O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə74/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

2)muayyan matematik koʻnikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda oʻzlashtirish qobiliyati;
3)matematikani oʻzlashtirish sohasida tez siljib borish;
4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz psixologi M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday oʻziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shugʻullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an’anaviy yoʻldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita oʻsha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini oʻzgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli oʻlaroq, bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy iste’dodli shaxs boʻlish uchun unda a) amaliy jihatdan
fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati boʻlishi shart.
M.G.Davletshin texnikaviy iste’dod koʻrsatkichlarini an’anaviy baholashni tan olgan holda (koʻz bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil, konstruksiyalash qobiliyati) oʻzining original yondashuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masalalarning toʻqqizta seriyasidan foydalanadi.
Keyingi yillar ichida oʻzbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste’dod masalalari boʻyicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.Gʻ.Gʻoziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning tadqiqot ishlari ma’lum boʻlib, qobiliyat, iste’dod tushunchalariga oʻz ta’riflarini berganlar.
B.R.Qodirovning fikricha: "Ma’lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat haqida gapirib boʻlmaydi. Va oʻz navbatida har qanday qobiliyatli bola hali iste’dodli degani emas. Koʻp qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste’dodli bola shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste’dodli bola qobiliyatsiz boʻlishi mumkin emas. Bu fikrlardan koʻrinib turibdiki, iste’dodli bola sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga toʻla boladir.

Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha 1a1ap1op - qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma'no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaf-faqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobi-liyat hamda iste'dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat indi-vidual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta'kidlab o‘tiladi, chu-nonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffa-qiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgi-lari: a) muvaffaqiyatni ta'minlash; b) faoliyatni mustaqil baja-rish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda is-te'dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; d) individual-psixolo-gik xislatligi; ye) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi im-koniyatligi kabilar.


Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlari-ga bog‘liqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odam-larning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.
Shuning uchun jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san'at va adabiyot, moddiy va ma'naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) imkoniyati hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko‘pchi-liktalant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyat-laridan mahrum bo‘lgandir. Mamlakatimizning yaqin o‘tmishida cho-rizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab ta-lantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko‘z yumdilar. Bu bizning moziyimiz, achchiq haqiqatimiz, turmush voqyeligimiz, dinamik xususiyatli ko‘ngil armonimiz, bor-liqqa aql-zakovat bilan munosabatda bo‘lishning ilmiy-psixologik mezonidir. Talantlarning uyg‘onishi (tug‘ilish) ijtimoiy shart-sha-roitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda ta-lantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmokda, bu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk davlatimiz poydevori hisoblanadi.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraq qiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20— 30-yillarida moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fe-nomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tek-shirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati (estra-da sahna artisti) hyech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma'lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida akdning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jara-yonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifat-lar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.
Psixologik ma'lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xu-susiyatli fikrni alohida ta'kidlab o‘tish talant tuzilishini yengil-roqtushunish imkoniyatini yaratadi:
talant — bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab bi-rikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xo-tiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga ki-ruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodim-lari tomonidan o‘quvchilarning talanti iste'dod tushuncha negizida o‘rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig‘indisi aqliy iste'-dod tuzilishini vujudga keltirgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fik-richa, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo‘lishi mum-kin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati — ziyraklilik, shay-lik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati — uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilli-gi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir; v) insonning uchinchi xususiyati — unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, taxdil va umumlashti-rishning yuqori imkoniyatlari, akdning mahsuldorligidir. Ma'lu-motlar tahlilining ko‘rsatishicha, maxsus iste'dod tuzilishi yuqori-dagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq ke-luvchi bir qator qobiliyatlar bilan to‘ldiriladi. Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuqimkoniyatiningayniyatidir. Talant mahoratning dast-labki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan daraja-da tafovutlanadi. Talant — katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulasi-dir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti — bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat ta-lantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlan-gan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa fa-oliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan ibo-ratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat — haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat — bu shaxs talanti-ning faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
Odatda, qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual-psixo-logik xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya qobiliyatlarning tug‘maligi nazariyasini inkor etib, shaxs qobiliyatlarining noma'lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga qattiq zarba beradi.
Shuni uqtirish joizki, qobiliyatningtug‘maligini inkor qilish mutlaq xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug‘ma ekanligini tan olmaslik miya tuzilishi bilan bog‘iqdifferensial xu-susiyatlarning tug‘maligini inkor qiladi, degan so‘z emasdir. Layo-qat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dast-labki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a'zolari va harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari aytiladi. Tug‘ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma'lum tabiiy layoqatga ega bo‘lsa, u holda o‘ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan yengil kechadi. Insonlarning kasbiy qobiliyati ular layoqatlari-ning rivojlanishi mahsulidir. Layoqat ko‘pqirrali psixik hodisa bo‘lganligi tufayli faoliyat talablarining xususiyatiga bog‘liq ra-vishda bir xil layoqatlar negizida har xil qobiliyatlar rivojlani-shi kuzatiladi.
Layoqatning tuzilishi va mahsuldorligi namoyon bo‘lishiga qara ganda, uning nuqsonlari haqida ilmiy ma'lumotlar miqdori ko‘pdir. Hozirgi davrda qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy shartla-ri mohiyati yuzasidagi farazning ozmi yoki ko‘pmi mahsuldorligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. F. I. Gallning ta'limoticha, shaxsning barcha qobiliyatlari, «aql» va «hissiyot sifatlari miya yarim sharlarida o‘zining qat'iy markazlariga egadir. Uning fikricha, kalla suyaklari miyaning cho‘nqir joylariga aniq mos tushish lozim. Gall tomonidan miyaning maxsus « frenologik» (yunoncha rgep — «akl» to‘g‘risidagi ta'limot degan ma'no anglatadi) xaritasi tuzilgan bo‘lib, unda bosh suyagi 27 bo‘lakka ajratilgan. Go‘yoki har bir bo‘lakka muayyan psixik sifat mos tushadi. Shuningdek, layoqatning miya og‘irligiga bog‘liqligi haqidagi faraz ham noto‘g‘ri ekanligi ayon bo‘lib qoladi. Shaxs layoqatlari miya burmalarining soni bilan belgilanadi degan taxmin ham o‘z tasdig‘ini topmadi.
XX asrning ikkincha yarmida paydo bo‘lgan layoqatni miyaning mik-rotuzilishi va sezgi a'zolari bilan bog‘lovchi faraz eng mahsuldor bo‘lib hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiqetish iste'dodli shaxs nerv hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida faraz ham haqiqatga yaqindir.
Rus psixologi B. M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobi-liyatlariningtuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo‘li-shini aniqlashga urinishgan. Jumladan, asab tizimining alohida sezgilari ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mum-kin.
Ta'kidlangan xususiyatlar oliy nerv faoliyati umumiy tipining sifatlariga va belgilariga mansubdir. Ammo qobiliyatlarning ta-biiy asoslarini asab tizimining porsial (xususiy) deb nomlana-digan xislatlari bilan bog‘lanuvchi farazlar yanada ko‘proq ehtimol darajasiga egadir.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqat asab tizimining tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va fiziologik sifatlari singari umumiy geneti-ga qonunlariga bo‘ysunish farazining haqqoniyligini dalillaydi. F. Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi g‘oyasi qobi-liyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera ol-maydi, chunki unda dalilga muhtoj juda ko‘p o‘rinlar mavjuddir.
Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan-naslga o‘tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda insonningtaraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy qonun-lar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatning taraqqiyoti biologik irsiyat qonunlariga bo‘ysunishi to‘g‘risida gap bo‘lishi mum-kin emas.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqat-lar muayyan tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular faqat tabi-atning in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining be-baho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namo-yon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojdarini qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar taraqqiyotining uzluksiz ta'lim tizimiga bog‘liq ekanligini ta'kidlab o‘tish muhim ahamiyatga ega.
Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg‘un, kasbi maxsus qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlar inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning (tarmoqning) mazmuniga nisbatan intilishidan iborat shaxsiy fa-zilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus qizi-qishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug‘ul-lanishi moyilligiga o‘sib o‘tadi. Bilishga oid qiziqish (fan asosla-rini egallashga yo‘naltirilgan ichki turtki) faoliyat usullarini amaliy jihatdan o‘zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko‘chi-rishni taqozo qiladi, rag‘batlantiradi hamda shaxsda o‘zini o‘zi bosh-qarishni ta'minlashga yordam beradi.
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uz-viy uyg‘unlikka ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning bi-rikuvini talab qiladi. Iste'dodli o‘quvchilar va talabalar shaklla-nishi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma'naviyat asoslari hamda o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi rivojlantirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy-psixolo-gik qonuniyat tariqasida xizmat qiladi.
Rus psixologi A. G. Kovalev o‘z tadqiqotlarida qobiliyatning ta-biati va tashxis qilish yo‘llarini tekshirishga muvaffaq bo‘lgan. Muallifning ta'rificha, qobiliyat deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta'minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning ta'kidlashicha, qobiliyatnyng tuzilishida tayanch va yetakchi xu-susiyatlarni, va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyati kuzatuvchanlik — ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A. G. Kovalev yordamchi xususiyatlar qato-riga xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o‘ziga xos ko‘ni-kishga ega), emotsionallik, ya'ni his-tuyg‘uga beriluvchanlik (bu xusu-siyat shaxsning faolligini oshiradi)ni kiritadi.
Muallif ta'kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning ikki darajasini farklash imkonini beradi: reproduktiv aks ettirish darajasi. O‘z qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasida tur-gan shaxs bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi, faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkin-chi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir bo‘ladi. Psi-xologiya fanida qobiliyat to‘g‘risida gap ketganda uchta o‘ziga xos kon-sepsiya mavjudligi ta'kidlanadi. A. G. Kovalev asarida bayon qili-nishicha, ulardan biri qobiliyat shaxsning biologik jihatidan de-terminlashgan, ya'ni biologik jihatdan bog‘langan xususiyatlaridir, qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi esa tamomila irsiy fondga bog‘liq, deb tushuntiriladi. XIX asrda F. Galton, XX asrda Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillari-gina boy irsiy merosga ega bo‘ladilar, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari, qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb uqtiradi. Masa-lan, Gelvetsiy o‘z davrida, tarbiya yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Amerikalik olim U. Eshbi insonning qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda o‘zidan o‘zi va ongli tarzda ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masala-larni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi, deydi. Fiziologik olimlar miyaning tuzilishidan indivi-dual xususiyatlar bo‘lsa, bu hol miyaning funksiyalarida o‘z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qilinadi.
A. G. Kovalev ta'kidlashicha, qobiliyatning uchinchi konsepsiyasi-ning tarafdorlari ancha to‘g‘ri pozitsiyada turadilar. So‘nggi nazariya-Da qilinishicha, tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda anatomik-fiziologik xususiyat-lardan ko‘ra, ko‘proq psixologik-fiziologik xislatlarni tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyat) yoki hamma narsaga nisbatan ustuvorlik, qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat), moyillikda va intilishda ko‘rinadi.
A. G. Kovalev Edison fikriga asoslanib («bunda faqat 1 foizgi-na geniy bo‘lsa, 99 foiz ter to‘kish bo‘lgan»), hamma buyuk kishilar bag‘oyat mehnatsevarlikka va katta ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto asab tizimi tabiiy kuchsiz bo‘lsa-da, sub'ektiv ravishda o‘z yutuq-larini qobiliyatdan emas, balki mehnatdan deb baholaganlar.
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma'-lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalari-ni aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida ti-zimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlari-ni chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umum-lashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan, to‘rtinchi-dan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallash-tirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan, beshinchidan, shaxsningfaollikalomatlarinitarbiyalash yo‘li bilan, oltinchidan, o‘quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir.
A. G. Kovalevning ta'rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs is-te'dodining badiiy tipiga tegishli bo‘lib, badiiy tipdagi qobili-yatning hamma ko‘rinishlaridan uni ajratib turadigan o‘ziga xos si-fatlarga ham egadir. Uningta'kidlashicha, umuman qobiliyat va xusu-san adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo‘lib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar (jabhalar) mavjud. Bu jabhalar-ning biri yetakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa ser-mahsul faoliyat uchun zarur bo‘lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyat-ga ega: o‘tkir kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida ko‘rgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish.
Muallif mulohazasiga qaraganda, adabiy qobiliyatning tayanch xu-susiyati yumshoq ko‘ngillilik va ta'sirchanlikdir. Ta'sirchanlik de-ganda idrokning jonliligi va o‘tkirligini, emotsional iltifot-go‘ylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak. Ijod uchun yolg‘iz ko‘ra bilish qobiliyatining o‘zi kamlik qiladi, ko‘rganlarni qayta o‘zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran bog‘lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar va ayniqsa, yaratilayotgan obrazlar qobiliyatida namoyon bo‘ladi hamda bu adabiyotda ko‘pincha ichdan ko‘rish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan, V. P. Yagunkovaning ma'lumotla-ri bo‘yicha, idrok qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi ori-ginal obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi bilan, so‘z boyligi va til sezgisi bilan farkdanadilar. Ba'zi birlarida voqyelikka mulo-hazali mantiqiy munosabatda bo‘lish ustun tursa, boshqalarida ob-razli emotsional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning ham ikkisi mujassamdir. V. P. Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi ko‘rsatkichlarni mezon tari-qasida oladi, chunonchi, a) idrok etish va xotiraning anikligi; b) emotsional ta'sirchanligi; v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish kabilar.
S. P. Kudryaseva tadqiqotida ilk o‘spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi: adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida tahlil qilish-ning o‘sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlar-ni o‘qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish va ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V. A. Krutetskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilishi borasidagi qobiliyatchga matematik ob'ektlar, munosabat va amal-larni shakl holga keltirib idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov berish qobiliyatini qayd qilish lozim;
qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolika-si sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik materi-alni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jara-yonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; D) yechishda ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka inti-lish;
3) matematik axborotni xotirada sakdash va hokazo. Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘la-
digan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha, bular quyidagilar:
o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namo-yish qilishi, xech kim majbur qilmasdan, o‘ziningbo‘sh vaqtini sarf-lab, matematika bilan bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichik-roq yoshda o‘zlashtirish qobiliyati;
matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. Mamlakatimizda psixolog M. G. Davletshin texnikaviy qobiliyat
ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis xisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual-psi-xik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos birikmalarni tushu-nadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroklilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
M. G. Davletshin ham an'anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobi-liyatni ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xusu-siyatlarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uningtalqinicha, texnikaviy iste'dodli shaxs bo‘lishi uchun unda: a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslama-larni taxdil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olishi qobiliyati bo‘lishi shart. M. G. Davletshin texnikaviy iste'dod ko‘rsatkichlarini an'anaviy baho-lashni tan olgan holda (ko‘z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texni-kaviy taxdil, konstruksiyalash qobiliyati) o‘zining original yonda-shuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masala-larning to‘qqizta seriyasidan foydalanadi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin