Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga ogʻirlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari-gavda muskullari, paylar, boʻgʻimlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud boʻlib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul - harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat reseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan boʻladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda, qiziloʻngach, me’da, ichak, qon tomirlari, oʻpka va shu kabilarda joylashgan boʻladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qoʻzgʻatuvchilaridir.
Ularga quyidagilar kiradi: a) Ogʻriq sezgilar; b) chanqoq sezgilari; v) noxush tuygʻular; g) ochlikni sezish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
2. G`oziyev E. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
3. Petrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
4. Ivanov P.I. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
5. Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god.