O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə28/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat boʻlib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning oʻziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan boʻladi.
Eshitish sezgilari organi quloq boʻlib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yoʻlidan iborat. Oʻsha quloqlar nogʻora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolgʻacha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) oʻzaro birlashmagan uchta boʻlakdan tuzilgan.
Tashqi quloq havo toʻlqinlarini yigʻuvchi karnay vazifasini bajaradi. Nogʻora parda va unga yopishgan suyakchalar havo toʻlqinlarini ichki quloqqa uzatadi. Oʻrta quloq maxsus yoʻl orqali ogʻiz va burun boʻshligʻi bilan tutashgan boʻladi. Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, oʻrta qismi kameradan va pastki qismi chigʻanoqdan tashkil topgan.
Ichki quloqlarning uchchala boʻlimi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chiqanoqdan iborat boʻlib, uning ichida kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega boʻlib, asosida membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat boʻlib, ular tarang tortilgan toʻrlarga oʻxshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qoʻllari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar poʻstining boʻlagida joylashgan.
Havo toʻlqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida eshitish sezgilari hosil boʻladi. Agar musiqaviy tovushlar havo toʻlqinlarining sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin