O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə69/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

XARAKTER
Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil si-fatida maydonga chiqishi mumkin. Ma'lumki, xarakterning aksari-yat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgi-lovchi turtki va faol mayllar bo‘lib hisoblanadi. Odatda, shaxslar o‘zaro o‘xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asos-lanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib hara-kat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyillik-lar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta'siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maq-sadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi.
Shaxs ba'zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin bosh-qacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psi-xologlarning tasdiklashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffa-qiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o‘z yutuklarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlik-dan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘gira-di, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar.
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o‘ziga xos harakat usulla-rini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo‘r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo‘riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o‘ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o‘z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo‘sindagi usullaridan foy-dalanishga qaraganda ko‘p kuch-quvvat, qat'iylik, ishchanlik namo-yish qilinishni ma'qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy (ob'ektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o‘ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharo-it, vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko‘rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug‘iladi.
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo‘sinda inti-lishiga, ba'zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro‘yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to‘g‘rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qara-may, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadam-likni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sha-roitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o‘rtasidagi o‘xshashlik bo‘yicha tax-miniy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I. P. Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqat-lanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo‘zg‘ov-chiga javoban ikki xil dinamik stereotiplar hosil bo‘lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so‘lak ajratishdan iborat ijobiy va tomoz-lanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilish sharoitida esa qo‘zg‘ovchilarning o‘ziga mu-dofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko‘chirish mexanizmi deyiladi. Ko‘chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog‘liq tarzda markaziy asab tizimida har xil funksional holat paydo bo‘la-Di, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning markazlarida kuchli Qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bunday ovqatlanish bilan bog‘liq domi-nanta tug‘iladi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilishda mudofaa bilan bog‘liq harakat markazlari kuchli qo‘zg‘alishi tufayli muhofa-za (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislat-lari namoyon bo‘lishi bilan o‘xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog‘liqholda odam-larda va hayvonlarda bir qo‘zg‘ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalartizimi vujudga keladi; 3) funksional holat-lar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb etadi. Funksional holatlar hosil bo‘lishining tashqi omillariga asosla-nib; xarakter xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoit-laridan biri ko‘chish mexanizmi asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog‘liq asab tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharo-itga nisbatan turlicha munosabatiga bog‘liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o‘zgartirilsa, unda nerv jarayon-larining qo‘zg‘aluvchanligi, harakatchanligi, to‘xtalishi kuchayadi, de-mak asab tizimining funksional holati o‘zgaradi. Shunday qilib, xarakter xislatlarining asosi ko‘chish mexanizmi insonlarda hay-vonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asabtizimi qiyos-lansa, u holda birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psixologiyasi-da ta'kidlanishicha, asab tizimi umumiy tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B. M. Tep-lov, V. S. Merlin, ye. A. Klimovlarningtadqiqotlarida, o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farkla-ri aiiklangan. Xuddi shu bois xarakter xislatlari paydo bo‘lish-ning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy tipining xu-susiyatlari hisoblanadi. Ma'lumki, asab tizimining umumiy tipi - bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. Shuning uchun tem-perament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi. I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan ti-zimda tashqi ta'sir hukm surganda asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qis-mida xabardor bo‘lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyati-ni yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi ko‘nglimizga keladi.
Odatda, psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomo-komplekslar (omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha 5utrYuta -belgi, mos tushish, «kompleks» lotincha, aloqa, majmua degan ma'no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish, o‘zi-dan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbilarmonlik, urishqoqlik, kek saklash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxs-lar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dil-kashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqyelikka shaxs-ning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘likligini bildiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
Jamoaga (guruhga) va ba'zi bir insonlarga nisbatan munosa-batni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu-siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas'uliyatlilik, mas'uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xis-latlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Shartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar» simptomokompleksi tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan munosabatlar, balki o‘ziga qaratilgan munosabatlarni mu-jassamlashtiruvchi xislatlar ham kiradi, chunonchi, o‘ziga ishonch, o‘zbi-larmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik yoki aksincha, xususiyat-lar shular jumlasidandir. Shunday qilib, ««shaxs va atrof-muhit-Dagi insonlar» degan shartli nom berilgan xislatlar tizimi o‘zga kishilarga, jamoa (guruh) a'zolariga va o‘ziga nisbatan munosabat-larni ifodalovchi xususiyatlarni birlashtiradi. Turlicha munosabat-lar o‘zaro bir-biriga bog‘langan tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati o‘zaro o‘rin almashtiribturadi, ya'ni Uziga qaratilgan munosabat guruhiy xususiyat kasb etadi.
Shuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o‘zaro bog‘likligi Uning xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Umumiy va xususiy munosabatlar xarakter xislatlari bilan bir-lashgan holda muayyan ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu boisdan inson-ning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga ega. Shaxs munosa-batlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy) va ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. Shaxsning mar-kaziy (asosiy) munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgi-langanligi tufayli bunday munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy xislatlar mujassamlashgan shax-sning asosiy munosabatlari o‘zga odamlarga, jamoa (guruh)ga nisba-tan munosabatlarida ifodalanadi. Shunday qilib, xarakter xislat-larining individual o‘ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning tuzilishi negizida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari yotadi.
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlari-ning ba'zi nuqsonlarini (qo‘pollik va yolg‘onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini (xushfe'llik va haqqoniylik-ni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshi-rib bo‘lmaydi. Chunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tar-kib toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. Shu narsa ma'lumki, shaxsda o‘zaro bir-bi-riga bog‘liq xususiyatlarning yaxlit bir tizimini qaror toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini shakllanti-rishning muhim shartlaridan biri — bu shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta, chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning munosabatlari ijtimoiy munosabatla-rining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning munosabatla-ri bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlit-dir, deyishimiz mumkin, biroquning bir butunligi ham individu-al, o‘zigi xos xususiyatga egadir. Yaxlitlik nuqgai nazaridan qaragan-da, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo‘ladi va ijti-moiy-axloqiy me'yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vazi-yatlarda harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li — bu shaxs xarakteridagi qarama-qarshiliklarni yengishga o‘rganish-dir. Xarakterning tuzilishi ba'zi xislatlarining o‘zaro bog‘likligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgila-nadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga nisbatan fi-doiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq xu-susiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlani-shini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan tavsifnoma simtomokomplekslarni ta'kidlab o‘tishi bilan cheklan-masligi lozim. Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tav-sifnomasi: birinchidan, simtomokomplekslarni chuqurroq joylash-tirishni, ikkinchidan, muayyan darajada chuqurroq mujassamlashti-rishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroqtizimni ajratishni taqozo qiladi.
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarak-ter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishi xu-susiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qar-shilik qiluvchi vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatla-rini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgi-na qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning shaxsan o‘zi yaratadi, shu-ningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri — bu xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakter-ning plastikligi ikki xil ma'no kasb etadi. Xarakterning plas-tikligi uning barqarorligi singari muhitga faol ta'sir o‘tkazish-ning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashish-lari lozim. Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakl-lantirishining zaruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorli-gi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga ega bo‘lib, uni tuzi-lishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy ti-zimga bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlari-ning mazmuni bilan belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmu-niga bog‘liqligiga qaramay, ba'zan yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladi-lar.
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil qarashlar mavjuddir (Krechmer, Sheldon va boshqalar). Ak-sariyat psixologlarning e'tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo‘lishidagi shartlari-dan biri hisoblanadi, xolos. Ma'lumki xarakter xususiyatlari irsi-yatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuni-yatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushunti-rishi gomozigot egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin xarakter xis-latlariga ko‘ra bir-biridan ksskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fizio-logik asosi ham, b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga kela-digan shartli reflektor funksional holati ham tasdikdaydi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta'sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan ijtimoiy tuzum-ni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xusu-siyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta'sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liqtarzda, oila-da, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtokdik, o‘zaro yordam-lashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, un-dagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning mikdori, yoshidagi far-qi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasida-gi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xis-latlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruh-larda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kela-di. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat dara-jada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liqholda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralibturadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqaror-ligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvar-lik yuksak his-tuyg‘usidadir. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsif-lash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatla-ri orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fizio-logik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘likdir. Ana shu holatga mu-vofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, xarakterning ma'lum xislatlarining vakt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham tempera-ment tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosaba-ti xarakter xislatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxs-ning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli ay-nan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususi-yatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tar-kib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol fa-oliyatida xarakterning ifodalaydigan harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri — bu odatlardir. Xarakter xislatlari tarkib tonishining mu-him shartlaridan biri — bu xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida takdidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblana-di. Tarkib topish jarayonida takdidchanlikning ahamiyati ko‘p ji-hatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) ke-chinmalariga ta'siri bilan belgilanadi. Takdidchanlik xatti-hara-kat namunasiga takdid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob'ek-tiv va sub'ektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o‘laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgari-shidagi individual farklar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riqtopishigabog‘liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o‘ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo‘shstimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat'i nazar) vujudga kelib turishini ta'minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta'siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo‘jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur ob'ektiv va sub'ektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruxdar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta'sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta'-sir o‘tkazish hamda ta'sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o‘ta ishonch bildirish tufayli ta'sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o‘tish, fikrlarni uzatishda qo‘pol nuqsonlarga yo‘l qo‘yish, o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo‘qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Sub'ektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun'iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim ob'ekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat'iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta'sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma'lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta'birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta'sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq sub'ektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari yetaklaydi. ri tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob'ek-tiv va sub'ektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o‘laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgari-shidagi individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riqtopishiga bog‘liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o‘ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo‘shstimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat'i nazar) vujudga kelib turishini ta'minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta'siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo‘jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur ob'ektiv va sub'ektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruhlar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta'sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta'-sir o‘tkazish hamda ta'sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o‘ta ishonch bildirish tufayli ta'sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o‘tish, fikrlarni uzatishda qo‘pol nuqsonlarga yo‘l qo‘yish, o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo‘qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Sub'ektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun'iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim ob'ekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat'iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta'sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma'lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta'birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta'sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq sub'ektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari yetaklaydi. 2. Kauzal (sababiy) vaziyatning paydo bo‘lishi sub'ektiv kechinma-lar, manbalar negizi bilan uyg‘unlashib, xilma-xil ehtiyojlar, mo-tivlar, egoistik yoki alturistik pozitsiyalar, tub ma'nodagi fido-iylik namunasining sababiy bog‘liqliklar (determinatorlar) mah-suli ustiga quriladi. Vatanparvarlik tuyg‘usi insonni (guruhni, jamoani) ijodiy izlanish sari yetaklaydi, barqaror harakatlanti-ruvchi kuchlarni vujudga keltiradi, puxta mexanizmlar uzluksizli-gini ta'minlashda ishtirok etadi. Qonuniyatlar ma'naviy jihatdan eskirishi, yangilarini ochishga intilish, muayyan nazariyalar yaratishga ishtiyoklilik tug‘ilishi ham jismoniy, ham huquqiy shaxs (guruh) oldiga istiqbol maqsadlari rejalarini qo‘yadi.
Ontogenezning muayyan qonuniyatlar asosida kechishini ta'minlovchi omillardan biri bu shart-sharoitlarning mavjudligidir. Yuqorida-gi tasnifga qaraganda, shart-sharoitlarni o‘zining shakli, maromi, mohiyati, omilkorligi, oqilligi singari xususiyatlari bilan ob'ek-tiv, sub'ektiv, moddiy, ma'naviy turlarga ajratish mumkin:
ob'ektiv shart-sharoitlar tabiat qonunlari, borliqning mo‘ji-zalari, bioritmika, tabiiy zaruriyatlar mavjudligini ifodalaydi;
sub'ektiv shart-sharoitlar shaxslilik, shaxslararo munosabat, mikro, makro va mize muhitdagi ijtimoiy psixologik, kommunika-tiv, interaktiv, perseptiv ta'sirlar hamda o‘zaro ta'sirlarning muayyan maromlariga rioya qilishligi bilan tavsiflanadi;
moddiy shart-sharoitlar inson kamoloti uchun eng zarur ashyo-lar, vositalar, jismlar, qurollar bilan ta'minlangandagina maq-sadga muvofiq individual yoki hamkorlik xatti-harakatlari amali-yotda qaror topishi mumkin.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin