Оʻzbekistоn respublikаsi оliy tа’lim, fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 22,62 Kb.
səhifə2/4
tarix28.09.2023
ölçüsü22,62 Kb.
#150023
1   2   3   4
Norqobilova Gulnora

Reja:
1.Qadimgi Xitoy falsafasi.
2.Xitoyda falsafiy qarashlar.
3.Qadimgi Xitoy afsonalari.

Qadimgi xitoy falsafasi.
Qadimgi Xitoy afsonalar to'plami eramizdan oldingi VII-V asrlarga taalluqli "Tog'lar va dengizlar kitobi" (Shan xay stzin)da bayon etilgan. ''O'zgarishlar kitobi'' da olamning asosi ham bayon etilgan, in-yan falsafasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Chi-birinchi moddiy ibtido hisoblanadi Chi (Xitoycha - havo, gaz, nafas, efir) Xitoy falsafasidagi asosiy tushunchalardan biridir. Umumiy ma'noda eng kichik zarrachalar ko'rinishidagi dunyoning moddiy ibtidosini anglatadi. Bu kichik zarrachalar doimiy holatdagi nafas olishda bo'lib, gohida quyuqlashib ashyolarni tashkil etadi, gohida esa, tarqalib ketib, yoyilish oqibatida ashyolarni o'zgarishi va yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, chi-bu moddiy kuch, energiya yoki hayotiy kuch-quvvat bo'lib qon va nafas bilan bog'langandir. U bunday sifatiy ko'rinishda ashyolar va insonlarning tashkil topish jarayonida ishtirok etadi. Chi tushunchasi "Sisi-chjuan" asarida uchraydi, Van Chunning moddiyuncha ta'limotida muhim o'rinni egallaydi, hamda Syun-szi (er.ol. 298-238 yillar) ijodida o'z aksini topgan. Qadimgi Xitoyning eng muhim manbalaridan biri bu "O'zgarishlar kitobi" (er.ol. XII-VI asrlar)dir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga o'tish boshlanganligini mushohada etish mumkin. "O'zgarishlar kitobi"ning eng muhim qismlaridan biri - In va Yan unsurlari haqidagi ta'limotdir. Yan qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga kirib boruvchi, ashyolarni bilish yo'lini yorituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik o'rin ajratilgan, negaki, u qorong'ilik ibtidosidir. In va Yanning harakati - yagona narsada yuz beradigan o'zgarishlarning dialektik harakatidir. In va Yanning o'zaro bir-biriga kirishidan ularning o'zaro ta'sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo bo'ladi. "I Ching" ning o'ziga xos grafik belgilardan tashkil topgan 64 geksagramm shakllaridan iboratdirki, ularning turli xilda qo'shilishi vositasida vujudga kelgan sakkiz trigramm (ba chua) dan ikkitasi dunyoning sakkiz birinchi asosining ibtidosidirlar. An'anaviy aqidaga muvofiq, Ba chua osmondan afsonaviy imperator Fusiga (er. ol. 2852-2738 yillar) tushirilgandirlarki, u ularni sharhlab, ikki barobarga ko'paytirib geksagrammalarga aylantirgan. Ularda o'z ifodasini topgan g'oyalar ehtimol In davrining oxiri Chjou (er.ol.XI-X asrlar) davrining boshida paydo bo'lgan bulsa ham, ammo keyinchalik, eramizdan oldingi birinchi ming yillik o'rtalarida shakllangan. Chjuan-stzinni tushuntiruvchi etti matn mavjud bo'lib, ulardan uchtasi ikki qismga bo'lingan va "O'nta qanotlar" ("Shin"), deb atalgan o'nta sharhlarni tashkil etadi. Ularni Konfusiyga taalluqli, deb bilishgan. Ammo hozirgi zamon tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ular turli mualliflar tomonidan taxminan eramizdan oldingi V-III asrlarda vujudga kelgan. "I Ching" falsafasining mohiyati "Sisi-chjuan" ("Shin"dan biri) kitobida va "Muqaddas matn"da bayon etilgan: uning asosida doimo o'zgarib turadigan Koinot yotadiki, undagi in va yan kuchlarining o'zaro ta'siridan barcha ashyolar va hodisalar vujudga keladi. Ba chuaning kelib chiqishi haqida quyidagilar aytilgan: "O'zgarishlar (jarayoni) Taystzidan boshlanadi. Buyuk hudud ikki birlamchi mohiyatni tug'diradi (ya'ni, in va yan kuchini yoki osmon va erni).(ular) to'rt ramzni tug'diradiki..., ulardan sakkiz trigramm ibtidosi kelib chikadi. Sakkiz trigramm baxt-saodat (omad) va badbaxtlikni (omadsizlik) ifoda kiladi" Barcha hodisalar va ashyolarning boshlang'ich manbasi styan va kun trigrammlari hisoblanadi: styan ularni vujudga keltiradi, kun esa, ularni o'stiradi.

Yüklə 22,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin