Оʻzbekistоn respublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 22,62 Kb.
səhifə4/4
tarix28.09.2023
ölçüsü22,62 Kb.
#150023
1   2   3   4
Norqobilova Gulnora

Qadimgi Xitoy afsonalari.
Qadimgi Üá("Shi jing") "She'rlar kitobi"da shunday yozilgan: "Ayrimlar qashshoqlikda va qo'rquvda yashaydi, boshqalar esa sharob va musiqa eshitib rohatlanadilar", "kimda kim ekmasa va mehnat qilmasa, mo'l hosil yig'adi". Bu esa o'z davrining ilg'or kishilarida ^ "samo" va ^^ "ajdod"lar ruhiga ishonmay qo'yishiga olib keldi. Masalan, qadimgi she'rlarda shunday satrlarni uchratamiz: "Samo yovuz va adolatsiz, u insonlarga faqat ofat yog'diradi" Vafot etgan ajdodlarni ular insonparvarlik va insonlarga muhabbat hissidan ajrab qolib, tashlab ketgan o'g'lon va nabira va avlodlari haqida qayg'urmay qolganlikda ayblaydilar. Kishilarda jamiyatni bunday firklashi Qadimgi Xitoyda asta - sekin ateizmning paydo bo'lishiga olib keldi. U konservativ qabila zodagonlariga qarshi kurashda jamiyatning
progressiv (ilg'or) kuchlarining jangovar quroli sifatida xizmat qildi. Xitoy falsafasiga xos bo'lgan yana bir jihati bu xitoy faslafasida tabiiy fanlarni o'rganishga kam ahamiyat qaratilganligi bilan tasniflanadi. Masalan, xitoy falsafasida metodologik jihatdan tabiiy fanlarga xos bo'lgan ilmiy tushunchalar u yoki bu darajada o'z ifodasini topmagan. Faylasuflar tomonidan tabiiy fanlar ma'lumotlariga murojaat etishni lozim topmaganligi ham bunga ma'lum qadar sabab bo'lgan. Ayrimlar modichilar va natural faylasuflar maktabini bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Ammo, ushbu o'rinda ularning Chjou davridan keyinoq o'z faoliyatlarini to'xtatganlgini ko'zdan qochirmaslik kerak. Ana shu ma'noda ayrim ma'lumotlarda qadimgi Xitoy falsafasining tabiiy fanlardan ajratilganligi va mantiqqa oid masalalarning ishlanmaganligi, Xitoyda falsafiy tushunchalar shakllanishining sekin kechganligining asosiy sabablaridan biri bo'lgan edi, Qadimgi Xitoyning hunarmandchiligi ham takomillashgan edi. Shan In davridayoq, ya'ni eramizning ikkinchi ming yilligining ikkinchi yarmida sopol buyumlar, yog'ochdan turli maxsulotlar, asl bronza qurollar, shoyi matolar tayyorlanar edi. Er. avv. VI-asrda temirning tarqalishi ishlab chiqarishning barcha sohalarida, hattoki ijtimoiy munosabatlarda o'zgarishlarga va ilmiy bilimlarni yuksalishlarga olib keldi. Bu davrda katta qurilish ishlarini amalga oshirish, ko'p sonli saroy va shahar qalalarini qurish, quvur va suv tizimlarini barpo etish avj oldi. Mamlakat harbiy va savdo yo'llari tarmog'i bilan bog'landi. Ishlab chiqarishning barcha sohalaridagi ko'p asrlik ijodiy mehnat keyinchalik kelib fanning ham rivojlanishiga turtki berdi. Ayniqsa, bu davrlarda tabiat sirlarini bilishga bo'lgan intilish kuchaydi. Bu haqida, qadimgi H ii "Go yuy" va № ^ "Szyu chjuan" manbalarida ko'plab ma'lumotlar saqlanib qolingan. O'sha qadim zamonlardayoq 7K suv, k olov, ^^ yog'och, ^ oltin va er birlamchi unsurlar ekanligi haqidagi sodda falsafiy qarashlar yozib qolingan.

XULOSA.
Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o`rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta’sirini o`tkazgan. Yevropada XIX asrda vujudga kelgan falsafiy oqim – pozitivizm butun dunyo xalqlari tafakkuriga oʼz taʼsirini oʼtkazgan. Ushbu kitobda pozitivizmning Xitoyga kirib kelishi, qaror topishi va keng yoyilishi, xitoylik pozitivizm vakillari va ularning falsafiy qarashlari, falsafadagi boshqa oqimlar vakillari bilan oʼzaro munosabatlari va boshqa koʼplab masalalar batafsil yoritilgan. Kitob ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishlarda tahsil olayotgan talabalar, shu sohalarda dars beradigan oʼqituvchilar, umuman, falsafa faniga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.1-kitob. - Toshkent , 2004. - B.43.
Ziyonet sayti
Ziyouz.com sayti
Yüklə 22,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin