O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə8/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

B.R.Qodirov (psixologiya fanlari doktori, professor) oʻzining ijodiy faoliyatini iqtidorli yoshlarni oʻrganishga bagʻishladi. U differentsial psixologiya sohasida yoshlarning individual xususiyatlarini oʻrgandi. Yoshlarda ijtimoiy qiymatga ega boʻlgan oʻquvchilarning faoliyat yoʻnalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarining miya mexanizmlari oʻrganildi. Yoshlarni u yoki bu ijtimoiy faoliyat yoʻnalishlarini tanlashlari elektroensefalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlari tadqiq qilindi. Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va layoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar borligini isbot etdi. Zehn testlari majmuasi shakllantirildi.
Psixologiyaning asosiy tamoyillari

Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni oʻz ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali boʻlishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yoʻnalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yoʻnalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yoʻnalishi hayvonlarda oʻtkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan boʻlib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. "Bixeviorizm" ingliz tilida "xulq-atvor" degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, xulq bilan tashqi muhit oʻrtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qoʻzgʻatuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qoʻzgʻatuvchiga oʻq otish, unga qanday javob reaksiyasi boʻlishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tugʻdirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi "S -> R" dir.


Freydizm yoʻnalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga koʻra hayvonga oʻxshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga boʻysundirilgan boʻladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd oʻzining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.
1923-yilda psixologlarning birinchi yigʻilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol oʻynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik oʻzbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.Gʻ.Gʻoziyev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, Gʻ.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar oʻzlarining gʻoyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan "mustaqillik", "tanqidiylik" kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga boʻlgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini oʻstirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya boʻlimlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi.
Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar oʻtkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar hoʻlga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada koʻpaydiki, ular ma’lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos boʻlishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi.


Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin