Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god
Mavzu: Murakkab psixik jarayonlar. Xotira
Reja: 1.Xotira haqida tushuncha
2.Xotiraning nerv-fiziologik asosi
3.Xotira turlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga xotira, tafakkur, intellekt va kreativlik, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning turlari va xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:Xotira, mexnaik xotira, mantiqiy xotira, emotsional xotira, obrazli xotira, xotiraning fiziologik mexanizmi, xotira jarayonlari, tafakkur, intellekt, kreativlik.
Mavzuning asosiy bayoni: Xotira haqida tushuncha Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks etti-rilishidan o‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doi-mo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba'zi bir o‘zga-rishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bi-lim ko‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'-lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murak-kablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyat-ning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, av-valgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta'rif berilib kelinmokda: «Individning o‘z tajri-basida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi».
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonla-ridan biri bo‘lib hisoblansada, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko‘p jihatdan xotira muammolarining o‘rganilishiga bog‘liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, «aqlli» va «sun'iy intellekt»li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat daraja sini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Mnema (xotira) xotiraning o‘ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta'limotiga ko‘ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig‘ida hosil bo‘lgan muvvaqqat asab bog‘lanishlaridir. Shuningdek, bog‘lanishlar-ning hosil bo‘lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jon-lanishi yoki faollashuvidir.
Mnemonika — esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun'iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo‘llani-ladigan usullar yig‘indisi. Mnemonika ko‘proq assotsiativ (o‘xshash-lik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo‘lib, faqat o‘zaro bog‘langan ma'lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo‘llaniladigan yordamchi usullar yig‘indisi.
Amneziya (inkor yuklama) — xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to‘liq yo‘qolishidan iborat ru-hiy nuqson. Amneziya (xotira nuqsoni) holatida kishi ba'zan, hatto o‘z ismi-sharifini unutib qo‘yishi ham mumkin. Amneziya holati tur-li kasallikdir (masalan, meningit) yoki bosh miya qobig‘ining zarar-lanishi natijasida sodir bo‘ladi.
Assotsiatsiya (birlashish, qo‘shilish) — birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadi-gan tasavvurlar bog‘lanishi, shu bog‘lanishlar tufayli ongimizda paydo bo‘ladigan muayyan tasavvurlar o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshi-lik belgilariga ko‘ra, shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa tasavvurlarni hosil qiladi. Masalan, «besh karra besh» degan iborani idrok qilganimizda bosh miya qobig‘ida shunday bir vazifalar bog‘lanishi hosil bo‘ladiki, natijada biz «yigirma besh» degan mikdorni eslaymiz. Ruhiy uyushma-lartashqi taassurotlartufayli hosil bo‘lib, voqyelikdagi narsa va hodi-salarning yaqqol bog‘lanishlarini aks ettiradi. Inson ruhiy hayotida ularning ahamiyati katta; bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish o‘sha uyushmalarga asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig‘idagi muvaqqat asab bog‘lanishlaridir.
Induksiya (keltirib chiqarish) — induksiya; juz'iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o‘tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi — oliy asab faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanish-ni keltirib chiqaradi yoki aksincha.
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning gʻoyaviy yoʻnalishi katta oʻrin egallaydi. Bu yoʻnalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi oʻzining shu faoliyati uchun muhim boʻlgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega boʻlgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu oʻrinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, koʻpgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. "Indvidning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.Gʻ.Gʻoziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yoʻl bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yoʻnaltirilgan mnemik faoliyatdir". Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini toʻla ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yoʻnalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir koʻrsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz koʻpincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yoʻqligini koʻrsatadi. Masalan, oʻquvchilar hamma fanlarni bir xil oʻzlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki oʻqitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta’sir koʻrsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, oʻsha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bogʻliqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni oʻzlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, koʻnikmaa va odatlariga ham bogʻliqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Shaxs oʻz oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalari asosida oʻzining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani toʻplash bilan bogʻliqdir. Toʻplangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.