O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Psixologiyaning tadqiqot metodlari



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə12/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Malumki, har qanday fan oʻz predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti psixika boʻlib, u obektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan va shakllangan obraz subekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yoʻnaltiradi.
Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun malum bir metodlardan foydalanadi. I.P.Pavlov "Metodning qoʻlida tadqiqot taqdiri yotadi" degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi.
Metodologiyani keng manoda oladigan boʻlsak, u malum tizimga ega boʻlgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega boʻlgan metodlardir. Koʻpchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb takidlaydilar.
Metodologiya (yunoncha methodes - bilish, tadqiq qilish, izlanish yoʻli, logos - tushuncha, ta’limot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi ta’limotdir. Metodlar - psixologiyani oʻrganish usullari va yoʻllari yigʻindisi, "Metod" bu bilish, anglash yoʻli boʻlib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi (S.L.Rubinshteyn).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, psixologik tadqiqotlarning tashkil etilishiga va oʻtkazilishiga malum bir talablar qoʻyiladi. Ular quyidagilardir:
-Tadqiqotlarni rejalashtirish. Metod va metodikalarni tanlash va ularni sinab koʻrish.
-Tadqiqotni oʻtkazish joyi.
-Tadqiqotni texnik jihozlash.
-Tadqiq qilinuvchilarni tanlash.
-Tadqiqotchi, shubhasiz, tadqiqotning borishiga tasir etadi va tadqiqotni rejalashtirishdan to xulosa va tavsiyalar chiqarishga qadar ma’suliyatni his qiladi va bu muhim ahamiyatga ega.
-Koʻrsatma - u aniq va qisqa boʻlishi lozim.
-Tadqiqot qoidasi bayonnoma toʻliq va maqsadga yoʻnalgan boʻlishi kerak.
-Tadqiqot natijalarini qayta ishlash.
Tadqiqot murakkab jarayon boʻlib, uning oʻz bosqichlari va pogʻonalari mavjud.Psixologik tadqiqot bosqichlarini quyidagi sxemada koʻrish mumkin


Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin