O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə21/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Ovqatlanish instinkti - hayvonlarning oʻzi va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat gʻamlash harakatlaridir.
Himoyalanish instinkti - hayvon oʻz hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki koʻrinishda sodir boʻladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi oʻzini himoya qilishdir. har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-qidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi oʻz zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta boʻlmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. hayvonlar uni orqasidagi uzun chiziqidan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tugʻilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini oʻgirib, dumini koʻtaradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida "qushidan ketib qoladi". Amerika qit’asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab oʻtishga harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh hayvonlarni oldiniga oʻralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi. Erkinlikka qoʻyib yuborilgan skunslar oʻrmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini oʻgirib turishaverdi va dushmanlarining yengilgina oʻljasiga aylanishdi. Shundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usullari topildi.
Nasl qoldirish instinkti - bu ota-onalik instinkti sifatida koʻrinib, nasl - avlod uchun gʻamxoʻrlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, xavf-xatardan saqlash oʻz bolalarini parvarish qilish tugʻma mahoratiga ega boʻlib, oʻz naslining kelajagi haqida gʻamxoʻrlik qiladi. Jumladan, oʻrgimchakning ba’zi turlarida urgʻochilari oʻz tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urgʻochi oʻrgimchak qoʻriqlab va tez-tez koʻchirib yuradi, oʻrgimchak bolalari paydo boʻlishi bilan urgʻochi oʻrgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qoʻriqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urgʻochi oʻrgimchak ham ularga shuncha befarq boʻla boradi va soʻngra esa oʻrgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan boʻlib, qolgandan keyin ularni tashlab ketadi.
Toʻda boʻlib yashash instinkti-bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan oʻzaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, toʻdalashib, poda boʻlib, gala boʻlib yashashlarida zohir boʻladi. Bu toʻdalanish ba’zi hayvonlarda doimiy xarakterga ega boʻlsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar), ba’zilari esa oʻziga oʻxshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun uchun eng qoʻrqinchli yirtqich hisoblanadi. qoplon maymunlarga yerda doim mushukdek chaqqon hujum qiladi, Shimpanze doim kuchli hayvon, lekin qoplondan ularga doim kun yoʻq. Shimpanzelar qoplonni odatda yomon koʻradilar, uni koʻrishlari bilanoq shimpanze maymunlari toʻda boʻlib, vahshiyona bukchayib qoʻllarini pastga tushirib, sakrab,
baqirishib hayvonni hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qoʻllariga kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut emizuvchilar podasi, yirtqichlar toʻdasi, hayvonlarning doimiy toʻda boʻlib yashash shaklidir.
Ma’lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha oʻnlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari yetishmagan)lar boʻladi. Ishchi arilarning xatti -harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini oʻzgartira boradi. Oldiniga u asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, soʻngra uyani qoʻriqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Yerda yashaydigan arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U oʻziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni ogʻzini tuproq bilan qoplaydi. Oʻljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qoʻyib, haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib koʻradi, shundan keyingina uni uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tugʻma va nasldan-naslga oʻtadigan ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga eng muvaffaqiyatli uygʻunlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yoʻl bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan oʻylab bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tugʻilgan sichqon bolalarini choʻmiltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni oʻz bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon bolasi ekanligini anglamaydi. Oʻrdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u oʻrdak tuxumining farqiga bormasdan, shu tuxumdan chiqqan oʻrdak bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa yurib ularning tovuq joʻjalari emasligini anglamaydi. Demak, instinktlar doimo bir shaklda koʻrinadigan harakatlardir, ammo instinktlar sharoitga muvofiq oʻzgarishi mumkin.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin