O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə31/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

8-MAVZU: IDROK. XAYOL


REJA:
1.Idrok haqida tushuncha
2.Idrokning nerv-fiziologik asoslari
3.Xayol haqida tushuncha
4.Xayol jarayonlari va turlari


Mashg‘ulotning maqsadi: Idrok, Xayol haqida talabalarga uning xususiyatlari, insonning tajribalar to‘plash jarayonidagi ahamiyati to‘g‘risida malumot berish.


Idrok haqida tushuncha

Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon boʻlib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, koʻnikmalar bir davrning oʻzida namoyon boʻladi, aks ettirishda ishtirok etadi.


Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, toʻlaroq aks ettirish jarayoni boʻlib, sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya’ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani koʻrgan paytimizda uning shakli, rangi, ta’mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir.
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi.
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a’zolarimizga ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" oʻquv qoʻllanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi koʻplab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak boʻlgan ob’ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta’minlaydi.
Keltirilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta’rif berish mumkin: Idrok-deb sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud boʻlmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrok qoʻzgʻatuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yigʻindisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib boʻlmaydi. Idrok oʻziga xos tuzilishga ega boʻlgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok deyiladi. Idrokning sezgidan farki, narsalarni umumlashgan xolda, uning xamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muxim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir.
Idrokning predmetliligi ob'ektivlashtirish xodisasi deb atalgan xodisada, ya'ni tashki olamdan olinadigan axborotlarning usha narsaga mansubligida ifoda kilinadi.
Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-xarakatni boshkarishda aloxida rol uynaydi. Biz narsalarga ularning kurinishiga karab emas balki ularni amaliyotda kay tarzda ishlatishimizga muvofik xolda, yoki ularning asosiy xususiyatlariga karab xam baxolaymiz. Predmetlilik persevtiv jarayonlarning uzini ya'ni idrok jarayonlarning bundan keyingi shakllanishida xam rol uynaydi.
Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitliligidadir. Sezgi a'zolariga ta'sir kiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farkli ularok, idrok narsaning yaxlit obrazi xisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari xakida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaligi bilan boglan–gandir. Idrok ma'lum darajada bizning bir laxzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yigindisi xam emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavxumlashgan va bir muncha vakt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi biror kuyni tinglayotgan bulsa, oldinrok eshitgan oxangi yangisi eshittirila boshlagandan keyin xam uning kulogiga chalinayotganday tuyulaveradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob'ektlarning uziga xos xususiyat–laridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya'ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir.
Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok kilish sharoitlari uzgarishiga karamay, narsaga xos bulgan kattalik, shakl, rang va boshka xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajsi uzgarishiga karamay, biz korni ok, kumirni kora narsa sifatida idrok kilaveramiz. Kizil chirok ostida kitob saxifasi kizil bulib kurinsa xam uni ok deb, samolyotdan karaganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina bulib kurinsa xam ularni odatdagiday kattalikda deb idrok kilaveramiz. Kitob kanday kurinsa xam uni turtburchak deb, stakandagi koshik sinik kurinsa xam uni butun deb idrok kilamiz.
Narsalarning shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok kilish amaliy jixatdan nixoyatda katta axamiyatga egadir. Idrokning konstantliligina tevarak atrofdagi narsalarni aslida kanday bulsa shundayligicha ob'ektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Persevtiv sistemaning faol ta'sir kursatishi idrok konstantliligining xakikiy manbaidir. Bir narsaning bir necha kurinishda bulishi uning invarianliligi deb, ya'ni obraz invarianliligi, xilma xilligi deb aytiladi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining utmish tajribasiga boglik bulib, bu xususiyat appersepsiya deyiladi.
Demak, idrok fakat narsa emas, idrok etayotgan sub'ektning uziga xam boglikdir. Idrokda xamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining extiyojlari, kizikishlari, intilishlari, istaklari va xis-tuygulari u yoki bu tarzda aks etadi. (Kandaydir shakllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok kilish).
Shunday kilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloka mexanizmi mavjud bulgan va idrok etilayotgan ob'ektning xususiyatlariga xamda uning xayot sharoitlariga moslashadigan, uzini-uzi tartibga soluvchi uziga xos xodisa ekanligi bilan xam izoxlanadi.
Idrokning anglangan bulishi. Garchand idrok kuzgatuv–chisining retseptorlarga bevosita ta'siri natijasida xosil bulsa xam, perseptiv obrazlar xamisha muayyan ma'noli axamiyatga ega buladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning moxiyatini tushunib yetishi bilan, uning kuplab xossalarini bilish bilan xam boglikdir. Narsani anglab idrok etish - unga fikran nom berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruxiga, sinfiga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish demakdir. Shu nuktai nazaridan olganda gox shakl, gox fon navbatma navbat idrok etish, «Ikki mazmunli» deb ataladigan rasmlar dikkatga sazovordir. (Kubiklar nechta?, vaza yoki bir biriga karab turgan odamlarmi? va xokazo rasmlar.)
Shunday kilib, idrok sub'ektning bundan oldingi tajribasiga boglik buladi. Kishining tajribasi kanchalik boy bulsa, uning bilimlari kanchalik boy bulsa, uning idroki shunchalik tulik buladi, buyumda u shunchalik kup narsalarni kura oladi.
Idrokning mazmuni kishi oldiga kuyilgan vazifa bilan xam uning faoliyati sabablari bilan xam belgilanadi.
Sub'ektning ustanovkasi (yul–yurigi) xam, xis – xayajonlari xam idrok mazmuniga ta'sir etadi.
Idrok xam sezgi kabi reflektor jarayondir. Shartli reflekslar, miya pustlogidagi muvakkat boglanishlar idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bosh miya pustida eng kuchli, dominant kuzgalish uchastkalarining yuzaga kelishi shaxsning xususiyatlari yoki xolati bilan boglik bulgan idrok yunalishining fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning fiziologik asosi nerv boglanishlarining ikkita turidan - bitta analizator doirasida xosil buladigan boglanishlardan va analizatorlararo boglanishlardan tarkib topadi. (Bitta retseptor va bir necha retseptor bilan idrok kilish).
Idrokni klassifikatsiya kilinishida xam sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farklarga asoslanadi. Idrok etishda kaysi analizator ustunrok kelganiga muvofik kurish-eshitish, paypaslab kurish, kinestezik, xidlash va ta'm bilish yuli bilan idrok kilinishi farklanadi.
Idrok kilish jarayoni odatda uzaro birgalikda bir kancha analizatorlar vositasida sodir buladi. Xarakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi.
Materiyaning mavjud bulish shakllari - fazo, vakt va xarakat idrokni tasniflashga (klassifikatsiyalashga) binoan fazoni idrok etish, vaktni idrok kilish va xarakatni idrok etish kabi aloxida turlari ajratib kursatiladi.
Idrok - pretseptiv xarakatlar sistemasi bulib uni egallash maxsus urgatishni va tajribani talab kiladi. Ixtiyoriy idrok etishning muxim shakli kuzatish bulib, u narsalarni yoki tevarak atrofdagi xodisalarni kura bilish, bila olish va rejali idrok etishdir. Kuzatishning muvaffakkiyati kup jixatdan vazifaning anikligiga, kuzatuvchining tajribasiga va bilimiga boglikdir.

Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon boʻlishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning oʻzlashtirilgan bilimlari, toʻplagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.


Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan koʻp qirrali, koʻp yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki oʻsha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan: toshkoʻmir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qogʻozdan koʻproq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan oʻzgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok sezgilarimizning oddiy yigʻindisidan iborat deb boʻlmaydi. Idrok jarayonida turli sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Odam oʻz turmush tajribasida juda koʻp narsa va hodisalarni takror-takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir. Shuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega boʻlgan odam (ya’ni katta yoshli odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. hech qanday turmush tajribasiga ega boʻlmagan odam, (ya’ni chaqaloq, bolalar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yoʻnaltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.
Diqqat qaratilgandagina ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni ravshan idrok etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari orttirgan turmush tajribasi ishtirok qilar ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bogʻliqdir.
Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi. Mashhur rus fizologlaridan I.I.Sechenovning ta’kidlashicha, odam hozirgi idrokidan hosil boʻlgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab koʻradi. Agar hozirgi idrokdan hosil boʻlgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga
toʻla mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar hozirgi idrokdan hosil boʻlgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya’ni ayni chogʻda idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok jarayonida nutq va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon boʻladiki, har bir idrok nihoyasiga borib, hukm shaklida, ya’ni chigal gap shaklida ifodalanadi. Chunonchi odamni yoki biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu piyola" deb tugallaymiz. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay olmasak, ya’ni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar boʻlsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida oʻylay boshlaydi.
Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda koʻrinadiki, odam oʻzidan allanimalarni qoʻshib, idrok qilayotgan narsasidan hosil boʻlgan obrazning mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi toʻda-toʻda bulutlarga qarab, ularning shaklini nimalargadir oʻxshatish mumkin. Idrok jarayonida xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol koʻrinadi.
Idrok jarayonida his-tuygʻularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan narsalarimizga nisbatan hosil boʻladigan munosabatlarimizda koʻrinadi. Odam idrok qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda boʻlmaydi. Agar odam ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa boʻlgan, kayfiyati buzilgan boʻlsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana hissiyotlarga nisbatan boʻlsa ham sodir boʻladi. Bundan tashqari idrok hissiy holatning ishtiroki yana shunda ochiq ravshan koʻrinadiki, odam qattiq qoʻrqinch hissini boshidan kechirayotgan paytda idroki yanglish boʻladi, ya’ni kuchli hissiy holat ta’sirida ayrim narsalar boshqacha boʻlib koʻrinadi. Chunonchi kechasi qorongʻi koʻchada qoʻrqib kelayotgan odamga roʻparasidagi toʻnka pisib, poylab, oʻtirgan odamga oʻxshab koʻrinadi. Shuning uchun ham " qoʻrqqanga qoʻsha koʻrinar" degan xalq maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati choq, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli boʻlib tuyuladi.
Ma’lumki, idrok sezgi a’zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a’zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim oʻrinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda koʻrish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a’zosining yetakchilik rolini oʻynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan, koʻrish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta’m bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud boʻlib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok qilishda koʻrish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bogʻliq. Ular muayyan makonda ma’lum vaqtda sodir boʻladi. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma’lum munosabatda shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir.
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon qisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
-Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi koʻrish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta’m bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi.
-Har bir idrok tarkibiga kishining oʻtmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin