O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə5/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Abu Ali ibn Sino oʻz ijodi davomida faqat ilmiy izlanish ishlarini olib bormadi, balki badiiy adabiyot sohasida, she’riyat sohasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Uning she’rlarida, hikoyalarida va oʻzi haqida ham xalq ogʻzaki ijodida koʻplab asarlar bitilgan. Ibn Sino bu badiiy adabiyot sohasidagi ishlarida fan yutuqlarini bayon etib berishni, bu orqali insonlarga bilim berishni ham maqsad qilib oldi.
Ibn Sino inson temperamentini oʻrganib uni yoshiga, tanasidagi suyuqliklarning kam-koʻpligiga qarab, ayol va erkakligiga qarab oʻrganishga harakat qiladi. Bularni ham u she’rlarida bayon etib bergan. Ibn Sino ruboiylarida ham ruhiyatga tegishli fikrlarni aytib oʻtgan.
Abu Ali ibn Sino she’riy dostonlarida inson ruhiyati va tabiatiga xos boʻlgan hislatlar yaxshi yoritib berilgan. Deylik erkak va ayollar mizoji haqida shunday yozadi:
Issiq, quruqlik, er mizoj bilgil ani,
Hoʻllik, sovuqlikka maskan otin tani.
Qayda semiz, duch kelsa-chi, yumshoq badan,
Hoʻllik, sovuqliklar ancha aylar vatan.
Nozik boʻlib, gavda agar boʻlsa oriq,
Unday odam doim mizojidur quruq.
Gavda ichida gar oʻlur keng-keng tomir,
Issiq alomatlar anga zamir.
Gar oʻlsakim aksi aning bitganchalik,
Unda odam mizojlari oʻtkir sovuq.
Gavda mizoji gar tuzilsa ma’tadil,
Tanlar oʻziga oʻrtacha makon-manzil. (Abu Ali ibn Sino. SHe’rlar va tibbiy dostonlar. – T.: 1981 y. 60-61-betlar).
Abu Ali ibn Sino bu she’rida insonga xos boʻlgan mizojlar, ya’ni sovuq va quruq yoki issiq mizojlarni koʻrsatadi. Bunday mizojlar insonga, uning ruhiyatiga ta’sir etmay iloji yoʻq. Bu insonning temperamenti, xarakteri, jismonan tuzilishiga, kerak boʻlsa, uning hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi jihatlar hisoblanadi. Ibn Sinoning “Salomon va Absol”, “Tayr”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Yusuf” kabi asarlari uning buyuk faylasuf, ruhshunos ekanligidan xabar beradi.
Abu Rayhon Beruniyning psixologiyaga oid fikrlari asosan falsafiy masalalarni muhokama qilish davomida, falsafa muammolariga singib ketgan holda hal qilinadi. Bu bilish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqdir.
Abu Rayhon Beruniy oʻzining ilmiy asarlarida bilish bilan bogʻliq masalalarga qiziqib ularni oʻrganishga harakat qilgan edi. Beruniy merosini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, u oʻzini ilk asarlaridan tortib to soʻnggi asarigacha insonning bilish jarayonini oʻrganishga, uning yuz berishini anglashga intilgan.
Beruniyning fikricha, bilish jarayonining asosini hissiy bilimlar tashkil etadi. Agarda sezgi organlari boʻlmaganda edi, inson dunyo haqida, uning tuzilishi haqida bilimlarga ega boʻlmas edi. Masalan, insonda koʻz boʻlmaganda u ranglar haqida tasavvurga ega boʻlmas edi.
Insonning sezgi organlari, hayvondagi sezgi organlari bilan umumiy koʻrinishga egadir. Beruniy hayvonlardagi har bir sezgi organini uni oʻrab turgan borliqqa moslashishi bilan bogʻlab tushuntirib beradi. Beruni oʻz fikrlarini xulosa qilib shunday yozadi: “Ushbu sezgilar tufayli ularning (hayvonlarning) hayotida tartib boʻladi va bu tartib har doim mavjuddir (Mineralogiya)”. Insonning sezgi organlari ham mana shu maqsadlarga qaratilgandir, ya’ni unga oʻzidan tashqarida boʻlgan hodisalar haqida sezgi organlari axborotlar berib turadi. Sezgining har xil koʻrinishlari oʻzida har xil sifatiy farqlarga ega boʻlib, dunyoning turli-tuman koʻrinishlarini sezishga, his etishga imkon beradi. Beruniyning fikricha, har bir sezgi organi ma’lum bir qoʻzgʻatkichlarga javob beradi.
Beruniy asarlari va amaliy faoliyati koʻp fanlarni rivojlanishi uchun xizmat qilgan. U inson va xalqlar hayotini oʻrganish orqali, ularning urf-odatlari, an’analarini, oilaviy jarayonlarini, xalqlarda bu oilaviy-ruhiy jarayonlarni kechishi har xil boʻlishini oʻz asarlarida koʻrsatib berish orqali ularning psixologik jarayonlarini ham oʻrganganligini koʻrish mumkin. Xalqlardagi urf-odatlar va udumlar shu xalqning yashash sharoiti bilan birga ulardagi ruhiy-psixologik kechinmalarni ham ifodalaydi. Bular esa Beruniy asarlarida muhokama ob’ekti boʻlgan.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin