O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Shunga koʻra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə9/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Shunga koʻra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.


Tamoyil - ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga koʻra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit oʻzgarishi bilan oʻzgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga koʻra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini oʻrganish orqali xatti-harakatlardan koʻzlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga koʻra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni toʻgʻri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida oʻz aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yoʻnaltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida oʻyinlar bilan oʻspirinlik yoshida oʻqish bilan bogʻliq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo boʻlib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.
«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika»ni qo‘llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar sanaladi.
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati — ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan subyektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani subyektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi va ularning kechishi bilan shug‘ullanishi zarur, uning asosiy metodi o‘zini o‘zi kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini o‘zi kuzatishi) bo‘lmog‘i kerak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fani-ning keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mut-laqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi.Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik ja-rayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche — «jon», somoto — «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson akl-zakovati va qo‘lining mo‘jizakorligi moddiy va ma’na-viy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi, o‘zining xususiyatlarini ajra-tadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmala-rining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisa-lar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixolo-gik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik.Bugungi kunda psixologiya to‘g‘risidagina emas, balki uning soha-lari bo‘yicha ham boy ilmiy materiallar to‘plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot pred-metiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixolo-giya, iste’dod psixologiyasi), tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya, psixogigiyena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixo-logiya (mehnat tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik eksperti-zasi), harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psi-xologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin