O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə68/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

14 - MAVZU: TEMPERAMENT VA XARAKTER


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarda temperament, xarakter, xarakter shakllanishi, temperament tiplari, temperamentning psixologik xarakteristikasi, temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida ma'lumot berish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: Temperament, sangvenik, xolerik, flegmatik, melonxolik, rigidlik, reaktivlik, senzitivlik. Xarakter, dinamik steriotip, ekstrovertip, introvertip, nevrastenik tip, namoyishkorona tip, xarakter tuzilmasi.
Reja:
1.Temperament haqida tushuncha
2.Temperament turlari
3.Xarakter haqida tushuncha
4.Xarakter shakllanishi


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xo-tiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy ke-chinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashti-rib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlana-di. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, qo‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsa-tadilar.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning di-namikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holat-larga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi turiga taalluqli bo‘lishidan qat'i na-zar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat'iy, qizi-quvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyush-qoqlik, harakat sur'ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd muno-sabatni bildirsa, ish sur'ati sekin va sust kechadi. Har qanday va-ziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shu-ningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a'zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo‘zaradi, atrof-muhitga nis-batan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holat-lar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha belgilar kiriti-ladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psiindividual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizi-mi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, ep-chil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.
Yirik rus psixologlaridan biri B. M. Teplov (1896—1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I. P. Pavlovning tadqiqotlari-ni davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziolo-gik jarayonlarning nozik qirralarini o‘rganishda maxsus moslama-lar yordami bilan o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natija-larni (omillarini) matematik statistika metodlari orqali hiso-lashni tatbiq etdilar. B. M. Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba'zi bir individual xususiyatlari o‘zaro uyg‘unlikka egadir. Ularningta'biricha, o‘zaro bog‘liq indivi-dual xususiyatlar tizimi asab tizimining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o‘zaro bog‘langan xususiyatlar, birinchidan, shartli qo‘zg‘ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat'i nazar, shartli reflekslar so‘nishi darajasiga, ikkinchidan, qo‘zg‘ovchilar-ning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaksiyaning hajmi orasi-dagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo‘zg‘ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo‘zg‘ovchini ijobiy (salbiy) ta'sir o‘tkazish darajasiga, to‘rtinchidan, boshqa ko‘rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo‘zg‘alish jara-yonlarining kuchiga bog‘liqdir. Ma'lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanishning (to‘xtalishning) kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taallukdi shartli reflektor faoliyatining in-dividual xususiyatlari turkumlari shunga o‘xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Shuningdek, B. M. Teplov ilmiy maktabining na-moyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslar-ning hosil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta'birlab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish xususiyati dina-minlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayo-nining to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik, ya'ni lotincha 1a'1a115 - beqa-rorlik deb ataganlar. Shuning bilan birga asab tizimining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari suril-gan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B. M. Teplov ilmiy maktabi I. P. Pavlov tadqiqotlarida aniq-langan asab tizimining xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariya va tax-minlar muayyan darajada kengaytirilgan hamdatemperamentningtub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shun-day chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomo-nidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va fizikaviy mo-hiyati to hanuzgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Xuddi shu bois, asab tizimining xususiyati to‘g‘risidagi ilmiy mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlar turkumiga taallukli umumiy sabablar bo‘yi-cha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.
Nerv tizimi xususiyatlari bilan temperamentning bog‘liqligi aksariyat hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin. Jumladan, negizida asab tizimining faraz qilingan fi-ziologik xususiyati yotgan shartli reflektor faoliyatining o‘zaro bog‘-liq individual xususiyatlarning muayyan turkumi shaxsda qanchalik ko‘p mujassamlashsa, temperamentning unga mutanosib xususiyati xuddi shu darajada namoyon yoki aks holatda shuncha kam ifodalanishi kuza-tiladi: 1) insonda shartli refleks shakllangan bo‘lsa-da, lekin u tez so‘na boshlasa; 2) tashqi qo‘zg‘ovchi shartli refleksda kuchli tormozla-nishni vujudga keltirsa; 3) shaxs kuchsiz qo‘zg‘ovchilarga kuchli qo‘zg‘ov-chilar singari shiddat bilan reaksiya qaytarsa; 4) odam kuchsiz qo‘zg‘a-lish jarayoni bilan uyg‘unlashgan xususiyatlarni aniqlasa; 5) inson-da kuchli emotsional qo‘zg‘alishi hamda diqqatning chalg‘ishi yuzaga ke-ladi.
Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, I. P. Pavlov ta'limotida tem-peramentning psixologik ta'siri asab tizimining barcha xususiyat-lari bilan aloqadorligi yoki uning tipiga tegishli ekanligi tu-shuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu xususiyati asab tizimining birorta xislati bilan emas, balki xususiyatlar-ning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta'sirida asab tizimi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o‘zgarishini yasaydi.
Yigirmanchi asrning 60-70 yillarida ushbu soha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, temperamentning psixolo-gik tavsifi bilan I. P. Pavlovning tiplari o‘rtasida aloqa hukm surishiga hyech qanday shak-shubha yo‘qdir. Temperamentga taalluqli asabtiziminingtiplari ham insonga, ham hayvonlargategishli bo‘lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin, temperamentning fiziologik asosi — bu asab tizimining umumiy tiplaridir. Biroq, I. P. Pavlovningtiplari — bu nervtizimi xususiyatlariningtanho tipik birikmasi emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birik-malar topildi. Lekin ajratilgan tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga molik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan tashkil topadi.
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulo-haza yuritilganda, albatta I. P. Pavlovning ta'limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat yo‘li bilan shartlangan tip — bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi ma'lumotlar, omillar juda ko‘p bo‘lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o‘rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchilligi hayvon-larni chatishtirish yo‘li bilan yuzaga keltirilgan, lekin barcha xusu-siyatlar to‘g‘risida bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas.
Horijiy psixologik adabiyotlardata'kidlanishicha, temperament asab tizimi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi ko‘rsatkichi badanningjismoniytuzilishiga, b) uning ba'zi qismlari o‘rtasidagi aloqaga, v) organizm turli tarkiblari-ning munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga bog‘liqdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o‘rin egal-lagandir. Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer (nemis psixologi) va U. Sheldon (amerika psixologi)lar hisoblanib, ularning talqi-nicha, tana tuzilishi ham, temperament xususiyatlari ham ichki sekre-siya bezlari faoliyatidagi o‘zaro munosabatlarning nasliy belgila-riga bog‘liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan tempera-ment xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. U. Sheldonning mulohaza bildirishicha, semiz, qorin bo‘shlig‘i tako-millashgan inson shodlikka, muloqotmandlikka, to‘yib ovqatlanish-ga moyil (visseraton) xususiyatga egadir. Shuningdek, sklet muskul-lari taraqqiy etgan shaxslar g‘ayratli, faol (somaton) xislatlidir. Shu bilan birga asab tizimi, bosh miyasi o‘rta rivojlangan insonlar o‘ta sezgir, sertashvish, xayolotga beriluvchan bo‘ladilar, ya'ni sereb-roton xususiyatlidirlar.
Mulohaza yuritilgan muammo muhim ijtimoiy ahamiyat kasb eta-di, chunki ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi ham tashqi sharoit-larga, ham faoliyat talablariga to‘la-to‘kis moslasha olmaydi, bino-barin u asab tizimiga bir oz muvofiqlashuvi mumkin, xolos. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda Krechmer bilan Sheldon talqiniga yondashilsa, u holda shaxs temperamentining xususiyatlari tashqi ij-timoiy sharoitlarga, faoliyat talablariga muvofiqlashuv ehtimoli mavjud. Mualliflar e'tiroficha, turli temperamentli shaxslarga ijtimoiy zaruriyat tufayli bir xil talablar qo‘yilsa, u holda insonning temperamenti imkoniyatlari bilan jamiyat talablari o‘rta-sida murakkab ziddiyatlar, nizoli vaziyatlar vujudga kelishi mum-kin emish. Shuni ta'kidlash joizki, Krechmer bilan Sheldonning temperament to‘g‘risidagi nazariyasi bir muncha bahslidir, chunki tem-peramentning asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga bog‘liq-ligini aks ettiruvchi omillarni tushuntirishga zaiflik qiladi. Shuningdek, mazkur ta'limot temperamentning kelib chiqishini tu-shuntirishga biryoqlama orttirma baho beradi. Shuni unutmaslik ke-rakki, organizmning umumiy tuzilishi darhaqiqat asab tizimining tipiga va temperamentga muayyan darajada ta'sir o‘tkazishi mumkin. Chunki asab tizimining xususiyatlari modda almashish ichki sekre-siya bezlari faoliyatining individual xususiyatlariga muvofikdir. Demak, temperamentning vujudga kelishida organizmning umumiy tuzilishi emas, balki asab tizimining genotipi yoki umumiy tipi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga qaramay temperamentning fiziologik asosi asab tizimi-ning umumiy tipidan iborat bo‘lsa-da, lekin uning psixologik tav-sifini tahlil qilish uchun asab tizimining xususiyatlarini bilish hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Misol uchun, g‘ayratlilik, barqaror kayfiyat, yuqori faollik, harakat tezligi qo‘zg‘alish kuchiga bog‘liqdir, lekin unga har xil psixik xususiyatlar ham taalluqpidir (sezgi xususiyatlari, xayol obrazlari yorqinligi va hokazo). Tempera-mentning muayyan xususiyati asab tizimi umumiy tipining birorta xususiyatiga aloqador bo‘lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog‘-liqdir. Psixologiyada biror tobe o‘zgaruvchi bir nechta mustaqil o‘zga-ruvchilarga aloqador bo‘lsa yoki tanho (yolg‘iz) mustaqil o‘zgaruvchi bir turkum tobe o‘zgaruvchiga bog‘likligi o‘rnatilsa, bunday tobelik ko‘pyoq-lama tobelik deyiladi. Xuddi shu bois, temperamentning psixolo-gik xususiyatlari asab tizimi umumiy tipining fiziologik xususi-yatlariga ko‘pyoklama tobedir. Nerv tizimi umumiy tipi xususiyatla-rining fiziologik tadqiqotlari temperament paydo bo‘lishi qonu-niyatlarini tushunishga kamlik qiladi, shuning uchun bu sohada fi-ziologik izlanish o‘tkazish uning psixologik mohiyatini tekshirishni taqozo etadi.
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo‘yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bu asnoda eramiz-dan oldingi davrda ham temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning mu-ayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi de-ganda, ma'lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, za-ruriy o‘zaro bog‘likligi tushuniladi. Temperament tipini tavsif-lovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko‘rini-shiga qarab o‘lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impul-sivlik) darajasini ikkita harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo‘sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o‘lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko‘p miq-dorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko‘p yoki, aksincha oz aks etishi kuzatiladi.
Har qaysi tip uchun o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zaro aloqasi, har bir alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan bog‘liqligi ham aks etadi. Masalan, o‘zini tuta bilmaslik yoki o‘zini tuta bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtirosli shiddat, b) jazava va jazavadagi muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o‘zini tuta bilish — emotsional-irodaviy bir me'-yor bo‘lsa, boshqa uchun u ulug‘vorlik va vazminlik namunasidir.
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar tarzida tushunish Gippokrattomonidantalqin qilin-gan temperament to‘g‘risida tushuncha ma'nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha kga515 so‘zi bilan belgilagan va u lotincha 1etregatep1 atamasiga mos bo‘lib, nisbatan, munosabat degan ma'no-ni anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament tiplari I. P. Pavlovdan keyin gippokrat tiplari, ya'ni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik ma'lu-motlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. Shu boisdan asab tizimining to‘rtta tipi temperamentning to‘rtta tipi-ga bog‘liq deb e'tirof etishimizga haqqimiz yo‘q, chunki ular gip-pokratcha tiplarning ayrimlari, xolos. Shuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta taxlil qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
Senzitivlik (lotincha zep$i$ sezish, his qilish degan ma'no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksi-yani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchi-ga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta'sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional re-aksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi — emotsionallik, ta'sirlanuvchanlik ifodalanishidir.
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta'sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob'ek-tiv hamda sub'ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishi-ga qarab fikr yuritiladi.
Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘likligiga binoan, chunonchi taso-difiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarda (kayfiyatga, favqulod-dagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilish-larga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jara-yonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakattezligiga, nutqsur'atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
Harakatlarning sillikligi va unga qarama-qarshi sifat ri-gidlik (qotib qolganlik). Shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurot-larga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (sil-liqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi — qotib qolganligi)ga nisba-tan baho berishdan iboratdir.
Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p jihatdan nimalarga bog‘likligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga (ekstravertirovanlik) yoki, ak-sincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tish hamda kelajak bilan uyg‘un-lashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taallukligiga asoslan-gan holda munosabat ifodasidir.
Sangvinik — juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg‘on dalilarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay, kuchsiz ta'sir (qo‘zg‘atuvchilar)ni seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozana-tida, intizomli, o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutqsur'ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki tiy-rak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, mulo-qotga tez kirishadi. Xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivoj-langan: tashqi ta'sirlarga hozirjavob va hokazo.
Xolerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reak-tiv. Ko‘pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, ser-zarda, tinimsiz.
Sangvinlikka qaraganda silliqroq, lekin ko‘proq qotib qolgan (rigidroq).
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat'-iylik mavjud. Biroqdiqqatni bir joygato‘plashda qiynaladi. Nutq sur'ati tez va hokazo.
Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg‘usi (emotsiyasi) kam o‘zga-ruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jaxdini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam hara-kat. Imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Lekin ser-g‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur'ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta. Qotib qol-gan (rigid). Diqqatni ko‘chirish qiyin. Introvertirovanlashgan, kam-gap, ichimdan top. Yangilikni qabul qilishi murakkab. Tashqi taas-surotlarga sustlik bilan javob beradi (qaytaradi).
Melanxolik — senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g‘ayratsiz. Araz-chan, xafaxon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat'iyligi va musta-qilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Introvertirovan-lashgan.
Psixologik ma'lumotlar e'tirof etishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o‘rtasidagi tafovutlarning sabab-chisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xu-susiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizak-larning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tas-diqlanishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, geterozigot egizak lardan farqli o‘laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatla-ri shunchalik o‘xshashki, hatto ular irsiyat yo‘li bilan berilish omil-larini 85% tasdikdash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo‘lishiga qaramay, o‘xshashlik sakdanib qolishi tajribalarda ko‘p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o‘zga-rishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta'sir o‘tkazadi (masalan, tog‘ sharoiti, xavf-xatar mavjudligi va hokazo).
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush sharoiti bilan tarbiyaviy ta'sirida o‘zgarishi jarayonini temperamenttiplariningtakomillashtiruvidan farkday olish shart. Ma'lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdani-ga paydo bo‘lgan narsa emas, chunki asab tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta'sir o‘tkazib, o‘z izmini qoldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament xususiyatla-ri asab tizimining takomillashuvi bilan bog‘liqtarzda ro‘yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
Shuni ta'kidlash o‘rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofikdashtirish) imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo‘yadi. Chunonchi: 1) kasb-hunarlarning insonlar tempera-mentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyat-lariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi; 2) shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; 3) tem-peramentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo‘lishi muvaffaqiyatlar garovidir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin