O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə73/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
Gʻarbiy Yevropalik olimlar psixologiyadagi irsiyat nazariyasiga qarshi chiqadilar. Masalan, shveysariyalik psixolog V. Boven qalbaki doktrina deb tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat boʻlur edi, deb ta’kidlaydi.
Ingliz bioximigi S.Gouz kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun toʻsiqlar biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda koʻproqdir, deb uqtiradi.
Ingliz psixologi, D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi deb uqtiradilar. Masalan, Gelvesiy oʻz vaqtida tarbiya yordamida geniyni yaratsa boʻladi, degan edi. Rus olimi A.N. Leont’ev ham oʻzining funksional organlar nazariyasi bilan bu nazariyaga A.Uxtomskiy asos solgan boʻlib, shunga oʻxshash konsepsiyani yoqlaydi.
Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bogʻliq deb hisoblaydi. Modomiki, ishchilarning bolalari ulgʻayadigan ogʻir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham oʻz ota-onalarining rivojlanishi darajasidan oʻtib keta olmaydilar deydi u.
Koʻzga koʻringan rus psixologi S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevning konsepsiyasiga norozilik bildirdi. Uning fikricha tugʻma iste’dod nishonalari bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini inkor qilib boʻlmasligini koʻrsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun zehn nishonalari boʻlgan kishi noqulay sharoitda ham zehn nishonalari boʻlmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan yuksak qobiliyat koʻrsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar yaxshi yoki yomonligidan qat’iy nazar, bir xil ijtimoiy sharoitda boʻlganlarida ularning qobiliyati va rivojlanishi paytida ba’zan keskin farqlar kuzatiladi.
Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha toʻgʻri pozisiyada turadilar. Ya’ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud boʻlganda faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot oʻzining butun xilma xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi.
Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tugʻma anatomik xususiyatlari bilan, birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Bu xususiyatlar in’ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi.
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki tabiiy xususiyatlardir. Shuni aytib oʻtish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda aytgandek, psixologik xususiyat har taraflama ahamiyatga ega boʻlib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan faollik, vazminlik, in’ikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz qobiliyatning tashkil topishiga ta’sir qiladi.
Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit, toʻla va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni boʻlib-boʻlib qabul qiladilar va shuning bilan goʻyo uni jonsizlantiradilar.
Ikkinchidan, badiiy tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun boʻladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu badiiy qobiliyat boʻlib birinchi signal tizimiga tegishlidir. Fikrlovchi tipda esa aql nazariy boʻlib, u soʻz bilan bogʻliqdir.
Uchinchidan, badiiy tip yuksak emosionallik bilan ajralib turadi, chunki birinchi signal tizimi I.P.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emosional fondni tashkil qiluvchi miya qobiqi bilan yaqin bogʻliqdir. badiiy tip hayajonli, muqarrar, emosional tipdir degan edi I.P.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emosional fon va birinchi signal tizimi zaif boʻlsada, lekin u sogʻlom va soddadil odam boʻladi.
Koʻpchilik olimlar vunderkindlar jismonan zaif deb biladilar. Lekin bu xulosa notoʻgʻri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa soq. Buni isbotlash uchun 20-yillarda amerikalik psixologlar tomonidan tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bu tadqiqotga A.Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 15000 oʻquvchilarni oʻgʻil bola va qizlarni saralab oldilar. Ular umumiy aqlan rivojlangan, oʻziga xos xususiyatli 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar edi. Saralash jarayoni test natijalari va oʻqituvchilarning tavsifnomasi asosida oʻtkaziladi. Soʻng bu oʻquvchilar 10 yil mobaynida tadqiq etiladilar. Bu oʻquvchilar boshqalarga nisbatan sogʻliqlarining farqi yoʻq, ular ham kasal boʻladilar, asablari charchaydi. Lekin baribir ular boshqalarga nisbatan sogʻlom, har tomonlama rivojlangan yetti muchali sogʻ bolalardir.
Rus psixologi A.G.Kovalev oʻz tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va tashxis qilish yoʻllarini tekshirishga muvaffaq boʻlgan. Muallifning ta’riflashicha, qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzi emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning ta’kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyati-kuzatuvchanlik koʻra bilish koʻnikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalyov yordamchi xususiyatlar qatoriga xotirani kiritadi, u faoliyat talablariga muvofiq ravishda oʻziga xos koʻnikishga ega, emosional ya’ni his-tuygʻuga beriluvchanlik xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.
Muallifning ta’kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning quyidagi darajasini farqlash imkonini beradi, reproduktiv aks ettirish darajasi va ijodiy aks ettirish. oʻz qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasida turgan shaxs bilimlarni juda mohirlik bilan oʻzlashtiradi, faoliyatni oʻrganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir boʻladi. Psixologiya fanida qobiliyat toʻgʻrisida fikr ketganda uchta konsepsiya mavjudligi ta’kidlanadi. A.G.Kovalyov asarida bayon qilinishicha, ulardan biri, qobiliyat shaxsning biologik jihatdan determinlashgan, ya’ni biologik jihatdan bogʻlangan xususiyatlaridir qobiliyatning roʻyobga chiqishi va rivojlanishi esa tamomila irsiy fondga bogʻliq deb tushuntiriladi. XIX asrda F.Galton XX asrda Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga ega boʻldilar, degan xulosaga keldilar.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb u?tiradilar. Masalan, Gelvesiy oʻz davrida tarbiya yordamida geniy yaratsa boʻladi, degan edi. Amerikalik olim U.Eshbi insonning qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda oʻzidan oʻzi va ongli tarzda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi oʻlaroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi. Fiziolog
olimlar miyaning tuzilishida individual xususiyatlar boʻlsa, bu qol miyaning funksiyalarida oʻz aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qiladilar.
A.G.Kovalyov ta’kidlashicha, qobiliyatning uchinchi konsepsiyasi tarafdorlari ancha notoʻgʻri pozisiyada turadilar. Soʻnggi nazariyada talqin qilinishicha, tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy sharoit mavjud boʻlishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda, anatomik-fiziologik xususiyatlardan koʻra, koʻproq psixologik-fiziologik xislatlarni tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyat) yoki hamma narsaga nisbatan ustuvor qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat), moyillikda va intilishda koʻrinadi.
A.G Kovalyov Edikson fikriga asoslanib ("bunda faqat 1 foizgina geniy boʻlsa, 99 foiz ter toʻkish boʻlgan"), hamma buyuk kishilar bagʻoyat mehnatsevarlikka va katta ishchanlikka ega boʻlganlari holda hatto nerv tizimi tabiiy kuchsiz boʻlsa-da, sub’ektiv ravishda yutuqlarini qobiliyatdan emas, balki mehnatdan deb baholaganlar.
A.G.Kovalyovning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining badiiy tipiga tegishli boʻlib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma koʻrinishlaridan uni ajratib turadigan oʻziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab boʻlib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat uchun zarur boʻlgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega, ya’ni oʻtkir kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida koʻrgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish.
Muallif mulohazasiga koʻra adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati yumshoq koʻngillilik va ta’sirchanlikdir. Ta’sirchanlik deganda idrokning jonliligi va oʻtkirligini emosional iltifotgoʻylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak. Ijod uchun yolgʻiz koʻra bilish qobiliyatining oʻzi kamlik qiladi, koʻrganlarni qayta oʻzgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran bogʻlay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar ayniqsa yaratilayotgan obrazlarni aniq va ravshan koʻz oldiga keltirish qobiliyatida namoyon boʻladi hamda bu adabiyotda koʻpincha ichdan koʻrish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni koʻrsatadiki, oʻquvchilarning qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan, V.P.Yagunkovaning ma’lumotlari boʻyicha idrok qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi bilan, soʻz boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba’zi birlarida voqelikka mulohazali, mantiqiy munosabatda boʻlish ustun tursa, boshqalarida obrazli emosional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham mujassamdir. V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi koʻrsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish va xotiraning aniqligi; b) emosional ta’sirchanlik; v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish kabilar.
S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk oʻspirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi, ya’ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida tahlil?ilishning oʻsganligiga e’tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlarni oʻqish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga matematik ob’ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik materialga oʻziga xos "yigʻma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim
2)Qobiliyatli oʻquvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos boʻladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir:
1)oʻquvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, oʻzining boʻsh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shugʻullanishga moyillik;

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin