O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

35-rasm.


61
Buning uchun esa albatta tajriba va o‘quv bo‘lishi kerak. Shuni ham ta’kidlab 
o‘tish kerakki tabiatda absolyut oq va absolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning 
barchasi qandaydir bir rang tovlanishida bo‘ladi. Masalan qoraning jigarrangga
ko‘kka, yashilga moyil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik 
tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning to‘q-
ochliklarini topib tasvirlash uchun moybo‘yoqda ishlash texnikasi juda qulaydir. 
Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa bo‘yoq turlaridan ajralib turadi. 
Moybo‘yoq texnikasida rangtasvirlar ishlashda mo‘yqalamlarning qanday turlari 
va o‘lchamlardagilarini ishlatish ham muhimdir. Ularni tanlay bilish ko‘p foyda 
keltiradi. Ma’lumki natyurmortlarni, katta ishlarni bajarishda yapaloq va dag‘al 
mo‘yqalamlarni qo‘llash ish sifatini, ta’sirchanligini ta’minlaydi. Moybo‘yoqlarga 
suyultiruvchi, erituvchi vositalar qo‘shib ishlatiladi. Ular moyli, moyi kamaytirilgan 
bo‘lishi mumkin. Moylirog‘i bo‘yoqni sekin qurishi uchun yaxshi vosita bo‘lib, u 
bilan foydalanilgan paytda rangtasvir sekin quriydi. Shu sababli uzoq muddatda 
bajariladigan tasvirlarni ishlashda qulaylik yaratadi. Bunday eritgichlarga ba’zan 
lak ham aralashtirib ishlatilishi mumkin, shunday qilinganda ishning bo‘yoq qatlami 
36-rasm.


62
tezroq quriydi va bo‘yoqning moyi matoga shimilib 
ketishining oldi olinadi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, moybo‘yoq 
texnikasida rang qoriladigan maxsus taxtacha (politra)
ning yuzasida bo‘yoqlarni qanday joylashtirish 
masalasi ham muhim. Unda bo‘yoqlar issiq-sovuq 
ranglarga ajratib, shu bilan birga to‘q-ochligiga qarab 
ajratib joylashtirilishi mumkin. Oq bo‘yoq odatda 
o‘rtada yoki ranglar qatorining boshlanishida bo‘ladi. 
Agar har safar bir xil joylashtirilsa, rassom shunga 
o‘rganadi va kerakli bo‘yoqni darrov topib ishlatish 
imkoniyati qulay bo‘ladi. Moybo‘yoqda tasvirlar 
ishlashning ko‘p o‘rganilishi kerak bo‘lgan tomonlari 
bor. Ularning barchasi ko‘p mashq qilish orqali 
o‘rganib olish imkonini beradi. Tajriba nazariy va 
amaliy tomondan muntazam mashq qlish natijasida 
oshadi. Bunda maxsus adabiyotlarni mutoala qilish 
ham zo‘r vositadir.
Akvarel texnikasidagi bo‘lgani kabi moybo‘yoq 
texnikasida ham natyurmort ishlashda qalamtasvir 
37-rasm.


63
asosiy rol o‘ynaydi. Rangtasvirda chizmani har xil materiallarda chizish mumkin. 
Masalan; qalam, ko‘mir va cho‘tka bilan moybo‘yoqni razbavitelga aralashtirgan 
holda chizsh mumkin. Bu vazifani bajarish uchun eng yaxshi ashyo ko‘mirdir, 
chunki ko‘mir bilan ishlanganda xoxlagancha o‘chirib tuzatish mumkin.
Natyurmort rangtasvirini moybo‘yoqda ishlashda dastlab bitta rangda 
(grizaylda), qora yoki jigarrangda tasvirlashdan boshlagan ma’qul. Maqsad 
moybo‘yoqda har xil rangdagi buyumlar shaklini, hajmini tusda ifodalab berishni 
o‘rganish lozim. Buyumlarning shakli va rangi bir biridan farq qilsa ham ularni 
bitta rangda tasvirlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Tasvirlash jarayonida yorug‘lik 
qiymatini, qaysi shakllar eng to‘q, qaysi joyda eng ko‘p yorug‘lik uning qiymati, to‘q 
predmetlarning yorug‘liklarning bir-biriga bo‘lgan munosabati qaysisida ko‘proq, 
qaysi birida kamroq yorug‘lik yoritilayotgani va och rangdagi buyumlarning 
soyalari, shaxsiy va tushuvchi soyalarini ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘rganib 
chiqish kerak.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin