60
bo‘lib (35-rasm), bu maxsus romkalarning qulayligi uni tayyorlashga ketgan vaqt
ancha tejaladi, hamda nisbatan sifatli materiallardan tayyorlanmoqda.
Qoplamalar yana ma’lum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular ko‘proq
ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qo‘l keladi.
Moybo‘yoqda o‘quv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish
talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda ko‘p rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish
yaxshi samara bermaydi. Tabiatda yettita asosiy rang (bo‘yoq) borligi ma’lum.
Ular qizil, noranji, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha ranglardir. Bo‘yoq
aralashtiriladigan taxtada (politrada) bo‘lishi juda zarur rang xillari esa qizil,
sariq, ko‘k bo‘yoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasida
xosil bo‘lmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda ko‘p ranglarni chiqarish,
xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir
emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdorda aralashtirishni bilish kifoya.
Dostları ilə paylaş: