O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Xayol inson ijodiy faoliyatining mahsuli bo‘lib, mehnatning oraliq va yakuniy natijalarida namoyon bo‘ladi



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə38/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Xayol inson ijodiy faoliyatining mahsuli bo‘lib, mehnatning oraliq va yakuniy natijalarida namoyon bo‘ladi. Muammoli vaziyatda noaniqlik, noma'lumlik alomatlari vujudga kel-sa, u holda faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Shu narsani alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, hyech qachon xayol ijo-diy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki uning ayrim o‘rinlarini to‘ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o‘ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo‘shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida na-moyon bo‘lishini xayol uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo‘lsa, u eng avval unga oid qismlarni tayyor-laydi, shaxs xayolan uning sifatiga e'tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o‘zaro birlashtiradi hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol ishning har bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo‘l-yo‘lakay ko‘rsatmalar, qo‘shimchalar kiritib boradi.
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo‘ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. Shuninguchun ular o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar va ayrim farkdar mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshirikdar yechish jarayonida tug‘ila-di; 2) yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog‘liq; 4) ehtiyojlarni qondirish-ning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vu-judga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar bilvosita-lik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, muammoli vaziyatda aqp faoliyati natijalari ong nazoratidagi obrazlar, tasavvurlar hamda tushunchalar tizimida ifodalanadi. Obrazlar vatasvirlar tanlash (saralash) xayolning funksiyasi orqali, tushunchalar va ularning yangi-lik alomatlari esa tafakkur yordamida ro‘yobga chiqadi. Tasavvurlar bilan tushunchalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi ikkita ijodiy xususiyat-li bilish jarayonlarining hamkorlikdagi ijodiy faoliyatida bir davrningo‘zida qatnashishni bildiradi.
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor boʻlgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qoʻshilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol - obraz tasavvur yoki gʻoya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayolning inson hayotidagi oʻrni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan boʻlsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib boʻlmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror oʻsimlikni oʻstirish uchun qoʻlga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib koʻrish lozim boʻladi. Shuning uchun xayol juda koʻp faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bogʻliq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bogʻliq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.
Xayol o‘zining faolligi bilan atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘nal-tirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xiz-mat qiladi. Ba'zi bir psixologik ma'lumotlarga qaraganda, goho xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlar-ning sun'iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson hyech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushningog‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-yalanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning ta'qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 6) alko-golizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) tur-mushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin