8
boʻyoqlar bilan ishlangan, barelyef koʻrinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos
haykaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yogʻoch) oʻymakorlik
namunalari paydo boʻlgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga
ega boʻlgan obrazlarda aks ettirilgan. Meʼmorlik rivojlanib, uylar yertoʻla tarzida
dumaloq, toʻrtburchak shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yoʻlaklar orqali
kirilgan. Baʼzan xom-ashyolar sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan.
1-rasm
Bunday sanʼat namunalari
Ukraina,
Belorussiya,
Sibirdan koʻplab topilgan.
Ovchilikdan dehqonchilik
va chorvachilikka oʻtilishi
sanʼatda yangi anʼanalarni
yuzaga keltirgan. Mehnatga
munosabat va faoliyatining
kengayishi
natijasida
odamlarning
fikrlash
doirasi
ham
kengaydi.
Qadimiy
qabilalarning
bir
necha
ming
yillar
davomidagi
taraqqiyoti,
ularning ko‘z
qarashlari, qo‘l
harakatlarining mayinlashuvi,
asosiy va harakterli holatni
ko‘rish, his qilish, tabiatga
xos shakllar uyg‘unligi va
go‘zallikni ilg‘ash qobiliyatlarini shakllantirgan. Tabiat hodisalarining eng sodda
shakllariga ham hayratlanish hissi bilan qaragan odam uni o‘rgandi, o‘zlashtirdi.
Natijada “obraz” tushunchasi vujudga kelib, ular so‘zda tasvirda, ohanglarda o‘z
aksini topdi. Atrof-muhitdan o‘ylamasdan nus’ha ko‘chirish emas, balki tabiatni,
hayotiy mehnat tajribalarini ijodiy ifodalash malakasi paydo bo‘la boshladi.
9
Qattiq
jismlardan tosh, yog‘ochdan ishlangan mehnat quroli bilan ishlash
jarayonida odamlar narsalarning xususiyatlari va turlari bilan tanishish, bo‘rtma
va yuzaning o‘ziga hosliklarini aniq ilg‘ash hamda uni qabul qilishga o‘rgandilar.
Bunda ovchilik hayvonot olamining xulq-atvorini kuzatish imkoniyatini berdi.
Odamlar mehnat jarayonida shakl tuyg‘usini his etib, ritm, simmetriya
tushunchalarini о’zlashtira boshladilar. Ular mehnat jarayonida
tabiat kuchlarini
о’zlariga bо’ysundirdilar. Ishlatilayotgan buyumlarning shakli bajarayotgan
mehnatlarini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkinligini tushundilar.
Qulay mehnat qurollarining unumi ularda о’z qurollariga nisbatan mehr
tuyg‘ularini uyg‘ota bordi. Ular о’z qurollariga bezak berish orqali о’zlarining
mehrlarini izhor etishga harakat qila boshladilar. Odamlarda qulaylik va
foydalilik tushunchalarining yuzaga kelishi voqelikdagi, hayotdagi gо’zallik
va xunukliklarni his etish imkoniyatini rivojlantira boshladi.
Inson madaniyati
2-rasm
taraqqiyot olamiga qadam qо’ydi. San’atning yuzaga kelishi insonning obyektiv
voqelik tо’g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, о’z avlodi tajribalaridan
bahramand bо’lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga
10
da’vat etdi,
uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi.
2
Ibtidoiy odam samarali ov natijasini bir-biriga bayon qilish
natijasida, hayvonot dunyosining o‘ziga xos ajoyib harakatlarini ilg‘ay
bordi va ularni tasvirlarda ham aks ettirish harakatini kashf qildi.
Tosh asri davri sanat asarlari tabiiy ehtiyoj tufayli vujudga kelgan bo‘lib,
qadimiy odam kundalik mehnat faoliyatining in’kosi sifatida o‘z-o‘zidan tug‘ilgan
dunyoqarashi natijasidir. Bu davrda inson hayoti mehnat qilish jarayoni, afsonalar
majmui, san’at, sehr va ibtidoiy ilmiy tasavvurlar bo‘linmagan, yaxlit holda edi. Ibtidoiy
odam o‘zini tabiatdan ajratmaydi, balki unga sehrli tasir etish mumkin deb hisoblaydi
va buning asosida tabiatni sehr kuchi bilan o‘zgartirish mumkin degan fikr yuritadi.
Ilk insoniyat fikr va g‘oyalarida ov ko‘rinishlarini sahnalashtiruvchi
ovchilar o‘yini, о’zlari yashagan makonlaridagi g‘orlarga, tog‘ qoyalariga, turli
jonzotlarning terilariga,
toshlarga chizilgan naqshlar, jonivorlarni tasvirlovchi
chiziqlar afsunkor urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibtidoiy odam tasavvuri
bo‘yicha ovda muvaffaqqiyat qozonishni taminlashi kerak edi. Jonivorlarni tasvirlay
bilishi asosida odamda xuddi ular ustidan g‘alabani qo‘lga kiritganday hissiyot
mujassam edi. Bu fantastik fikrlashida insonning dunyoni egallashga bo‘lgan
intilishi o‘z aksini topgan. Ushbu ilk ijodiy yaratuvchanlik jarayonida estetik
tushunchaning dastlabki kurtaklari mavjud bo‘lib, shu asosda tasviriy sanat rivojlandi.
Dostları ilə paylaş: