O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


-rasm. “Torshonda Gips boshi natyurmort ishlash” (akvarel)



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

34-rasm. “Torshonda Gips boshi natyurmort ishlash” (akvarel).
bilan ishlash talab etiladi. Lekin bu shakllarni detallashtirish, batafsillashtirish 
jarayoni shakl tuzishning ma’lum qonuniyatlariga bо‘ysunishi kerak.
Buyuk rassomlaming ishlarini kо‘rib tahlil etish, shuningdek, ulardan kо‘plab 
nusxalar olish kо‘zlangan maqsadga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
15
15 
X.X.Muratov., Qalamtasvir, O‘quv qo‘llanma, TOSHKENT IJOD-PRINT 2020., 93-107 
betlar


58
Murakkab bo‘lmagan natyurmort kompazitsiyasini moybo‘yoqda ishlash 
ishlash. (Grizayl)
Moybo‘yoqda ishlash XV asrda boshlangan. Hozirgi zamonda rangtasvirda eng 
ko‘p ishlatiladigan bo‘yoqlardan biridir. Moybo‘yoqda tasvirlarni ishlash rassom 
uchun ham, endi o‘rganayotgan talaba uchun ham juda qiziqarli mashg‘ulotdir. 
Ammo bu mashg‘ulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bo‘lib, u moybo‘yoq 
rangtasvir texnologiyasi bilan ham bog‘liq. Chunki moybo‘yoq bilan ishlash ma’lum 
tayyorgarlikni talab etadi. Ularga bo‘yoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib 
tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, mo‘yqalamlarni tanlash, eritgichlarni 
tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moybo‘yoqda tasvirlar ishlashni 
o‘rganish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali o‘zlashtirilsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
Moybo‘yoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari 
akvarel texnikasiga o‘xshash. Chunki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi. 
Agar suvbo‘yoqda ishlash uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan 
batafsil chizib olinsa, moybo‘yoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib 
eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moybo‘yoqda ishlash jarayonida 
batafsillik mo‘yqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moybo‘yoqda biror rangni 
ochlashtirish uchun unga oq rang kerakli darajada qo‘shiladi. Shunisi ham borki 
oq rang qo‘shilgach bo‘yoqning erkinligi ma’lum darajada kamayadi. Buni o‘quv 
mashqlarini bajarish jarayonida albatta hisobga olish joiz. Akvarel texnikasi kabi 
jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli vazifani boshlashdan avval 


59
ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bo‘lajak rangtasvirning asosiy 
xususiyatlarini tajriba qilib ko‘rib o‘rganish asosiy ishda uni qo‘llash mumkin 
bo‘ladi.
Moybo‘yoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi. 
Ular romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato, 
moybo‘yoqlarning kerakli xillari, bo‘yoq taxta (politra), mo‘yqalamlarning turlicha 
kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.
Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan 
omillardan biridir desak xato bo‘lmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda 
tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bo‘lib u quyidagichadir. 5 foizli yelim 
(jelatin, baliq yoki duradgorlik yelimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi bo‘rga 
qo‘shiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan so‘ng qoplama 
bo‘yoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, ya’ni - maxsus oqartirilgan 
rangtasvir yog‘i quruq oq bo‘yoq kukunidan qo‘shib tayyorlangan aralashma 
bo‘ladi. Yog‘ va kukunning nisbati shunday bo‘lish kerakki u tayyor idishga solib 
chiqariladigan moybo‘yoqdan suyuq bo‘lmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga 
mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin bo‘ladi. 1-2 xafta quritilgach G‘adir-
budir yerlari qumqog‘oz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli 
qoplama yassi, katta mo‘yqalam (fleyts) bilan tekis qilib bo‘yab chiqiladi. Bunday 
usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq 
va quruq bo‘lishi shart.
«Yelimli qoplama» deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha 
tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qo‘shiladi. U 
matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqog‘oz bilan mato 
usti tekislanib olinadi, so‘ng ikkinchisi surtiladi. Shundan so‘ng elim aralashmasi 
bo‘r varoq bo‘yoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar 
uning tarkibi quyuq bo‘lib qolgudek bo‘lsa, o‘sha yelim aralashmasidan qo‘shiladi. 
Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oralig‘ida qurishi 
uchun ma’lum vaqt bo‘lishi shart. 
Hozirgi kunga kelib maxsus mato (xolst) tortilgan tayyor romkalar ham mavjud 


60
bo‘lib (35-rasm), bu maxsus romkalarning qulayligi uni tayyorlashga ketgan vaqt 
ancha tejaladi, hamda nisbatan sifatli materiallardan tayyorlanmoqda. 
Qoplamalar yana ma’lum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular ko‘proq 
ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qo‘l keladi. 
Moybo‘yoqda o‘quv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish 
talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda ko‘p rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish 
yaxshi samara bermaydi. Tabiatda yettita asosiy rang (bo‘yoq) borligi ma’lum. 
Ular qizil, noranji, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha ranglardir. Bo‘yoq 
aralashtiriladigan taxtada (politrada) bo‘lishi juda zarur rang xillari esa qizil, 
sariq, ko‘k bo‘yoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasida 
xosil bo‘lmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda ko‘p ranglarni chiqarish, 
xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir 
emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdorda aralashtirishni bilish kifoya. 

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin