O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə37/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Harakatni idrok qilish
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba’zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) oʻrin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib oʻtiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu koʻrinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida oʻz oʻrinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda oʻrin almashtirib turishini, ya’ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda koʻrish va kinestezik analizator asosiy rol oʻynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yoʻnalishi harakat qilayotgan ob’ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yoʻl bilan ma’lumot olishi mumkin.
-Harakatni bevosita idrok qilish
-Harakat haqida xulosa chiqarish.
Harakatni bevosita koʻrish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) koʻzni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) koʻzni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat tez yoki sekin boʻlayotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob’ektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligiga bogʻliq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.


Xayol haqida tushuncha
Odam oʻz hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham oʻz hayotida yarata oladi.
Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni oʻqiyotganimizda yoki boʻlmasa, oʻqituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil boʻladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining boʻlishi uchun xotira tasavvurlarining
boʻlishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bogʻliq.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin