahli-kaga, sarosimaga tushib qolgan, o‘ta quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki u mazkur sharoitlar-Da o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o‘zini turli darajada ush-laydi, harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunda oraliq miya va miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idagi ma'lum markazlarning kuchli qo‘zg‘alishi va boshqa markazlarning tormozlanishi me'yordan chiqib ketishi tufayli o‘zaro almashinib qoladi. Harakatchanlikning asta-sekin ko‘tarilishidan iborat stenik holat astenik holat bilan al-mashinadi (kuchli holat kuchsiz bilan aralashib ketadi), lekin qayta tiklanishga ulgurmaydi. Masalan, jo‘shqin harakatda, ko‘z yaltirashi-da, yuz qizarishida vujudga kelayotgan kuchli jahl ko‘rinishlari ko‘zning xiralanishi, yuz oqarishi, rang o‘chishi bilan bog‘lik qattiq g‘azabga aylanishi mumkin. Umidsizlik kechinmasida organizmning jo‘shqin reaksiyasi ba'zan hushidan ketib qolish holati bilan almashinadi.
Ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, 1) teatr to-moshabinlarida, 2) tantana nashidasini surayotgan olomonlarda, 3) es-hushini yo‘qotgan, telbanoma sevgi afsonalarida, 4) ilmiy kash-fiyot lahzasida, 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda jo‘shqin shodlik-lar mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini tutushini, o‘zini ko‘lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, iro-dasiz harakatlar amalga oshiriladi, yo‘lanmasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas'uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun javobgardir, chunki u akl-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lga-nidan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba'zi hollarda holsizlanish, jamiki narsaga loqayd muno-sabat, harakatsizlik, faollik barham topishi, hatto uyquga moyil-lik yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok (fransuzcha sIos zarba degan ma'no anglatadi) holati ham sodir bo‘ladi, buning oqiba-tida organizmning ichki a'zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji (infarkt lotincha agsSh5 - «xavf to‘ldirg‘ich», miokard yunon cha tuz tomir, kagsNa yurak degan ma'no bildiradi) yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish muayyan davrgacha davom etishi, ba'zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi (pasayi-shi) sodir bo‘lib turishi mumkin.
Stress Stress jiddiy-lik, keskinlik, zo‘riqish degan ma'no anglatadi. XX asrning ikkin-chi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emo-sional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng qo‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me'yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zud-lik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqish-lar. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron-bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniklash na-faqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (muvofiqlashtiruvchi ma'nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, ta'lim tizimi xodimlari uchun alo-hida ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kana-dalik fiziolog G. Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilish-da moslashuv alomati (adaptatsion sindrom yunoncha zupyogote — bel-gi, alomat, ko‘rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, uning faoli-yatga ijobiy hamda salbiy ta'sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma'nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jara-yonlardagi stressning o‘ziga xosligi, faoliyatni qaytatashkil qilish-gacha (dezorganizatsiya tashkilot, tuzilma ma'nosini bildiradi) olib borishi, shunga o‘xshash sharoit-larda shaxs xulqini bashorat etish (ba-shorat ma'nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Seletomonidan o‘rganilgan.
Tadqiqotchi U. Kennonning gomeostazis (o‘xshashlik ma'nosini bildiradi) haqidagi ta'limotida stress holati har to-monlama o‘rganilgan. Ushbu terminni u psixologiyaga 1929 yilda olib kirgan. Gomeostazis mexanizmda moslashish xususiyatlari yaqqol o‘z ifodasini topadi. Uning mulohazasicha, faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida nerv sistemasi va miya funksiyasini oqilona ta'minlab turishda hamda sakdashda gomeostazis muhim rol o‘ynaydi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zga-radi, unda qo‘zgalishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning hara-katlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayi-shi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sust-lik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko‘zga tash-lanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi. Shaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil tor-mozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin