5. Mustaqil ishlar mavzular mazmuni va ularga ajratilgan soatlar Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o‘ziga xosliklari hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza mavzusi asosida tashkil etiladi. Fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi:
adabiyotlar bilan ishlash;
ijodiy ish;
ba’zi mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlash;
mavzu yuzasidan video rolik tayyorlash;
mavzu yuzasidan prizintatsiya qilish;
belgilangan mavzu yuzasidan 1 soatlikka mo’ljallangan namunaviy dars ishlanma tayyorlash;
Mustaqil ishlarni tashkil etishda internet va axborot manbalaridan doimiy foydalaniladi.
Mustaqil ta’lim talabalar mustaqil o‘rganadigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari mavzularidan iborat. Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga mavzularni tushinish va o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlanishiga umumiy dunyoqarashning kengaytirishga yordam beradi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan talablarning bir yoki bir nechtasidan foydalangan holda mustaqil ta’lim mavzusi tayyorlanadi.
6. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar Mazkur fanni o‘qitishning muvaffaqiyatini ta’minlash maqsadida dars o‘tish jarayonida qo‘llaniladigan yangi Ta’lim texnologiyalardan keng foydalaniladi. Xususan ma’ruza, seminar tashkil etishda “Aqliy xujum”, “Klaster”, “Venn diogrammasi”, “SWOT - tahlil jadvali”, “Kaskad”, “Arra”, “Baliq skeleti” kabi usullar.
7. Kreditlarni olish uchun talablar Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettirish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test, og‘zaki so‘rov yoki yozma ish shaklida topshirish.
8. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018-yil 26-sentyabrdagi 3069-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.