O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə35/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

-Yashash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga boʻlinadi.
-Idrok faollik darajasiga qarab: ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga boʻlinadi. Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bogʻliqligidir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq boʻlishiga xizmat qiladi.
Ma’lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz boʻladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha ixtiyorsiz diqqat bilan bogʻliq boʻlib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda kuchi sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani toʻsatdan, ta’sir etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun faoliyati davomida uzluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan almashinib turadi. Lekin shunday boʻlsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli benihoya kattadir.
Ixtiyoriy idrok oldindan belgilangan muayyan bir maqsad asosida amalga oshiriladi. Idrokning ishtiroki asosan ixtiyoriy idrokda namoyon boʻladi. Chunki ixtiyoriy idrok koʻpincha odamda irodaviy zoʻr berishni talab qiladi. Masalan, darsni ixtiyoriy idrok bilan eshitib oʻtirish odamdan anchagina iroda kuchini talab qiladi. Umuman olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat boʻlgan iroda jarayonining bir qancha oʻziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok boʻlsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar, shkaflar hamda shkaflardagi oʻyinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan iboratdir.
Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga koʻra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Fazoni idrok qilish
2.Vaqtni idrok qilish
3.Harakatni idrok qilish

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin