O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə32/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Appersepsiya
Idrokning oʻziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot mazmunining (ya’ni butun ma’naviy boyligining) ta’sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bogʻliq ekan, binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch, e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta’sir qiladi. Psixologiyada idrok
jarayoniga odamning butun ma’naviy hayot boyligini ta’sir etishini appersepsiya deb yuritiladi. Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar oʻzaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, daladagi gullab turgan paxtani oddiy bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan boʻlsa, albatta, ularning idroklari, ya’ni paxtani aks ettirishlari juda katta farq boʻladi. Talaba shunchaki, odatdagi oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning qanday navi, taraqqiyotning qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi va shu kabilar bilan birga chuqur hamda juda toʻla idrok etadi. Pedagogik va psixologik bilimlarga ega boʻlgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo xabarsiz boʻlgan oddiy bir onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari oʻrtasida keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar oʻsimliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildizi koʻrinishida, ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-urugʻchilik shaklida koʻz oldiga keltiradilar. Appersepsiya tushunchasi ba’zi hollarda idrokning aniqligi, toʻliqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma’nosi oʻrnida qoʻllanilgan. Psixologik nazariyalariga koʻra, appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi,
motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bogʻliq boʻlib, u oʻta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emosional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt koʻrinishidagi his-tuygʻularida, ularning sur’ati, davomiyligi tizimida oʻz ifodasini topadi.
Idrok xususiyatining yana bir oʻziga xos xususiyati uning konstantligidir. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil boʻlgan obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos boʻlishini tushunamiz. Ma’lumki, narsalarning hajmi (katta yoki kichikligi) shu narsalarni qanday masofadan (uzokdan yoki yaqindan) idrok qilayotganimizga qarab oʻzgarib turadi. Lekin shunday boʻlsa ham idrok qilishdan hosil boʻlgan narsalarning ongimizdagi obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy holatiga mos boʻladi, masalan, katta yoʻlda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek kichkina boʻlib kelayotgan avtobusni koʻrib, "kichkinagina avtobus" kelyapti demaymiz. Uzoqdagi avtobusni idrok qilishda ongimizda hosil boʻlgan obraz avtobusning real hajmiga teng boʻladi. Yoki tepamizdan katta balandlikda uchib ketayotgan hozirgi zamon yirik passajir samolyotlarini koʻrib, kichkina samolyotchalar uchib ketishayapti, deb aytmaymiz. Biroq shu narsani aytish kerakki, idrokning konstantligi hususiyati ham odamning turmush tajribasi bilan bogʻliqdir. Chunonchi, umrida hech qachon hozirgi zamon katta passajir samolyotlarini koʻrmagan odam baland uchib ketayotgan samolyotni idrok qilib, uning real hajmini (qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi.
Koʻrishda masofa, rang, shakl, hajm konstantliklari roʻy beradi. qalamni 20 va 1sm masofadan idrok qilish, doskani 1 va 10 m masofadan idrokqilish, oq qogʻoz yoki quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni koʻz shuur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq koʻrmaydi, balki ular haqiqatdan qanday mavjud boʻlsa, shunday koʻradi. Bu kishining tajribasi, ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin