O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə39/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Xayol turlari
Odatda biz tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol deb xayolni bir necha turlarga ajratamiz. Aynan xayol turlarini quyidagi tarzda ifodalash muhim sanaladi.



Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli holatlardagi yetishmovchilikda ham u yoki bu yo‘l bilan muammoli vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning yetishmasli-gi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma'lum o‘rganilmagan sohalar mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o‘z funksiyasini bajaravera-di, shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat'i nazar, u ijobiy hodisa sifatida baholanishi lozim. Chunki, xayol insonning akdiy zo‘r berishda, stress, affekt holatlarida asab ti-zimining tangligidan xalos etib, tana a'zolari funksiyasini tik-laydi, ishchanlik qobiliyatini barqarorlashtiradi.


Xayol o‘zining faolligi bilan atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘nal-tirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xiz-mat qiladi. Ba'zi bir psixologik ma'lumotlarga qaraganda, goho xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlar-ning sun'iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson hyech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushningog‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-yalanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning ta'qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 6) alko-golizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) tur-mushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi.
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bun-day shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tikpovchi va ijo-diy turlar to‘g‘risida ham muayyan ma'lumotlar mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hyech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga «kashf» qilingan, biroqhayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan xayolning o‘ziga xos obrazlari majmuasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda, «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kel-ganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odam-lar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shuncha-lik darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko‘rinish uning nuqsoni hisob-lanadi. Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yen-gishdan chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xohish yo‘qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv xayol hyech o‘ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi holat yuz beradi: a) ong nazoratining kuchsizlanishi; b) ikkinchi signallar tizimining susayishi; v) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, g) uyqusirash kezida; d) affektiv vaziyatdan; ye) tush ko‘rishda; yo) gallyu-sinatsiyada; j) patologik holatlarda va hokazo.
Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyor-siz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko‘ri-nishlarga bo‘linadi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin