Оʻzbekistоn respublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 22,62 Kb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü22,62 Kb.
#150023
1   2   3   4
Norqobilova Gulnora

Xitoyda falsafiy qarashlar.
Xitoyda falsafiy qarashlar erta paydo bo'lgan bo'lib, jamiyatda qulchilik tizimining shakllanishi va sodda tabiiy bilimlarning rivojlanishi bilan o'zaro bog'liqdir. Arxeologlar suyaklarda topgan yozuvlari, ^^ (Shujing) "Shu-jing" deb nomlangan qadimgi kitob Xitoy munajjimlari Shan-in ^ ^ (Shang yin)davridayoq (er.av. 18-12asr) yilni 366 kundan iboratligini aniqlab, oy-quyosh taqvimini yaratganligidan guvohlik beradi. Oy va quyosh yillari o'rtasidagi farqni bartaraf etish uchun ular har 3 yilda taqvimga qo'shimcha oy qo'shdilar. Er. avv. 7 asrda esa ular oy-quyosh taqvimini takomillashtirdilar. Bunda har 19 yilga 7 ta qo'shimcha oy qo'shildi. Qadimgi Xitoy olimlari tomonidan oy-quyosh taqvimining yaratilishi Erga nisbatan yulduz, quyosh va oyning joyini o'zgarishini va harakatlarining ko'p asrlik kuzatuvlari natijasida asoslangan edi. Er.avv. ikkinchi ming yillikning oxiridan boshlab qadimgi Xitoy munajjimlari quyosh tutilishi haqidagi yozuvlarni olib bordilar. Ko'p o'tmay ularning davriyligidan xabardor bo'ldilar. Er. avv. 7 - asrdayoq yilni alohida davrlarga bo'linishini aniqlab beradigan yozgi va qishki teng kunlikni aniqlash uchun quyosh soatlari qo'llanar edi. Qadimgi manbalarda kameta va meteoridlar haqida ko'plab yozuvlar mavjud. Masalan, "Chun styu" yilnomalarida kametani eramizdan avvalgi 611 yilda qutb yulduzi hududiga kirganligi haqida yozilgan. Ularda meteor yomg'irlari haqida ham ko'p sonli yozuvlar mavjud. Xususan er.av. 687 yilning 6 martida bo'lib o'tgan meteor yomg'irihaqida yozilgan. Er.avv. 4-asrda Xitoy munajjimlari Gan De va Shi Shen yulduzlar haqidagi 2 ta kitobni yozdilar, keyinchalik u "Gan Shi Sin-stzin" nomi bilan bitta umumiy yulduzlar katalogini tuzdilar. Bu dunyo bo'yicha tuzilgan yulduzlar haqidagi dastlabki katalog edi. Qadimgi Xitoyda astronomiya bilan bog'liq materialistik fanlar yuqori darajaga erishdi. Masalan, Chjan Stan (er.avv. 2-asrning birinchi yarmi) va Stzin Chou-chan (eramizning. 1 asri) qadimgi manbalarga asoslanib "9 bobdan tashkil topgan arifmetika" oid kitob yaratdilar. Unga muvofiq koeffistientlarni tenglashtirish yordamida noma'lumlarni izchil istisno qilish yo'li bilan 2 ta va 3 ta noma'lum soni bo'lgan birinchi darajadagi tenglamalarni echishda tizimli uslub bayon etiladi. Bu asarda matematika tarixida ilk bor manfiy sonlar va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari berilgan.

Yüklə 22,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin